A rafiyev, G. Muxamedjanova ta’lim rus va qardosh tillarda olib boriladigan maktablarning


Download 1.4 Mb.
Pdf ko'rish
bet89/94
Sana06.02.2023
Hajmi1.4 Mb.
#1170397
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   94
Bog'liq
96369 88fa6cab4b00ce50c22a21de984fc32b

1-
mashq.
Ko‘chiring. Gap tarkibidagi undalmalarni aniqlab, namuna-
dagidek to‘liq tahlil qiling.
Namuna: Tojiboy – undalma, atoqli ot bilan ifodalangan, yig‘iq 
undalma, gap boshida kelgan.
1. Tojiboy, shu bugunoq cho‘lga yetib bor. (S.A.) 2. O‘ktam, bu 
taklif chinmi, yo anchayin odamgarchilikmi, iljayishning ma’nisi 
ne ekan, deb ichida o‘yladi. (O.) 3. Anvar, qo‘y, bu gapni keyin 
gaplashamiz. (T.Malik) 4. Jiyan, aqling bo‘lsa, kishining bir tiyiniga 
xiyonat qilma. (O.) 5. Karimjon, ertaga kelasizmi? 6. Do‘s 
tim, 
biznikiga mehmon bo‘lib keling. 7. – Hoy tentakkinalarim, tog‘angni 
bevoshlik qilib qiy 
namanglar. (S.A.) 8. Hurmatli talabalar, yangi 
yilingiz muborak bo‘lsin! 
2-
mashq. 
Ko‘chiring. Gapdagi undalmalar qaysi so‘zlar bilan ifoda-
langanini aniqlang.
1. Ahmadjon, kitobingizdan foydalansam bo‘ladimi? 2. Hoy sen, 
menga qara-chi. 3. Shunday demaysizmi, azizim. 4. Hoy o‘rtoqjon, 
quloq soling so‘zimga. 5. To‘rtinchi, birinchiga javob bering. 
6. Odamlar, eshitmadim demanglar. 7. Hoy, yigit tushmagur, nima 
qilib qo‘yding! 8. So‘zla, ko‘zgujon, haqiqatni et bayon!
http://eduportal.uz


117
Lug‘at
2-
topshiriq.
 
She’rni o‘qing va mazmunini so‘zlab bering.
Orzularda qanot bor, xolos,
Uchmoq mumkin yulduzlar aro.
Parvozlari olis, qanday soz,
Lek na bulut va na ul Humo
Dilga ajib bag‘ishlar orom.
Orzu qushi qo‘ngan bu gulshan,
Ammo o‘rtar ayriliq yomon,
Qaytging kelmas yerga daf’atan.
Humoyun
3-
topshiriq.
 
Matnni o‘qing va shu asosda kichik bayon yozing.
Yoshlikdagi orzular
Odamzodning tabiati shundayki, bugungi kun bilangina emas, 
ko‘pincha, kelajak bilan, ezgu umidlar va go‘zal orzu-havaslar bilan 
yashaydi. Yaxshi kunlari va osuda damlarini qo‘msab, unga intilib 
yashaydi. Ha, inson or 
zularining cheki yo‘q. U doimo ertangi kuniga 
umid bilan boqadi. Bunga erishish esa, eng avvalo, yoshlikning 
nechog‘liq oqilona kechishiga bog‘liq. Yoshlik g‘oyat bebaho, lekin 
tez o‘tib ketadigan boylik. Yoshlik hayotda eng murakkab va nozik, 
eng mas’uliyatli va g‘animat davr. Ya’ni tabiatda nima ekilsa, shu 
olinganidek, yoshlik ham inson taqdiri va kelajagini belgilashda hal 
qiluvchi davrdir. Shu bois yoshligingizni samarali ishlarga sarflang, 
uni behuda o‘tkazmang.

Download 1.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling