A., Sharipova sh. S. Kasbiy ta`lim metodikasi


Download 2.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/224
Sana31.01.2024
Hajmi2.97 Mb.
#1832640
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   224
Bog'liq
KASBIY TALIM METODIKASI Дарслик PDF

Ko‘rgazmali metodlar deganda ta’lim jarayonida qo‘llaniladigan 
ko‘rgazmali qurollar va texnika vositalariga ko‘p darajada bog‘liq bo‘lgan o‘quv 
materialini o‘zlashtirish formalari tushuniladi. 
Ta’limning ko`rgazmali vositalari bilimlarni o‘rganish va o‘zlashtirish 
xarakterini belgilaydi. Masalan, tikuv mashinasi detallari namunalari ko‘rsatilishi 


167 
mexanizmlarining ishlashi virtual yoki model orqali, yoki tikuv mashinasida
bajariladigan texnologik jarayon videotasviri namoyish qilinishi mumkin, deylik. 
Asosiy maqsad dars mazmuni, albatta. O‘qituvchi esa, qo‘shimcha tuzatish 
kiritishi mumkin xolos. 
Ta’limning bunday metodlaridan foydalanilganda talabalarning bilish 
faoliyati ko‘rgazmali vositalar yordamida shakllanadigan yoki, esga tushiradigan 
hissiy obrazlarga, tasavvurlarga bog‘liq bo‘ladi. Ko‘rgazmali qurollar bilimlarni 
tizimiga solish va boyitishda, shuningdek talabalarning fikr yuritish faoliyatini 
faollashtirishda yordam beradi. 
Ta’limning ko‘rgazmali metodlari talabalarning bilim faoliyatida obrazli 
va mantiqiy, konkret va abstrakt, hissiy va aqliy jihatlarning nisbatini chuqur 
tushunishni talab etadi. 
 Amaliy metodlar. Mashqlar, mustaqil topshiriqlar, amaliy va tajriba 
ishlari asosida o‘quv materialini egallash formalari ta’limning amaliy metodlari 
jumlasiga kiradi. Ana shu metodlar yordamida amaliy ko‘nikma va malakalar 
shakllantiriladi. Bunda ko‘nikmani shakllantirish jarayoni o‘quv faoliyatida hal 
qiluvchi rol o‘ynaydi. Ko‘nikmalarni egallashning muvaffaqiyati uni
shakllantirish sharoitiga bog‘liq. 
Birinchi shart-ko‘nikma nima maqsadda shakllantirilishini anglashdir. 
Har qanday ko‘nikma-avtomatlashgan darajaga yetkazilgan harakatlar tizimidir. 
Agar talaba o‘quv materialini o‘zlashtirishda ularning ahamiyatini tushunmasa, bu 
harakatlarni shakllantirish qiyin bo`ladi. Masalan: tikuv mashinasi kiyimni qaysi 
qismlarini tikishga mo‘ljallanganligini va buning uchun kiyim materialiga mos 
ravishda ip va ignalar tanlanishi tartibini bilmasa, shu ishlarni bajarishdagi 
harakatlarini shakllashtirish qiyin bo‘ladi. 
Ikkinchi shart-mashqlarning tizimli bo‘lishi. Odatda ko‘nikmalarni
egallashdagi kamchiliklarga o‘quv mashqlari tizimini tashkil etish va o‘tkazishdagi 
kamchiliklar sabab bo‘ladi, ya’ni mashqlarni o‘tkazish uchun kerakli vositalar 
bilan ta’minlanmaganligi. 


168 
Uchinchi shart-amaliy harakatlarni anglagan holda bajarish. Talabalar 
harakatlarning muayyan fikriy rejasiga asoslanishlari, ish jarayonlarining 
izchilligini yaxshi tushunishlari, mexanik tarzda takrorlashga va yodlab olishga 
yo‘l qo‘ymaslik kerak. 
To‘rtinchi shart-dastlabki amaliy harakatlar va jarayonlarga puxta 
tayyorlanish. Ular ongli ravishda reja asosida bajarilsa, ko‘nikma tezroq 
muvaffaqiyatliroq shakllanadi. Buning uchun talabalar nazariy bilimlarini yaxshi 
egallashlari kerak. 
Beshinchi shart-mashqlarni mustaqil bajarish va o‘zini-o‘zi nazorat qilish. 
Talaba ko‘nikmani mustaqil bajara boshlaganida u o‘z harakatlarini nazorat qiladi.
O‘qituvchi talabaga o‘z-o‘zini nazorat qilish usullarini o‘rgatishi zarur. Masalan, 
talaba kiyimni bironta detaliga bezak berish jarayonini amaliy o‘rgangandan keyin, 
uyda o‘zi mustaqil ravishda bajarishga va baho berishga o‘rganadi. 
Oltinchi shart-bajarilgan mashqlar, amaliy ishlar tahlili va ularni baholash.
O‘quv ko‘nikmalari va malakalarida ijobiy va salbiy jihatlar bo‘ladi. Talabalar 
yo‘l qo‘yadigan tipik xatolar namoyon bo‘ladi. Lekin sinfda yaxshi ishlarni 
namoyish qilish kerak. Ijobiy namuna asosida o‘qitish afzalroqdir. 
Agar ko‘nikmani shakllantirish shartlariga rioya qilinsa, o‘qitishning 
amaliy metodlari o‘quv materialining muvaffaqiyatli egallanishiga olib keladi. 
O‘quv maqsadlarning noaniq qo‘yilishi, shu bilan bog‘liq o‘qitishdan 
kutilgan natijalarga erishishning noaniqligi, an’anaviy o‘quv jarayonini tashkil 
etishning asosiy kamchiligi hisoblanadi. Hozirgi zamon bozor iqtisodiyoti 
sharoitida, oliy ta’lim muassasasi, o‘qitishdan kutiladigan natija yo‘qligidek, 
ortiqcha daxmazaga yo‘l qo‘ya olmaydi. O‘qitish natijasi aniq va maqsadga 
erishiladigan bo‘lishi lozim, aks holda, tayyorlangan mutaxassislarga ehtiyoj ham 
noaniq bo‘ladi va ular talab qilib olinmaydi. An’anaviy o‘quv jarayoniga tayangan 
oliy ta’lim muassasasi, hozirgi zamon ishlab chiqarish va boshqa sohalarning aniq 
talablariga javob beradigan mutaxassislarni tayyorlashga qodir bo‘lmaydi. Shuning 
uchun, o‘quv jarayonini takomillashtirish, talabalar qiziqishini oshirish, o‘qitish 
natijalarini kafolatlanishning eng samarali yo‘llarini izlash ishlari uzluksiz davom 


169 
ettirilmoqda. O‘qitish sifatini oshirish, ob’ektiv zaruriyatga aylanganligi tufayli, 
alohida o‘qitish uslublaridan pedagogik texnologiyaga o‘tish muammosining 
dolzarbligi ortib bormoqda. 
O‘qitish amaliyotida, o‘qitishning turli tuman yo‘llari, usullari va shakllari 
keng qo‘llaniladi. Ammo, o‘qitishda yagona samarali (integral) yondashuvni izlash 
jadallik bilan hamon davom ettirilmoqda. O‘qitishni, o‘ziga xos ishlab chiqarish, 
texnologik jarayonga aylantirilishi mumkin bo‘lgan didaktik yondashuvlar, 
didaktik vositalarni izlash davom etmoqda. 
O‘qitish texnologiyasi kasbiy yondashuv asosida aniqlanadi. Ular odatda, 
shaxsga yo‘naltirilgan o‘qitish texnologiyalari hisoblanadi. 
«Pedagogik texnologiya» atamasi, ishlab chiqarish - texnologik sohasidan 
olingan, o‘ziga xos ma’lum qoida va tamoyillarga ega bo‘lgan, «texnologiya» 
tayanch iborasini o‘z ichiga oladi. Ishlab chiqarish sohasida, mahsulotni tayyorlash 
uchun, ishlab chiqarishni tayyorlash talab etiladi, u turli xildagi ilmiy-tadqiqot
konstruktorlik, texnologik, tashkiliy-rejaviy tadbirlarni qamrab oladi. 
Ishlab chiqarishni tayyorlashning birinchi bosqichida ilmiy-tadqiqotlar 
natijasi bo‘yicha konstruktorlik tayyorgarligi amalga oshiriladi, ta’limda esa, 
davlat ta’lim standartlari (ta’lim sohasi «konstruksiyasi»ni aniqlovchi) 
tayyorlanadi. 
Ishlab chiqarishni tayyorlashning ikkinchi bosqichida konstruktorlik 
tayyorgarlik ishlari bajarilgandan so‘ng ishlab chiqarishning texnologik 
tayyorgarligi amalga oshiriladi, uning o‘zagini – detallarini tayyorlash, mashina 
uzellari va agregatlarini yig‘ish, texnologik jarayonlarni ishlab chiqishni tashkil 
etadi. Texnologik jarayonlar – texnologik xaritalar va ularning to‘plamlari 
ko‘rinishida rasmiylashtiriladi. Texnologik jarayonning texnologik xarita 
ko‘rinishida aks ettirilishi, yuqori malakaga ega bo‘lmagan ishchiga, yuqori sifatli 
mahsulot tayyorlash imkoniyatini yaratadi, chunki texnologik xaritada mahsulot 
tayyorlashning barcha bosqichlari – materiallar, tayyorlash, jihozlar, texnologik 
operatsiyalar mazmuni va ketma-ketligi, ishlov berish sharoitlari, asboblar, vaqt 
me’yorlari, sifat nazorati vositalari keltiriladi. Ishlab chiqarish - texnologik 


170 
jarayon, - eng kam va modiy ham insoniy resurslar xarajatlari ishlab chiqarishning 
eng yuqori mehnat unumdorligi va rentabelligi bilan zaruriy sifatdagi mahsulot 
olinishiga imkoniyat yaratadi.
Texnologik jarayonni ishlab chiqmasdan, zamonaviy samarali ishlab 
chiqarishni tashkil etish mumkin emas. Ishlab chiqarish sohasiga o‘xshab, ta’lim 
sohasida davlat ta’lim standartlari yaratilgandan so‘ng (ta’lim «konstruksiya»si 
barpo etilishi) – texnologik tayyorgarlik amalga oshiriladi (namunaviy o‘quv 
rejalar, fanlarning namunaviy o‘quv dasturlarini darslik va o‘quv qo‘llanmalar 
tayyorlash, laboratoriya jihozlari, o‘qitishning texnik vositalarini loyihalash, 
tayyorlash va sotib olish, o‘quv ishlarini hisoblash uchun vaqt me’yorlarini 
o‘rnatish va h.k.), u ta’lim jarayonini tartibga soladi, ta’lim muassasasini va kadrlar 
tayyorlash sifatini baholaydi. 
Pedagogik texnologiya negizida, pedagogik ilmiy usul va malakalar, ishlab 
chiqarishning usul va malakalaridek, o‘quv jarayonini ro‘yobga chiqaruvchi 
ob’ektiv mantiqiy imkoniyatlar sifatida mavjud bo‘lishi mumkinligi haqidagi 
tasavvur yotadi. 
Ishlab chiqarish sohasida ushbu imkoniyatlar qanday ro‘yobga chiqarilsa, 
pedagogik jarayonda ham shunga o‘xshash holat sodir bo‘ladi. Yuqori malakali 
pedagog o‘zining pedagogik qobiliyati tufayli bu imkoniyatlarni aniqlaydi va 
ularni ishlab chiqadi. 
O‘qitish jarayonining mavjud ob’ektiv qonuniyatlarini o‘rganish va qo‘llash, 
o‘qitishda zaruriy natijaga erishish, ma’lum darajada, hattoki pedagog va 
talabaning qobiliyatiga bog‘liq emas degan xulosaga olib keladi. 
Pedagogik jarayon qanchalik chuqur ishlangan va ob’ektlashgan bo‘lsa, uni 
ro‘yobga chiqarish uchun, shunchalik kam qobiliyat talab etiladi. Ushbu, ommaviy 
ta’limning butun amaliyotda o‘z tasdig‘ini topdi. Bundan tashqari kompyuterli 
o‘qitishni joriy etish amaliyoti, odamni bevosita ishtirok etmasligida ham, 
o‘qitishning usullari va uslublari tizimini amalga oshirilishi mumkinligini 
ko‘rsatmoqda. 


171 
Pedagogik texnologiyaning xususiyati shu bilan belgilanadiki, unda 
qo‘yilgan maqsadlarga erishish kafolatini beruvchi o‘quv jarayoni yaratiladi va 
ro‘yobga chiqariladi. 
Pedagogik texnologiyaning afzalligi ham, ahamiyati ham shu bilan 
belgilanadi. Bu ommaviy o‘qitish sharoitida, talabalarni to‘la o‘zlashtirishini 
ta’minlovchi yagona to‘g‘ri yo‘ldir. 

Download 2.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   224




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling