A. S. Abduqodirov, G’. Ahmedov Harbiy xizmat axloqi. O’quv Qo’llanma Sharq nashriyoti, Toshkent 2007 y
Idrok – bu sezgi organlarimizga bevosita ta’sir etib turgan narsa va hodisalarni ongimizda bir butun, yahlit holda aks ettirishdan iborat bo’lgan ruhiy jarayon
Download 82.09 Kb.
|
namuna
Idrok – bu sezgi organlarimizga bevosita ta’sir etib turgan narsa va hodisalarni ongimizda bir butun, yahlit holda aks ettirishdan iborat bo’lgan ruhiy jarayon.
Idrok jarayonida barcha ruhiy hayotimiz, ongimizning butun mazmuni, bilimlarimiz va tajribalarimiz ishtirok etadi. Buning uchun ham idrok sezgilarga nisbatan murakkab va mazmundor ruhiy jarayon bo’lib hisoblanadi. Xizmat va jangovar faoliyat juda murakkab hamda xilma-xil sharoitlarda amalga oshiriladi. Jangovar holat eshitiladigan, ko’riladigan va hokazo sifat hamda xususiyatlardangina iborat emas. Bu, demaq joyning relefi, o’simliklar dunyosi, qurilishlar, jangovar texnika, shaxsiy tarkib kabi tuzilmalarni o’z ichiga oladi. Uni to’gri tushunish va baholash uchun alohida sifatlarning o‘zi kamlik qiladi, balki, predmet va hodisalarni to‘laligicha tushunish lozim bo’ladi. Buning uchun esa predmetlarni, hodisalarni, vaqtni, fazoni va harakatlarni idrok qilish kerak, chunki har handay predmetning mohiyati undagi sifat va xususiyatlar yig’indisida namoyon bo’ladi. Idrok odamning faoliyati bilan bog’liq faol jarayondir. Agar biz biron rasmga mahliyo bo’lib, uning qarshisida qimirlamay tursak ham, bari bir biron aqliy ishni amalga oshiramiz, aks holda hech narsani anglay olmagan va nigohimiz qaratilgan joydagi narsani ko’rmay qolgan bo’lur ediq. Deyarli har qanday ob’ekt shu ob’ektni qurshab olgan fon bilan birgalikda idrok etiladi. Mashg‘ulot vaqtida bo’linma komandiri butun guruhga nazar tashlab turibdi, deb faraz qilaylik, ammo shunday bir lahza yo’z berdiki, komandirning nigohi kursantlar orasidan bittasini ajratib olib, uni kuzatib boradi. Bu kursant darsda bo’linma komandiri idrokining ob’ektiga aylanadi, qolgan butun guruh esa shu ob’ektni qurshab turgan fon vazifasini o’taydi. Analizatorlarimizga keluvchi ko’pdan-ko’p qo’zgalishlar orasidan qaysi biriga diqatimiz qaratilsa, faqat shunisinigina biz ayni chog’da idrok qilamiz. Bu hol idrokning tanlab oluvchanlik xossasi deb ataladi. Biz uchun qimmatga ega bo’lgan, qiziqarli narsalar, odatda, diqqatimizni o’ziga tortadi, binobarin diqqatning yo’nalish odam ruhiy hayotining umumiy mazmuniga, jumladan uning o’tmish tajribasiga bog‘liq bo’ladi. Idrokning o’tmish tajribaga bog’likdigi appersepsiya deb ataladi. Turli kasb kishilari bitta narsaning o’zini turlicha idrok qiladilar. Chunonchi daladan uzib olingan gulni ko’zdan kechirar ekan, rassom guldagi ranglarning uygunligiga ko’proq e’tibor beradi; botaniq esa gulga ma’lum sinfga mansub o’simliklarning vakili sifatida qaraydi; gul agronomni em-hashak o’tlar turkumiga kirishi nuqtai nazaridan qiziqtiradi. Odamning hayotida idrokning ahamiyati juda katta bo’lib, bunda undagi kuzatish qobiliyati muhim rol o’ynaydi. Kuzata olish qobiliyati kishining vaziyatni yaxshiroq fahmlab olishiga, narsalarni yanada aniqroq idrok etishiga, odamlarni durustroq tushunishiga imkon beradi. Bularning barchasi odamga yanada to’griroq ish ko’rish, tashqi ta’sirlarga oqilona javob qaytarish imkoniyatini yaratadi. Tevarak-atrofimizni qurshab olgan moddiy olamdagi barcha narsalar fazoda joylashgan bo’lib, fazoda muayyan o’rinni egallab turadi, ulardan har birining o’z katta-kichikligihajmi va shakli bor, ular bizga va boshqa narsalarga nisbatan ma’lum masofada turadi. Narsalarning ana shunaqa fazoviy holatlarini ongimizda aks ettirishimiz fazoni idrok etish deb ataladi. Bundan tashqari, moddiy olamdagi narsalar doimo har daqqiqada o’zgarishdadir. Bu harakat va o’zgarishlar ma’lum bir vaqt ichida yo’z beradi. Narsalar harakati va o’zgarishidagi izchillik hamda davomiylikning odam ongida aks etishi vaqtni idrok etish deb ataladi. Olam materiyadan iborat, materiya esa hamisha fazo va vaqt ichida mavjud bo’ladi. Faylasuflar ta’biri bilan aytganda fazo va vaqt materiyaning yashash shakllaridir. Bir qancha sezgi organlari va miya katta yarim sharlari po’stlogining birgalikda ish bajarishi fazo va vaqtni idrok qilishni fiziologik asosi hisoblanadi. Biz narsalarning fazoviy xususiyatlarini qanday idrok qilamiz? Bu xususiyatlarni biz avvalo ko’rib bilamiz. Ammo bu xususiyatlarni idrok qilishda yolgi’z ko’rishning o’zi kifoya qilmaydi. Ko’zimizning to’r pardasida shar tekis doyra sifatida, kub esa kvadrat shaklida aks etadi: bu yusinda aks ettirish orqali mazkur buyumlarning hajmini idrok etib bo’lmaydi. Turlicha masofadagi narsalarni idrok qilishda ham shunga o’hshash hodisa yo’z beradi, ularning ko’z to’r pardasiga tushuvchi aksi katta-kichikligi jihatidan teng bo’lishi mumkin. Bu esa ularning katta-kichikligi hamda ulargacha bo’lgan masofa haqida aniq tasavvur bera olmaydi. Ko’rish va muskul-harakat sezgilarining birga qo’shilishi tufayli biz narsalarning fazoviy holatlari haqida to’gri ma’lumotga ega bo’lamiz. Masalan, harakat qilish sohasida ham etarli darajada tajriba orttirmagan go’dakning fazoni to’gri tasavvur eta olmasligining sababi ham shunda. Go’dak o’zidan ancha olisdagi narsaga tomon qo’l cho’zib, uni ushlashga harakat qiladi. Vaqtni idrok qilish bizga voqelikdagi hodisalarning davomiyligi, tezligi va ketma-ketligi haqida tasavvur beradi. Tabiatdagi davriy harakatlar va bir maromda yuz beruvchi o’zgarishlar (Erning aylanishi, kecha-kunduz almashinishi, yil fasllari) vaqtni aniq o’lchash imkonini beradi. Vaqtning qisqacha bo’laklarini (soat, daqiqa, soniya) aniqlashda biz asboblardan foydalanamiz, soatning millari ma’lum vaqt birligi ichida bir hildagi yo’lni bosib o’tadi. Bu yo’sinda vaqtni o’lchash vaqtni bilishning ob’ektiv usuli hisoblanadi. Fazo va vaqtni idrok qilishda odamning faoliyati katta ahamiyatga ega. Shunday kishilar borki, ularda «vaqt sezgisi» nihoyatda rivojlangan bo’ladi, bundaylar harbiy hizmatchilar, temir yo’l xizmatchilari, o‘qituvchilar orasida ko’proq uchraydi. Odamlar tashqi olamni idrok qilish xususiyatlariga ko‘ra bir-birlaridan farq qiladilar. Ayrim kishilar yaxshi kuzata oladi, ularning bu fazilati kuzatuvchanlik deb ataladi. Boshqa kishilar bu sifatga ega bo’lmaydi. Odatda, bilishga qiziquvchan odamlar kuzatuvchan bo’ladi. Kuzatuvchan odam narsa va hodisalarni ancha aniq idrok qiladi, aksincha bu qobiliyatga ega bo’lmagan kishi ko’pgina narsalarni payqamaydi, idrokda esa ko’pincha xatoga yo’l qo’yadi. Kuzatuvchanlik har qanday faoliyat, jumladan harbiy faoliyat uchun juda zarur fazilat hisoblanadi. Ayrim kishilarning kuzatuvchanligi moddiy narsalar bilan ko’proq aloqador bo’ladi. Ular buyumning sifatiga, uning qanday materialdan tayyorlanganligiga ko’proq e’tibor beradi, buyumning afzal tomonlarini ko’proq ko’radi. Boshqa odamlar esa shaxsning ruhiy xususiyatlarini yaxshi payqay oladilar, odamning ichki dunyosini yaxshi biladilar. Bunday odamlarda psixologik kuzatuvchanlik yaxshi rivojlangan bo’ladi. Ayrim kishilar esa bu ikkala kuzatuvchanlikka ham ega bo’ladilar. Mana shunday kuzatuvchanlikni harbiy xizmatchilarda tarbiyalash harbiy faoliyat samaradorligini oshiruvchi omillardan biri hisoblanadi. Harbiy xizmatchilardagi idrok quyidagi xossalarga ega bo’ladi: 1. Idrokning predmetliligi. Inson predmetlarni qancha ko’p va chuqur bilsa, uning idroki shunchalik samarali bo’ladi. Idrok jarayoni muayyan predmetlarga asoslanadi. 2. Idrokning anglanganligi. Idrok ob’ektining foydaliligi yoki zararliligi, uning termin bilan ifodalanishi. Idrok qilanayotgan predmet oldin idrok qilingan, tajribada ko’rilgan, bilib olingan predmet bilan solishtiriladi. 3. Idrokning butunligi – idrok qilanayotgan predmet yoki hodisa o’zining barcha sifat va xususiyatlari bilan tulig’icha inson ongida tiklanadi. Shuni aytib o’tish kerakki, insonning idroki faol jarayon bo’lib, uning faoliyat harakteriga bog’liq bo’ladi. Idrok insonning tajribasiga, bilimlariga, kayfiyatiga, kechinmalariga asoslanadi. Bundan tashqari idrok insondagi hohish va istakka, uning yoshiga va jinsiga ham bog’liq bo’ladi. Idrok jarayonida xatoliklarga yo’l qo’yilishi mumkin. Noto’gri idrokka illyuziya deyiladi. Masalan, temir yo’l ustida turib bir tomonga olislatib nazar solsak ikkala temir yo’l izi bora-bora qo’shilib ketganday tuyuladi. Diqqat Agar odam diqqatini o’zi idrok etayotgan narsaga yoki bajarayotgan ishiga to’play olmas ekan, unda hech bir ruhiy jarayon maqsadga yo’naltirilgan va unumli bo’la olmaydi. Biz biron bir buyumga qarab tursak ham, uni ko’rmasligimiz mumkin, o’z fikrlari bilan band bo’lgan odam yaqin atrofdagi kishilarning gaplarini mutlakr eshitmaydi. Agar diqqatimiz biron narsaga qaratilgan bo’lsa, biz og’riqni sezmasligimiz mumkin. Aksincha, odam biron bir narsa yoki faoliyatga butun diqqatini qaratsa, u holda o’sha buyum yoki hodisaning hamma xususiyatlarini bilib olishi va ishi juda ham unumli bo’lishi mumkin. Diqqatning o’zi nima? Download 82.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling