A qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika universiteti


 Strategik rejalashtirish


Download 1.4 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/64
Sana25.01.2023
Hajmi1.4 Mb.
#1121214
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   64
Bog'liq
STRATEGIK BOSHQARUV 05 01 2023 охирги варианти

3. Strategik rejalashtirishO‘tgan asrning 60-yillarning oxirlariga kelib
ko‘pgina xom ashyoni qayta ishlab sanoatlashtirish avj olgan davlatlarda iqtisodiy
vaziyat va muhit jiddiy darajada birmuncha oldinga siljidi. Ishlab chiqarish va
tovar bozorlarida kurash, tortishish, talashish (raqobat asosida) ham avj olib borar


23
ekan, ekstrapolyatsiyaga asoslangan bashoratlar real raqamlardan tobora ko‘proq
farqlana boshladi, eng oddiy hodisa esa maqbul maqsadlarni belgilash bo‘lib, ular
bilan real natijalar mos kelmaydi. Faoliyat yurituvchi subyektning yuqori
rahbariyati odatda, kelajakda ishlash natijalari yaxshilanadi degan taxmindan kelib
chiqdi, lekin ko‘pincha faoliyat yurituvchi subyekt rejalashtirilgan ishlash
natijalariga erisha olmadi. Shunday qilib, uzoq muddatli rejalashtirish dinamik
o‘zgaruvchan tashqi muhit va qattiq raqobat sharoitida ishlamasligi ma’lum bo‘ldi.
Strategik rejalashtirish tizimida kelajak albatta o‘tmishdan yaxshiroq bo‘lishi
kerak degan taxmin mavjud emas va kelajakni ekstrapolyatsiya qilish orqali
o‘rganish imkoniyatining asosi rad etiladi. Aslida, menejerlarning tashqi
omillarning rolini turlicha tushunishlari uzoq muddatli ekstrapolativ rejalashtirish
va strategik rejalashtirish o‘rtasidagi asosiy farqdir. Kelajak (strategik)
rejalashtirishda avvalombor, faoliyat yurituvchi subyektning ichki imkoniyatlarini
ham, keng qamrovli atrof muhit (tashqi) tajovuzkor (raqobat) kuchlarini ham
sinchiklab o‘rganish (tahlil qilish) va faoliyat yurituvchi subyektning o‘ziga
tegishli bo‘lgan jihatlarini inobatga olgan holda atrof muhit (tashqi)
imkoniyatlaridan foydalanish mexanizmlarini, ya’ni rezerv imkoniyatlarni qidirib
topish vazifasi turadi. Shunday qilib, aytish mumkinki, strategik rejalashtirishning
maqsadi faoliyat yurituvchi subyektning bozor dinamikasiga va raqobatchilarning
xatti-harakatlariga munosabatini yaxshilashdir.

Download 1.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling