A. S. Abduqodirov, G’. Ahmedov Harbiy xizmat axloqi. O’quv Qo’llanma Sharq nashriyoti, Toshkent 2007 y
Hayol ongning shunday faoliyatiki, bunda mavjud tassavvur, bilim va tajribalarga asoslanib, yangi obrazlar yaratiladi
Download 82.09 Kb.
|
namuna
Hayol ongning shunday faoliyatiki, bunda mavjud tassavvur, bilim va tajribalarga asoslanib, yangi obrazlar yaratiladi.
Fiziologiya nuqtai nazaridan esa hayol – bu miyaning murakkab analitik-sintetik faoliyatiga asoslangan yangi muvaqqat nerv boglanishlari paydo bo’lish jarayonidan iborat. Hayol jarayonida go’yoki muvaqqat nerv bog’lanishlari uzaro parchalanib, yangicha shakldagi nerv bog’lanishlari qaror topadi. Orzu shaklidagi hayol harbiy xizmatchi uchun faoliyat motiv vazifasini o’tashi mumkin. Orzu – bu istakdagi kelajak obrazi. Shuning uchun ham u insonning ijodiy kuchlarini hayotga tadbiq etish, faoliyatda qo’llashning zarur shart-sharoiti hisoblanadi. Umuman hayol har qanday faoliyatda ham muhim rol o’ynaydi. Shuningdek, u ofitserga pedagogik faoliyatni muvaffakyatli amalga oshirish uchun ham zarur. U harbiy xizmatchilargata’lim va tarbiya berar ekan, ularda qanday sifatlarni rivojlantirish zarurligini tasavvur eta olishi zarur. Bo’linmalarfaoliyatiga rahbarlik qilishda hayol nixoyatda katta yordam beradi. Olingan topshiriqni aniqlashtirish, vaziyatni baholash va zarur qarorlar qabulqilish asosida ofitser fikran kelajakka nazar tashlaydi, o’z bo’linmasi va dushman qo‘shininingextimoliy .arakatlarini, ularnnng maqsadi, yo’nalish hamda[eng muxim harakatlarni qachon, qaerda ialga oshirishlarinitasavvur qiladi. Hayol harbiy harakatlar rejasini oldindan tuzishga imkon beradi. yaxshi rivojlangan hayol ofitserningkatta komandirlar rejalarini tug’ri va tezda tushunib olishini tezlashtiradi, oddiy askar va serjantlarga esa jangovar vazifani yaxshiroq tushunib olishlariga, uning ijrosidagi o’zlarining urinlarini anglab etishlariga hamda zarur tashabbuslarni ilgari surishlariga sharoit yaratadi. Ilmiy kashfiyot va|texnika tarakdiyotini hayolsiz tasavvur kilib bo’lmaydi. Hayolni shartli ravishda ikki turga ajratish mumkin; faol va zaif. Birinchi holatda hayol inson ijodiy faoliyati uchun sharoit vazifasini utasa, ikkinchi xolatda esa hech bir faoiliyat bilan boglanmaydi, aniqrogi, o’zi faoliyat bo’lib keladi (masalan, shirin hayol). Shuningdek hayol ixtiyorsiz va ixtiyoriy bo’lishi mumkin,Inson ongida uning istaklariga bog’liqbo’lmagan obrazets fikrlarning paydo bo’lishi ixtiyorsiz hayolni bildiradi, Agar hayol faoliyat bilan bog’liq bo’lgan maqsadlar atrofida paydo bo’lsa, bunday hayolga ixtiyoriy hayol deyiladi. Ijtimoiy ahamiyatga ega yangi biron-bir narsa yaratishga yo’naltirilgan faoliyatga ajod, unda ishtirok etadigan hayolga esa ijodiy hayoldeyiladi. Xizmat jarayonida kishilarda hayolni rivojlantirishga katta e’tibor beriladi. Ma’lumki, inson faoliyatining aso-siy xususiyatlaridan biri undagi faoliyat natijalariny tasavvur sila olish layoqati bo’lib hisoblanadi. U faoliyat yakunida o’zi oldindan hayolqilgan natijaga ega bo’ladi. Hayol faoliyatni tashkilqilishda va amalga oshirishda ishtirok etar ekan, o’zi ham shakllanadi, rivojlanadi. U faol va ijodiy jarayon sifatida faqat faol hamda ijodiy faoliyatda-gina rivojlanishi mumkin. Uning rivoji umuman harbiy xizmatchi ruhiyati(faoliyat extiyojlari va motivlari, harakter, qobiliyatlar, bilimlar, ko’nikma, malaka va odatlar, psixologik bilish jarayonlari, iroda va hissiyot)ning rivojlanishi bilan birga kechadi. Harbiy xizmat ijodkorlikni va hayolni rivojlantirish uchun katta imkoniyatlarga ega. Masalan, ofitser harbiy harakatlar rejasini divdat bilan urganar ekan tegishli qarorlar qabul qiladi, jang rejasini hamda tarbiyaviy tadbirlar tizimini ishlab chiqadi, jangovar texnika va qurollarni tayyorlaydi, Bu’larning hammasida uning hayoli ishtirok etadi hamda shunga moe ravishda rivojlanadi. Harbiy xizmatchilardagi hayolning rivojlanishi umuman ular shaxsining rivojlanishi bilan bog’liq. o’quv-tarbiyaviy ishlar ta’sirida ularda yuksak axloqiy-siyosiy sifatlar, shuningdek qat’iylik mardlik intellekt, hissiyot, qiziqish va harakter kabilar rivojlanadi. Ushbu sifatlar harbiy xizmatchilardagi hayolning rivojlanishini ta’minlaydi, Ularda ijodiy sayolni rivojlantirish uchun esa tashabbuskorlik va mustaqlllik yaxshi manba bo’ladi. Bundan tashqari harbiy xizmatchicharni jamoatchilik ishlariga jalb etish ham ularda hayolning rivojlanishini ta’minlaydi. Download 82.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling