A. S. Abduqodirov, G’. Ahmedov Harbiy xizmat axloqi. O’quv Qo’llanma Sharq nashriyoti, Toshkent 2007 y


Sezishning yuqori chegarasi tushunchasi


Download 82.09 Kb.
bet2/7
Sana08.05.2023
Hajmi82.09 Kb.
#1445861
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
namuna

Sezishning yuqori chegarasi tushunchasi. Shuni aytib o’tish kerakki, sezishning quyi chegarasi bo’lgani kabi uning yuqori chegarasi ham mavjud, bizning sezgi organlarimiz qo’zg’atuvchining kuchi ma’lum bir yuqori darajaga etguncha sezadi, ushbu chegaradan keyin sezish yuqoladi,ushbu chegara sezishning yuqori chegarasi deyiladi.
Sezishdagi farqlash chegarasi tushunchasi. Sezgi organiga birdaniga ikkita qo’zgatuvchi ta’sir etganda, nafaqat bu ikkala qo’zg‘atuvchi seziladi, balki ularning kuchi va sifati o’rtasidagi farq ham seziladi. Mana shu hodisaga sezishdagi farqlash chegarasi deyiladi.
Ko‘nikish (Adaptatsiya) hodisasi haqida tushuncha. Ko‘nikish – bu sezgi organlarining unga ko’rsatilayotgan ta’sir kuchiga moslashuvi natijasida muayyan sezgilarning o‘zgarishidan iborat bo’lgan hodisa. Adaptatsiya hodisasida sezgirlik ortish tomoniga ham, kamayish tomoniga ham o’zgarishi mumkin. Kuchli ta’sirotdan kuchsiz ta’sirotga o’tganda, sezgirlik asta-sekin ortib boradi, ta’sirot kuchayganda esa, sezgirlik aksincha kamayib boradi. Adaptatsiya qonuniyati organiq sezgilardan boshqa barcha sezgilar sohasiga hosdir, masalan, ko‘ruv adaptatsiyasi, eshituv adaptatsiyasi, hid bilish adaptatsiyasi va hokazo.
Organiq sezgilar – organizmning ichki muhitida sodir bo’layotgan jarayonlarni aks ettiruvchi sezgilar. Organiq sezgilarning organi interoretseptorlardir. Organiq sezgilarga ochlik va chanqoqlik sezgilari, jinsiy sezgilar, nafas olish va qon aylanishi bilan bog’liq bo’lgan sezgilar, shuningdek og’riq sezgilari kiradi.
Ko’nikish hodisasi organiq sezgilarga xos emas.
Bundan tashqari sezgilarga «ketma-ket hosil bo’ladigan obrazlar» hodisasi ham xos. Bu narsa va hodisalarni idrok qilish to’htagandan keyin ham, ularning obrazlarining qisqa vaqt ichida ongimizda saqlanib qolishidan iborat qonuniyat bo’lib, u ko’ruv, eshituv, maza va hid bilish kabi sezgilarga xosdir. Masalan, kuchli yoritilgan elektr lampochkaga tikilib qaraylikda, keyin nigohimizni devorga qaratayliq,shu zaxoti ko‘zimizga devorda yorqin dog‘ ko‘rinadi, lekin u ko’zdan tezda goyib bo’lmaydi. Analizatorda vujudga kelgan qo‘zgalish bir oz vaqt davom etib turadi va tezda so’nib qolmaydi, shu tufayli odamda yuqorida aytib o’tilgan hodisa yo’z beradi.
Sezgi jarayonining asosiy qonuniyatlari mana shulardan iborat.
Idrok
Endi esa bilishning muhim jarayonlaridan biri bo’lgan idrok haqida so’z yuritamiz. Narsalarning alohida-alohida sifatlari (rangi, tovushi, qattikligi va hokazo) sezgilar tufayli miya katta yarim sharlarida aks ettiriladi. Ammo odamni qurshab olgan voqelikdagi har bir narsa yoki hodisada turlicha sifatlar va xususiyatlarning yahlit majmuasi mujassamlashgan bo’ladi. Analizatorlar orqali hosil bo’ladigan sezgilar narsa va hoisalarni to’griroq aks ettirish uchun miya po’stlog’ida bir-biri bilan birikadi va odamda narsa yoki hodisaning yahlit obrazi yaratiladi. Sezgilarga qaraganda idrok voqelikni aks ettirishning ancha yuksak shaklidir.
Katta yarim sharlar po’stlog‘ida vujudga keluvchn murakkab shartli refleks bog‘lanishlari idrokning fiziologik asosi hisoblanadi. Idrok qilishda bir nechta sezgi analizatorlarining ishi o’zaro uyg‘unlashadi. Masalan, biz jangovar vaziyatni idrok qilar ekanmiz, bir vaqtning o’zida joyning relefini, xavo haroratini, atrofdagi o‘t-o‘lan va daraxtlarning rangini, odamlardagi kayfiyatni, turli hil tovushlarni, kunning vaqti va boshqa ko’plab narsalarni bir vaqtda «ko‘ramiz».

Download 82.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling