6-mavzu. Internetda sport-pedagogik axborotlarni izlash va almashishda tarmoq texnologiyalaridan foydalanish
Zamonaviy internet. Ulanish turlari. IP manzillashtirilish. Domen tizimi. Tarmoq axborot resursi. Global internet tarmogʻida jismoniy tarbiya va sport faoliyatiga tegishli ma’lumotlar, resurslar manbai. Qidiruv tizimlari. Bulutli
texnologiyalar. Internet tarmog`ining axborot xizmatlar turlari. Sport sohasidagi mutaxassislik faoliyatida axborot manbai sifatida web hujjatlardan foydalanish
7-mavzu.Sport psixologiyasi sohasida masofaviy ta`limdan foydalanish
Masofaviy ta`lim tizimini yaratishning dasturiy ta`minoti. Masofaviy ta`lim tizimining texnologik ta`minoti. Uskunaviy vositalar muhiti. Masofaviy ta`lim kurs elеmеntlarini (elektron, video ma`ruzalar, topshiriqlar, test savollari) yaratilishi. Tarmoqda fayllarni uzatish, vidеo, tele konferensiyalar.
Masofaviy ta'lim kurslarining mazmuni: elеktron kitoblar, oraliq va yakuniy baholash tizimi, darsliklar. Intеraktiv muloqotning formalari.
Masofaviy ta`lim tizimida o`rgatuvchi dasturlar bilan tanishuv. OOOK, eFront, Koursera va sh.k. kurslarda o`qish tizimi.
Amaliy mashgʻulotlar boʻyicha koʻrsatma va tavsiyalar
Amaliy mashgʻulotlardan maqsad ma’ruza materiallari boʻyicha talabalarning bilim va koʻnikmalarini chuqurlashtirish va kengaytirishdan iborat. Bunda talabalar amaliy mashgʻulotlarda misol va masalalarni yechishda, yechimlarni tahlil qilishda olgan nazariy bilimlarini qoʻllay olishlari nazarda tutiladi.
III Amaliy mashgʻulotlarning tavsiya etilayotgan mavzulari roʻyxati:
Jismoniy tarbiya va sportda axborot ta’minotining rivojlanish bosqichlari.
Sportda axborot ta`minotining Office texnologiyalaridan foydalanish.
Jismoniy tarbiya va sport ta’limida matnli axborotlarni yaratish va qayta ishlash texnologiyasi.
Jismoniy tarbiya va sport faoliyatidan olingan natijalarni tahlil qilish va qayta ishlash.
Jismoniy tarbiya va sportga oid masalalarni hal qilishda elеktron jadvalning asosiy xususiyatlari va imkoniyatlaridan foydalanish.
Ma`lumotlarni tahlil qilishda elеktron jadvalning asosiy funksiyalaridan foydalanish.
Ma`lumotlarni tahlil qilishda maxsus statistik dasturlar imkoniyatlarini o`rganish.
Jismoniy tarbiya va sport ta’limida ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari va ular bilan ishlash texnologiyalari.
Sport sohasini axborot bilan ta’minlashda ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari.
Jismoniy tarbiya va sportda multimedia texnologiyalari.
Jismoniy tarbiya va sportda yuqori sifatli taqdimot yaratish texnologiyalari.
Jismoniy tarbiya va sport ta’limida elektron resurslarni yaratish asoslari.
Sport sohasiga tegishli elektron resurs yaratishda maxsus dasturlardan foydalanish yo`llari.
Internetda sport-pedagogik axborotlarni izlash va almashishda tarmoq texnologiyalaridan foydalanish.
Jismoniy tarbiya va sport sohasida masofaviy ta`limdan foydalanish aspektlari.
Fan bo’yicha ishchi o’quv dasturini shakllantirish jarayonida mazkur mashgʻulot turiga ishchi oʻquv rejada ajratilgan soat hajmiga mos mavzular tanlab oʻqitish tavsiya etiladi.
Amaliy mashgʻulotlarni tashkil etish boʻyicha kafedra professor-oʻqituvchilari tomonidan koʻrsatma va tavsiyalar ishlab chiqiladi. Ularda talabalar asosiy ma’ruza mavzulari boʻyicha olgan nazariy bilimlari amaliy masalalar yechish, grafik va chizmalar chizish hamda qiyoslab oʻrganish asosida yanada boyitiladi. Shuningdek, darslik va oʻquv qoʻllanmalardan samarali foydalangan holda ilmiy tadqiqotlar oʻtkazish orqali talabalar bilimlarini mustahkamlash, malaka va koʻnikmalarini mustahkamlash, mavzular boʻyicha taqdimotlar tayyorlash tavsiya etiladi va oʻrgatiladi.
Talabalar darsdan tashqari paytlarda oʻtilgan mazularni mustaqil oʻzlashtirishlari va egallagan bilimlarini mustahkamlashi, amaliy mashgʻulotlarga tayyorlanib kelishlari uchun tavsiya etilgan asosiy va qoʻshimcha adabiyotlardan foydalanishlari zarur boʻladi.
Mustaqil ta’lim bajariladigan mavzular boyicha savolnomalar va testlarni tuzish, savollarga tavsiya etilgan adabiyotlardan foydalangan holda yozma tarzda javob berish, meyoriy hujjatlardan foydalanish, har bir mavzu boyicha muammoli masalalarni hal qilish yoʻllarini bayon qilish, tavsiyalar berish va boshqalar koʻzda tutilgan.
“Sport psixologiyasida axborot texnologiyalar” fanini oʻrganuvchi talabalar auditoriyada olgan nazariy bilimlarini mustahkamlash va amaliy masalalarni yechishda koʻnikma hosil qilish uchun mustaqil ta’lim tizimiga asoslanib, kafedra oʻqituvchilari rahbarligida mustaqil ish bajaradilar. Bunda ular qoʻshimcha adabiyotlarni oʻrganib hamda internet saytlaridan foydalanib referatlar va ilmiy dokladlar tayyorlaydilar, amaliy mashgʻulot mavzusiga doir uy vazifalarini bajaradilar, koʻrgazmali qurollar va slaydlar tayyorlaydilar.
Bunda ma’ruzalarda olingan bilimlarini amaliy mashgʻulotlarni bajarishlari bilan mustahkamlashi hamda sportga oid masalalarni matematik usullar yordamida yechishlari va tushuntirishlari kerak. Mustaqil ta’lim mavzularini oʻzlashtirish ta’lim jarayonida uzluksiz nazorat qilib boriladi.
Talabalar mustaqil ta’limini baholash joriy va oraliq nazorat paytida inobatga olinadi. Mustaqil ta’limni tashkil etishning mazmuni: talabalar mustaqil ta’lim mavzulari kelgusida bajariladigan kurs ishlari va bitiruv malakaviy ishlari mavzulari bilan uzviy bogʻliqlikda bajariladi.
Talaba mustaqil ta’limni tashkil etishda quyidagilardan foydalanishi tavsiya etiladi:
darslik va oʻquv-uslubiy qoʻllanmalardan foydalanib oʻquv rejasi mavzularini oʻrganish;
maxsus va davriy-ilmiy uslubiy adabiyot manbalaridan foydalanib bilimlarini mustahkamlash;
yangi texnika, jarayonlar va texnologiyalarni oʻrganish.
IV Tavsiya etilayotgan mustaqil ta’limning mavzulari:
“Sport psixologiyasida axborot texnologiyalar” fanining predmeti va vazifalari.
Sport psixologiyasida axborot texnologiyalarining rivojlanish bosqichlari.
Sport psixologiyasida zamonaviy axborot-kommunikatsiya tеxnologiyalarining qoʻllanilishi.
Jismoniy tarbiya va sport faoliyatida (mutaxassisligida) axborot madaniyati.
Axborot tushunchasi. Axborot xossalari va turlari.
Axborot texnologiyalarining texnik ta’minoti.
Axborot texnologiyalarining dasturiy ta’minoti.
Jismoniy tarbiya va sportda sport mavzusiga oid oʻquv materiallarini yaratish, qayta ishlash.
Jismoniy tarbiya va sportda matnli va sonli axborotlar bilan ishlash.
Jismoniy tarbiya va sport faoliyatidan olingan natijalarni tahlil qilish va qayta ishlash.
Jismoniy tarbiya va sportga oid masalalarni hal qilishda elеktron jadvalning asosiy xususiyatlari va imkoniyatlaridan foydalanish.
Murabbiylik faoliyatida berilayotgan yuklamalarni statistik tahlil qilish.
Jismoniy tarbiya va sportda ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari va ular bilan ishlash texnologiyalari.
Jismoniy tarbiya va sport sohasida ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlarining tarkibi.
Jismoniy tarbiya va sport mavzusiga oid taqdimotlar yaratish.
Multimedia vositalari haqida tushuncha va uning ta’rifi.
Elektron oʻquv nashrlar.
Kompyuter grafikasi haqida ma’lumot.
Jismoniy tarbiya va sport faoliyatida grafik axborotlar bilan ishlash.
Kompyuter grafikasi yordamida sport mavzusiga bagʻishlangan tasvirlardan elektron katalog yaratish.
Internet tushunchasi. Global tarmoq tushunchasi.
Jismoniy tarbiya va sportda multimedia texnologiyalari.
Ta’lim jarayonida multimedia vositalarining psixologik aspektlari.
Multimеdiali matеriallarni tayyorlash va yaratishda asosiy tеxnik xaraktеristikalar.
Multimedia texnologiyalaridan foydalanib jismoniy tarbiya va sport mavzusiga oid axborot resurslarini yaratish.
Axborotlarga nisbatan mavjud xavfsizliklarning asosiy tushunchalari.
Jismoniy tarbiya va sportda axborot xavfsizligining tashkiliy-ma’muriy ta’minoti.
Masofaviy oʻqitish texnologiyalari.
Ommaviy onlayn ochiq kurslardan foydalanish.
Jismoniy tarbiya va sportga oid elektron resurslarni yaratish asoslari.
Elektron darslik yaratilishning tuzilmasi, asosiy komponentlari.
Camtaziya studio dasturi imkoniyatlaridan foydalanib jismoniy tarbiya va sport faoliyatiga taalluqli elektron qoʻllanma yaratish.
Hujjatlar bilan ishlashni avtomatlashtirishning usul va vositalari.
Masofaviy ta’lim tizimini yaratishning dasturiy ta’minoti.
Masofaviy ta’lim kursi elеmеntlarini (elektron, video ma’ruzalar, topshiriqlar, test savollari) yaratish.
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |