A qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika universiteti


Download 1.4 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/64
Sana25.01.2023
Hajmi1.4 Mb.
#1121214
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   64
Bog'liq
STRATEGIK BOSHQARUV 05 01 2023 охирги варианти

4. Strategik menejment. O‘tgan asrning 90-yillariga kelib, dunyodagi
aksariyat faoliyat yurituvchi subyektlar strategik rejalashtirishdan strategik
menejmentga o‘tishni boshladilar. Kelajak boshqaruvi nafaqat faoliyat yurituvchi
subyektning uzoq muddatli oldinga intilishini belgilovchi strategik boshqaruvning
g‘oyaviy tafakkur mahsullari (qarorlari), balki faoliyat yurituvchi subyekning atrof
muhit (tashqi) dagi og‘ishlarga tezkor javob berishini ta’minlaydigan aniq
harakatlar to‘plami sifatida ta’riflanadi, bu esa manevr, maqsadlarni yana bir sidra


24
qayta ko‘rib chiqish va taraqqiyotning umumiy yo‘nalishini tartibga solish kabi
kelajak (strategik) ehtiyojni keltirib chiqaradi.
Strategik menejment odatda, faoliyatni strategik boshqarish deb ataladi.
Ta’rifga “faoliyat” so‘zining kiritilishi strategik qarorlar ichki omillarga qaraganda
tashkilot faoliyati va tashqi muhitning rivojlanishini ko‘proq hisobga olish
kerakligini anglatadi. Strategik menejment, shuningdek, boshqaruv jarayonining
sifati uning tezligida emas, balki faolligida bo‘lishi kerakligini anglatadi. Faol
strategiya yordamida menejerlar tashqi muhitdagi voqealarga shunchaki munosabat
bildirmaydilar, balki ularga ta’sir o‘tkazishga harakat qiladilar.
Navbatdagi boshqaruv tizimlari o‘sib borayotgan beqarorlik darajasiga va
kelajakni kamroq bashorat qilishga qaratilgan edi. Shu nuqtai nazardan, boshqaruv
tizimlarining quyidagi tasnifi berilgan.
1. Ijro nazoratiga asoslangan boshqaruv (haqiqatdan keyin).
2. Ekstrapolyatsiya bo‘yicha boshqarish, o‘zgarish tezligi tezlashganda,
lekin o‘tmishdagi tendentsiyalarni ekstrapolyatsiya qilish orqali kelajakni hali ham
bashorat qilish mumkin.
3. Og‘ishlarni kutishga asoslangan boshqaruv. Og‘ishlar tezligi birmuncha
jadallashdi, biroq shunga qaramay strategik rejaviy dasturni shakllantirishda atrof
(tashqi) muhitning imkoniyat va tahdidlarini oldindan bilish va ularni o‘z
navbatida, kerak joyda, o‘z o‘rnida inobatga olish mumkin.
4. Ko‘pgina muhim vazifalar shu qadar tez yuzaga kelganda, ularni o‘z
vaqtida oldindan aytib bo‘lmaydigan darajada moslashuvchan favqulodda
qarorlarga asoslangan boshqaruv.
Byudjetlashtirish, uzoq muddatli rejalashtirish, strategik rejalashtirish va
strategik menejment bir-biriga qarama-qarshi emas. Uzoq muddatli rejalashtirish
o‘rnini egallagan strategik rejalashtirish uning barcha yutuqlarini to‘liq o‘zida
mujassamlashtirgan, keyin esa o‘zi strategik menejmentning ajralmas qismiga


25
aylangan. Ta’kidlash joizki, strategik menejmentni amalga oshirish jarayonida
yuqori barqaror bo‘lgan mahsulot bozorlarida uzoq muddatli rejalashtirishni
amalga oshirish juda maqbuldir. Ko‘proq dinamik sohalarda voqealar
rivojlanishining bir nechta variantlarini bashorat qilish va shunga mos ravishda
strategiyani amalga oshirishning asosiy rejasini ham, zaxirasini ham ishlab chiqish
tavsiya etiladi. Ammo, bularning barchasi oldin sodir bo‘lgan bo‘lib chiqadi.
Strategik rejalashtirishdan strategik menejmentga o‘tish bilan nima o‘zgardi
degan savol tug‘iladi. Asosiy narsa o‘zgardi – bu menejerlarning ongi. “Kosmetik
choralar” endi o‘z samarasini bermasligi va tadbirkorlik faoliyatining mentalitetini
tubdan o‘zgartirish va yangi iqtisodiy sharoitlarda ishlashni o‘rganish kerak degan
tushuncha paydo bo‘ldi. Voqealarning rivojlanishini har doim ham oldindan aytish
mumkin emasligi aniq bo‘ldi, ammo noaniqlik sharoitida ishlashga qodir bo‘lgan,
atrof-muhitdagi o‘zgarishlarga tezda javob beradigan bunday faoliyat yurituvchi
subyektlarni yaratish muhimroqdir. Shu maqsadda quyidagi chora-tadbirlar amalga
oshirildi.
Birinchidan, faoliyat kon’yunkturasini doimiy ravishda o‘rganadigan,
o‘zgarishlarni tezda aniqlaydigan va yangi aniqlangan tendentsiyalar to‘g‘risida
rahbariyatga ma’lumot beradigan faoliyat yurituvchi subyektlarda yangi tuzilmalar
shakllantirildi.
Ikkinchidan, boshqaruv tuzilmalarida aniqlangan o‘zgarishlarga o‘z vaqtida
javob berish va tegishli boshqaruv qarorlarini qabul qilish mexanizmlari yaratildi.
Bu yerda ta’sir nafaqat mavjud rejalarni o‘z vaqtida tuzatish yoki zaxira ishlab
chiqish variantlariga o‘tish, balki yanada tub harakatlarga doimiy tayyorlik,
masalan, ba’zi faoliyat turlarini tark etish va boshqalarida faoliyatni boshlash
tushuniladi.
Strategik menejmentni shakllantirishning boshlang‘ich nuqtasi 1973 yilda
AQSh da ushbu muammo bo‘yicha xalqaro konferentsiyaning o‘tkazilishi
hisoblanadi. Uning keyingi rivojlanishida I.Ansoff, P.Druker, G.Mintzberg,


26
M.Porter va boshqalar faol ishtirok etdilar.General Electric, Coca Cola, IBM.
Mashhur konsalting firmalari Boston Consulting Group va McKinsey ilm-fan
rivojiga, uning xulosalarini amaliyotga tatbiq etishga katta hissa qo‘shdi
4
. Natijada,
XX asr oxiriga kelib xo‘jalik faoliyatining turli subyektlarini strategik
boshqarishda katta tajriba to‘plandi, ularni tushunish natijasida ko‘plab ilmiy
maktablar va yo‘nalishlar shakllandi.

Download 1.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling