A., Sharipova sh. S. Kasbiy ta`lim metodikasi
KIRISH Yoshlar bugungi va ertangi kunimizning hal qiluvchi kuchidir. Sh.M. Mirziyoyev
Download 2.97 Mb. Pdf ko'rish
|
KASBIY TALIM METODIKASI Дарслик PDF
KIRISH
Yoshlar bugungi va ertangi kunimizning hal qiluvchi kuchidir. Sh.M. Mirziyoyev O`zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligiga erishib, iqtisodiy va ijtimoiy rivojlaninshning o`ziga xos yo`lini tanlashi kadrlar tayyorlash tuzilmasi va mazmunini qayta tashkil etishni dolzarb vazifa qilib qo`ydi. Bugungi kunda ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik yangilash, mamlakatimizda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni xalqaro bozorlarga chiqarish, innovatsion loyihalarni amalga oshirish uchun xalqaro hamkorlikni mustahkamlash va xorijiy sheriklarni jalb etish, “O‘zbekyengilsanoat” aksiyadorlik jamiyatining muhim vazifalaridan biridir. Bularning barchasi mamlakatimiz yengil sanoatini sifat jihatidan yangi darajaga ko‘tarish imkonini beradi. Hukumatimiz tomonidan tashqi bozorlarda talab katta bo‘lgan, yuqori sifatli, zamonaviy va raqobatbardosh yengil sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan ta’lim yo‘nalishlarini takomillashtirish, shuningdek, sanoatning ishlab chiqarish hamda resurs salohiyatidan kompleks va samarali foydalanish, shu asosda yangi ish o‘rinlari tashkil etish hamda aholi daromadlarini oshirish maqsadida tashqi bozorlarda talab katta bo‘lgan va importning o‘rnini bosuvchi, yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha zamonaviy ishlab chiqarishlarni tashkil etish uchun xorijiy va mahalliy investorlarning to‘g‘ridan- to‘g‘ri investitsiyalarini jalb etishga qaratilgan vazifalar belgilandi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2016-yil 26-oktabrdagi “Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini faollashtirish va kengaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni e’lon qilinib, zamonaviy texnologiya asosida barpo etish, mazkur korxonalarda mingdan ortiq yangi ish o‘rinlarini yaratish, oliy ta’lim tizimi bitiruvchilarini doimiy ish o‘rni bilan ta’minlashga e’tibor qaratildi. Yuqorida keltirilgan ma’lumotlar va ehtiyojlar monitoringi yengil sanoat korxonalarida zamon talablariga mos keladigan, malakali mutaxassislarga bo‘lgan talabning oshayotganligini ko‘rsatmoqda. O‘z navbatida yengil sanoat sohasi 5 bo‘yicha yuqori malakali kadrlarni tayyorlash maqsadida kafedra tegishli ta’lim yo‘nalishi va magistratura mutaxassisligining DTS, malaka talablari, o‘quv rejalari, fan dasturlari, ishchi o‘quv rejalari va ishchi fan dasturlari bilan to‘liq ta’minlangan, ularda kadrlar iste’molchilari fikrlarini inobatga olgan holda ishlab chiqarish bilan ta’lim integratsiyasi inobatga olingan. Bu jarayon ta’lim muassasalarida tegishli yo`nalishdagi mutaxassislik fanlarini o`qitish va ishlab chiqarish ta`limi (mutaxassislik fanlari bo`yicha laboratoriya va amaliy mashg`ulotlar, mashinalarni boshqarishga o`rgatish, o`quv va ishlab chiqarish amaliyoti)ni yuqori metodik saviyada o`tish orqali amalga oshiriladi. Mashg`ulotlarning qayd etilgan tashkiliy shakllari talabalarni tanlagan mutaxassisliklari bo`yicha amaliy faoliyatga tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Ta’lim muassasalarida amalga oshiriladigan kasbiy ta`lim natijasida nazariy bilim, ko`nikma va malakalar tizimi shakllantiriladi, ishlab chiqarish ta`limi jarayonida esa, talabalar asosan, amaliy kasbiy ko`nikma va malakalarni egallaydilar. Bu ikkala mushtarak jarayon mahsuli sifatida muayyan kasb va malakaga ega bo`lgan mutaxassisni tayyorlash ta`minlanadi. Zamonaviy mutaxassis o`z kasbiy faoliyati sohasidagi yangiliklarni egallab borishi, istiqboldagi taraqqiyot yo`nalishlari hamda yuzaga keluvchi muammolarni yechish yo`llarini ko`ra bilishi lozim. Bunday talablar darajasidagi mutaxassisni tarbiyalash uchun ta’lim muassasalarida kasbiy ta`lim metodikasini amalga oshirishning samarali shakllari, faol metodlari hamda zamonaviy vositalari majmuasini ishlab chiqish hamda ilmiy-metodik jihatdan asoslash lozim bo`ladi. Ta’lim muassasalarida malakali mutaxassis tayyorlash ishlari quyidagi talablarga javob berishi lozim: - mutaxassislik bo`yicha davlat ta`lim standartida belgilangan bilim, ko`nikma va malakalarni shakllantirishga qaratilganligi; - ta`lim mazmunida ko`zlangan ta`lim-tarbiya maqsadi va vazifalariga mos kelishi; 6 - malakali mutaxassis tayyorlash jarayonining barcha tarkibiy qismlari (nazariy mashg`ulotlar, laboratoriya-amaliy mashg`ulotlar, ishlab chiqarish amaliyoti) o`zaro bog`liq holda uzviy tashkillashtirilishi; - kasbiy ta`lim berish mazmunining fan, texnika va texnologiya taraqqiyoti darajasi talablariga javob berishi. Bu talablarni bajarishda kasbiy ta`lim metodikasining o`rni beqiyosdir. Chunki, kasbiy ta`lim metodikasining asosiy vazifasi - bo`lajak malakali mutaxassislarni muayyan mutaxassislik sohasida amaliy faoliyat ko`rsatishga tayyorlashdan iborat. U esa, o`z navbatida nazariy bilimlarni amaliyotga tadbiq etishga o`rgatish, zarur bo`lgan kasbiy ko`nikma va malakalarni shakllantirish, o`z mutaxassisliklari uchun xos bo`lgan ishlab chiqarish jarayonini rejalashtirish, tayyorlash, amalga oshirish, nazorat qilish va xizmat ko`rsatishga o`rgatishdan iborat. Kasbiy ta`lim metodikasi deganda birorta kasb, yoki mutaxassislik bo`yicha nazariy va amaliy o`qitish tushuniladi. Lekin, hozirgi kunda bu atama bir tomonlama bo`lib, ta’lim muassasalarida amalga oshiriladigan ta`lim-tarbiyaning nazariy va amaliy jihatlarini qamrab oladi. Kasbiy ta`lim metodikasini o`qitish jarayonida mutaxassisliklar bo`yicha kasbiy ko`nikma va malakalarni shakllantirish uchun ma`lum texnologik, tashkiliy- iqtisodiy, nazariy, texnikaviy bilimlar beriladi. U o`z mohiyatiga ko`ra nazariy ta`lim va amaliy mehnat jarayonlarining sintezidir. Bu holat unga har tomonlama majmuaviy yondoshuvni talab etadi. Har qanday ta`lim jarayoni o`zaro bir-birini taqozo etuvchi o`qitish – o`qish faoliyatini ko`zda tutadi. Bunda, maxsus ixtisoslik fanlari bo`yicha mashg`ulotlarni tashkil qilishda talaba faoliyati ikki tomonlama harakterga ega, ya`ni nazariy bilimlarni o`zlashtirish hamda ularni qo`llashning amaliy ko`nikma hamda malakalarini o`zlashtirish. Ular ta`lim jarayonida birlashadi va bir butun pedagogik jarayonni tashkil etadi. Ushbu xususiyat ta`lim berish jarayoni va metodlariga ham taaluqlidir. 7 Ta’lim muassasalarida o`qitish jarayoni mustaqil va o`zaro bog`langan nazariy va amaliy qismlarga bo`linadi. Amaliy mashg`ulotni yuqori metodik saviyada o`tish uchun maxsus fanlarning nazariy qismi talab darajasida o`qitilishi lozim. Ma`lum sohada mutaxassis tayyorlashda talabalarning ishlab chiqarish mehnatiga oid nazariy bilim, amaliy ko`nikma va malakalarini shakllantirish muhim masalalardan biridir. Respublikamizda bozor munosabatlariga o`tish sharoitida tobora keng ko`lam olayotgan yangi texnika va ilg`or ishlab chiqarish texnologiyalarini joriy etish davr talabi bo`lib qolmoqda. Bundan kelib chiqqan holda bo`lajak kasb ta`limi o`qituvchilari uchun zamonaviy talablar darajasiga o`quv-uslubiy qo`llanmalar yaratish talabalarning kasbiy ko`nikma va malakalarini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Mazkur darslikda ham bo`lajak kasb ta`limi o`qituvchilarining ishlab chiqarish ta`limi metodikasi borasidagi nazariy bilimlarini puxta egallashlariga ko`maklashish, amaliy bilim va ko`nikmalarini rivojlantirishga puxta zamin tayyorlashga qaratilgan. Shuningdek, darslik oliy ta`lim muassasalari talabalari va professor– o`qituvchilari hamda kasb-hunar kollejlari o`qituvchilari, soha tadqiqotchilari, doktorantlar uchun qiziqarli manba bo`lib qoladi deb ishonamiz. Download 2.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling