A., Sharipova sh. S. Kasbiy ta`lim metodikasi


Mavzuni mustahkamlash uchun nazorat savollari


Download 2.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/224
Sana31.01.2024
Hajmi2.97 Mb.
#1832640
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   224
Bog'liq
KASBIY TALIM METODIKASI Дарслик PDF

 
Mavzuni mustahkamlash uchun nazorat savollari: 
 
1. Hozirgi pedagogik amaliyotida faol metodlarining turlari haqida nima deya 
olasiz? Misollar keltiring. 
2. Ta’lim 
oluvchilarning o‘quv-bilish va o‘quv amaliy faoliyatlarini 
faollashtirishda nimaga e`tabor berish kerak? 
3. Har qanday ta’lim maqsadining o‘ziga xos xususiyatlari nimalardan iborat?
4. O‘qitish metodlarini tanlashda nimalarga e`tibor berish lozim?
5. Ta’limning davomiyligi haqida nimalarni bilasiz? 
6. O‘quv-moddiy sharoitlari haqida ma`lumot bering. 
7. Mashg‘ulotlarni qiziqarli o`tishda nimalarga e`tabor berish lozim?
8. Nazariy fan maqsadini bayon etishda nimalarga e`tibor berish lozim?
9. Tarqatma materialar tarqatilishda nimalarga e`tibor berish lozim? 
10. Pedagogik izlanishlar deganda nimani tushunasiz?
 
 12.2. Kasb ta’limida ma’ruza va unga qo‘yiladigan asosiy talablar, 
oliy ta`limda ta’limni tashkil etish shakllari, ma’ruza va unga 
qo‘yiladigan asosiy talablar
 
Tayanch so‘z va iboralar:
Ma`ruza, ma`ruzaning ta’lim-tarbiyaviy ahamiyati, ma`ruzaning asosiy 
belgilari, ijodiy faoliyat, ichki va tashqi belgilar, didaktik talablar, samaradorlik 
shartlari. 
 


172 
Jamiyatimiz har tomonlama ma’lumotli, fan asoslarini chuqur egallagan, o‘z 
bilimlarini ishlab chiqarishga mohirlik bilan tatbiq qila oladigan kishilarni taqozo 
etadi. Bunday kishilarni tarbiyalashda ma`ruza muhim rol o‘ynaydi. Shu tufayli 
ma`ruzaga bo‘lgan talab ham doimo o‘sib boradi. Hozirgi mustaqillik sharoitida 
ma`ruzaning ta’lim-tarbiyaviy ahamiyatini oshirish deganda nimani tushunasiz? 
Ma`ruzaning asosiy belgilaridan biri ilmiylikdir. Ma`ruzada o‘rganiladigan 
bilimilar hozirgi zamon fani yutuqlarini o‘zida aks ettirishi, ta’lim jarayoni 
maqsadi hamda bolalarning real o‘qish imkoniyatlariga mos bo‘lishi zarur. 
Bolalarning real o‘qish imkoniyatlariga mos kelmaydigan nihoyatda jo‘n yoki 
murakkab bilimlar o‘quvchilarning fan asoslarini o‘rganishga qiziqishlarini 
susaytiradi. Qanday usul, vositalar yordamida o‘quvchilarning qiziqishlari 
tarbiyalanadi? 
Ma`ruzalarda o‘quvchilarning ijodiy faoliyati qancha taraqqiy etsa, fan 
sohasida qo‘llaniladigan usullardan qancha ko‘p foydalanilsa, ma`ruzaning 
samaradorligi shuncha oshadi. Ma`ruzaning samaradorligini qanday tushunasiz? 
Ma`ruzani ijodiy tashkil etish, vaqtdan unumli foydalanish, mashg‘ulotlarni 
operativ o‘tkazish, bolalarda jamoada ishlay olish ko‘nikmalarini shakllantirishi, 
o‘zaro yordam va bolalar o‘rtasida hamkorlik o‘rnatish yo‘llari bilan mashg‘ulotlar 
jamoa mehnati jarayoniga aylantiriladi.

Download 2.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   224




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling