A., Sharipova sh. S. Kasbiy ta`lim metodikasi


Fanning asosiy mazmuni, boshqa fanlar bilan aloqadorligi


Download 2.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/224
Sana31.01.2024
Hajmi2.97 Mb.
#1832640
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   224
Bog'liq
KASBIY TALIM METODIKASI Дарслик PDF

1.2. Fanning asosiy mazmuni, boshqa fanlar bilan aloqadorligi. 
 
 
Tayanch so‘z va iboralar:
Ta`lim, ta’lim faoliyati, bilim, ko‘nikma, malaka, ta’lim mohiyati, kasb 
ta’limi texnologiyasi, didaktika, metodika, o‘qitish metodikasi, metod, 
metodologiya, ta’limiy kenglik, mahorat, baxolash, kasb.
Respublikamizda ta'lim sohasida amalga oshirilayotgan keng qamrovli 
islohotlar o'sib kelayotgan yosh avlodda intellektual qobiliyatlar va kasbiy 
bilimlarni rivojlantirishni ko'zda tutadi. Bunday kelib chikkan holda kasbiy ta`lim 
metodikasi fani bo'lajak mutaxassislarning ixtisoslik fanlaridan ta'lim berish 
metodikasi, oliy ta'lim tizimida o'qitish shakllari hamda o'qitishning ilg'or 
pedagogik 
va 
axborot 
texnologiyalariga 
oid 
bilim 
va 
ko'nikmalarini 
shakllantirishdan iboratdir. 


18 
Kasbiy ta'lim metodikasi fani "Pedagogika" fanining tarmog'i sifatida 
mazmuni quyidagicha amalga oshiriladi: 
• kasbiy ta'lim vazifalarini asoslash, uning ta'limiy va tarbiyaviy ahamiyatini 
ochib berish; 
• o`quv materiali mazmunini asoslash; 
• oliy ta'lim tizimida ta'lim jarayonini tashkil etish; 
• bo'lajak mutaxassislarda kasbiy bilimlarni shakllantirishning pedagogik va 
axborot texnologiyasini asoslash. 
Mazkur fan mutaxassislik fanlarini o'qitish metodlariga bag'ishlangan 
bo'lib, u talabalarga tanlangan soha bo'yicha mutaxassislarni tayyorlashga oid 
chuqur nazariy bilimlar berishga yo'naltirilgan. Shu bilan birgalikda fanning 
mazmunida o'qitish usullariga oid umumiy ma'lumotlar, ta'lim jarayonining 
tashkiliy-pedagogik sharoitlariga ham e'tibor qaratilgan. 
Talaba o'zining kasbiy faoliyatida ilmiy tajriba va ishlab chiqarishni 
boshqarishga oid bilim va ko'nikmalarni to'laqonli o'zlashtirgan bo'lishi bilan birga 
ilmiy-pedagogik izlanishlar olib borish kobiliyatlariga ham ega bo'lishi lozim. 
Talaba ilmiy-pedagogik yo'nalishda ish olib borishi uchun pedagogika- 
psixologiya fanlarini va mutaxassislik fanlarini o'qitish metodikasini bilishi zarur. 
Talaba ilmiy-pedagogik ijodiyot metodologiyasini, o'qituvchi kasbiga oid 
pedagogik va kommunikativ kobiliyatlarni, pedagogik texnologiya va pedagogik 
mahoratni, ishchi o'quv dasturi va o'quv rejalari tuzishni, fan bo'yicha talabalar 
bilimini baholashning reyting tizimini bilishi lozim. 

Download 2.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   224




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling