A., Sharipova sh. S. Kasbiy ta`lim metodikasi


Download 2.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet91/224
Sana31.01.2024
Hajmi2.97 Mb.
#1832640
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   224
Bog'liq
KASBIY TALIM METODIKASI Дарслик PDF

 
 
O’quv maqsadi 
Didaktik tamoyillaridan biri ko`rgazmalilik
 usuli, 
o‘quv-ishlab chiqarish vositalariga oid 
ma’lumotlarni nazariy jihatdan o’rganish



184 
Ko‘rsatmalilik tamoyili o‘qitish maqsadlariga mos bo‘lib, materialning 
mazmuni bilan belgilanadi. Bu materialni o‘rganish esa o‘quvchilarni chinakkam 
ilmiy va hayotiy muhim bilimlar bilan qurollantirishi kerak. Ko‘rsatmalilik bu 
bilimlarni yaxshiroq o‘zlashtirib olishga hamda ularning hayot bilan, mehnat 
amaliyoti bilan bog‘lanishiga yordam beradi. 
Mashg‘ulotlarda turli xil ko‘rsatmali qurollarni qo‘llash o‘quvchilarning
fikrlash faoliyatini aktivlashtiradi, ularning diqqatini safarbar etadi. Shuning 
uchun ko‘rsatmalilik vositalari o‘qitishning hamma bosqichlarida: o‘quvchilarning 
yangi materialni idrok qilishlarida, bilimlarni mustahkamlashda, tekshirish hamda 
amaliy faoliyatda va ishda qo‘llashlarida, mehnat ko‘nikmalari va malakalarini 
hosil qilishda tatbiq etiladi. Bilimlarni iloji boricha ko‘rgazmali va real hayotga 
yaqin qilib tatbiq etish - bir tomondan tilning tushunarligini va o‘qitish jarayonida 
audio-vizual vositalardan foydalanishni talab qilsa, ikkinchidan u bevosita ish 
jarayonida va real holatda o‘qitishni talab etadi. 
Hozirgi paytda ta'lim-tarbiya tizimida o’qituvchining tahsil oluvchilar bilan 
jonli muloqot va munosabati muhim ahamiyatga ega bo’lganligiga qaramay, u 
yagona axborot manbai bo’la olmasligi hayotiy haqiqat. Shuning uchun ham 
ta'lim-tarbiya ishini osonlashtiradigan va samaradorligini oshirish omillaridan keng 
foydalaniladi. Ana shunday omillardan biri o’qitishning texnikaviy vositalaridir. 
O’qitishning 
texnik 
vositalari 
deganda 
ta'lim-tarbiya 
jarayoni 
ishtirokchilarining hamkorlik faoliyatini ta'minlab, uning samaradorligini oshirish, 
ta'minlash maqsadida foydalaniladigan qurilmalar tizimi tushuniladi. 
Barcha o’qitishning texnik vositalarini shartli ravishda uch asosiy guruhga 
bo’lish mumkin. 
Audiovizual vositalar (kinoproektsiya, diaproektsiya va epiproektsiyalar, 
ovoz yozib olish, televidenie, radio); 
Jihozlar, uskuna va asboblar; 
Dasturli (kompyuterli) ta'lim vositalari. 
O’qitishning texnik vositalaridan ta'lim-tarbiya jarayonining tashkil etuvchi 
komponentlari bilan uzviy bog’liqlik va munosabatlarini hisobga olgan holda 


185 
foydalanish zarur. Aks holda mashg’ulot samarasini umuman yo’qqa chiqarish 
ham mumkin. 
Mashg’ulotda o’qitishning texnik vositalaridan foydalanish yordamchi 
harakterga ega bo’lib, ularni tanlash, ishlatish vaqti va joyi darsning umumiy 
rejasida maqsadlarga muvofiq ravishda belgilanadi. 
Hozirgi paytda ta'lim-tarbiya jarayonida muhim ahamiyatga ega 
bo’lganligiga qaramay, u yagona axborot manbai bo’la olmasligi xayotiy haqiqat. 
O’quv xonalarini o’qitishning texnik vositalari bilan jihozlashda quyidagi 
texnikaviy-pedagogik talablar qo’yiladi: 
- o’quv xonalarini o’qitishning texnik vositalari bilan jihozlashda o’quv 
jarayonida ulardan majmuaviy tarzda foydalanishni hisobga olish zarur; 
- o’quv xonasining istalgan joyidan yaxshi ko’rish va eshitish 
imkoniyatining mavjudligi; 
- o’quv xonasida, shovqin, yoritilganlik, namlik me'yorlarini ta'milanishi; 
- oddiy, arzon, xavfsiz, uzoq muddat buzilmay ishlashi. 
Ta'lim-tarbiya ishida texnik vositalardan foydalanish avvalo didaktik 
printsiplarga amal qilishni ko’zda tutadi. Masalan, ko’rsatmalilik printsipi real 
ob'ekt bilan mavhum tasavvurning birligini ifodalaydi.
Real ob'ekt yoki uning tasvirini ko’rish (idrok etish) inson uchun uni 
bilishning dastlabki va eng oddiy akti hisoblanadi, aniq tasavvurlar va mavhum 
tushunchalar hosil qilish uchun asos vazifasini o’taydi. 
Ta'lim-tarbiya ishida ko’rsatmalilik tamoyiliga amal qilish zaruriyati 
insonning fikrlash xususiyatidan kelib chiqadi. Insonning fikrlash xususiyati 
ma'lumdan mavhum tomon rivojlanadi. Tushuncha va mavhum qonun-qoidalar 
aniq kuzatishlarga asoslansa, ularning mohiyat mazmuni ancha oson va tez 
shakllanadi. Inson tafakkurining rivojlanishi uning yoshiga, Hayotiy tajribasi 
kabilarga bog’liq bo’lib, ta'lim-tarbiya jarayonida hisobga olinishi, aniq dalillar va 
obrazlardan ajralib qolmasligini talab etadi. 
Tasviriy ko’rsatmalardan quyidagi hollarda foydalaniladi: 
-o’rganiladigan ob'ekt juda katta yoki kichik bo’lganda: 


186 
-o’rganiladigan ob'ektni bevosita ko’rish mumkin emas: 
-tushuncha va xulosalarni grafik tarzda ifodalash mumkin bo’lganda: 
-murakkab ob'ektlarni soddalashtirish yoki ishlash tartibini ko’rsatish zarur 
bo’lganda: 
-ob'ektning eng harakterli zamon va makondagi holatni qayd etish va 
ko’rsatishda va shu kabilarda. 
Ko’rsatmali qo’llanmalarga quyidagi talablar qo’yiladi: 
-barcha talabalarga yaxshi ko’rinadigan darajada katta bo’lishi: 
-o’quv xonasining istalgan joyidan bemalol o’qilishi: 
-muhim detallar va yozuvlarning boshqa diqqatni o’ziga tortuvchi rang bilan 
alohida bo’yalishi: 
-tasvirlar imkon qadar ob'ektning asl rangiga mos bo’lishi: 
-tasvirlarning estetik did bilan rasmiylashtirilishi: 
-matnning haddan tashqari ko’p bo’lmasligi: 
-tasvirlangan ob'ektlarning tabiiy vaziyatda ko’rsatilishi: 
-masshtabga rioya qilishi: 
-arzon, qulay, uzoq vaqt o’z holatida saqlanishi va shu kabilar. 
Shu o’rinda ko’rsatmali qo’llanmadan foydalanish maqsad bo’lmay, balki 
natijaga erishish vositasi ekanligini unutmaslik zarur. 
Ko’rsatmali qo’llanmalardan foydalanishda o’quv materialining mazmuni va 
vaqtini hisobga olish zarur. Mashg’ulotda ko’rsatmali qo’llanmalardan haddan 
tashsari ko’p ham foydalanish yaxshi natija bermaydi. Namoyish qilinayotgan 
materiallarni idrok etish jarayonida tahsil oluvchilar sezgi organlarining (ko’rish, 
eshitish, hidlash, ta'm bilish) ko’proq jalb etish zarur. O’qituvchining so’zi bilan 
ko’rsatmalilikning uyg’unligi katta ahamiyatga ega. Ko’rsatmali qo’llanmadan 
foydalanishganda beriladigan izoh. Tahsil oluvchilar diqqat-e'tiborini asosiy 
materiallarga qaratilishini ko’zda tutadi. 
Ushbu vositalardan foydalanishda ularni muayyan maqsad, maxsus soha va 
usullarga mos holda tanlash muhim o’rin tutadi. Eng muhimi shundaki, amaliyot 
o’qituvchisi o’quv va ko’rgazmali vositalarni ishlata olishni va ulardan maqsadga 


187 
muvofiq va oqilona tarzda foydalanishni bilishi kerak. Texnik vositalardan 
foydalanilayotganda yuzaga keladigan texnik muammolarni hal qila oladigan 
bo’lishi lozim. Masalan: tikuv mashinasi ishida sodir bo’ladigan nuqsonlarni 
bartaraf eta bilishi, asosiy sozlanishlarni bajarishi va mashinani ishchi holatiga 
keltira olish kerak, ya'ni o’z kasbiy sohasining moyhir ustasi bo’lishi kerak.
Amaliyot o’ituvchisi o’z kasbiy sohasi uchun qanday materiallar, qanday
yangiliklar borligiga, shuningdek, qaysi maxsus sohalarda uning o’zi yangiliklar 
qila olishi mumkinligi yuzasidan umumiy tushunchaga ega bo‘lishi lozim. 
Ko’pincha o’qituvchilar doska tasvirlari, flipchart tasvirlari va proektor 
slaydlari kabi vizual vositalarni o‘zlari ishlab chiqadilar. 

Download 2.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   224




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling