A., Sharipova sh. S. Kasbiy ta`lim metodikasi
Download 2.97 Mb. Pdf ko'rish
|
KASBIY TALIM METODIKASI Дарслик PDF
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanilgan adabiyotlar
Mavzuni mustahkamlash uchun nazorat savollari: 1. Nazariy va amaliy mashg’ulotlar uchun manba materiali sifatida ishlatiladigan vositalarimiz qanday farqlanadi? 2. O’quv va didaktik materiallarni tayyorlashda nimalarga e`tibor berish lozim? 3. Nazariy darslarni o’tkazish paytida qanday amaliy ko’rsatmalar ishlatiladi? 4. Amaliy mashg’ulotlarda qanday amaliy ko’rsatmalardan foydalaniladi? 5. Talabalarga tarqatiladigan materiallar tarkibida qanday ma'lumotlar bo’lishi lozim? 6. Slaydlarni tayyorlash uchun nimalarga e`tibor berish lozim? Foydalanilgan adabiyotlar 1. Abdiquddusov.O., Rashidov. H. Kasb-xunar ta’limi pedagogikasi. O‘quv qo‘llanma. O‘MKHTTKMOvaUQT instituti, T. – 2009. 120 b. 2. Azizxo`jaeva N.N. O`qituvchi mutaxassisligiga tayyorlash texnologiyasi – Toshkent, 2000 3. Nishonaliev U.N. Kasbiy ta’lim pedagogikasi. O‘quv qo‘llanma. –T.: TDPU, 2007y. 4. Olimov Q. T. Kasb ta’limi uslubiyati. O‘quv qo‘llanma. –T.: 2006. 164 b. 5. Olimov Q.T.,Uzoqova L.P. va boshqalar. Maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi. Ta’lim muassasalari o‘qituvchilari uchun metodik qo‘llanma.- Toshkent: Fan, 2004. – 119 b. 6. www.inter-pedagogika.ru 7. www.didaktika.ru 8. www.School. edu. uz 9. www.Ppsy. ru 10. www.Bank/referat. ru 193 MAVZU 14. KASB-HUNAR KOLLEJLARIDA ISHLAB CHIQARISH TA`LIMI. 14.1. Ijtimoiy foydali mexnat bilan ijtimoiy foydali unumli mexnatning qiyosiy taxlili, kollejlarda ishlab chiqarish ob’ektlari. Tayanch so‘z va iboralar: Fan-texnika taraqqiyoti, mehnatdagi asosiy o‘zgarish, asosiy funksiya, ishlab chiqarish faoliyati, mupakkab muammolar, ijtimoiy foydali mexnat, o‘zaro hamkorlik, ijtimoiy foydali mexnat, shaxs faoliyati, moslashuv prinsiplari. Fan-texnika taraqqiyoti davrida o`quvchilarning mehnat qilish sharoiti o‘zgaradi, chunki ishlab-chiqarish jarayonida o`quvchining bajaradigan faoliyati, dunyoqarashi, o‘rni o‘zgaradi. Ushbu o‘zgarishlar ishlab-chiqarish bosqichlarining rivojlanishi yangi mayllarning o‘sishiga olib keladi. O`quvchi ushbu rivojlanishdan foydalangan holda yangicha ishlashni hohlaydi. O`quvchilarda yuzaga kelayotgan o‘zgarishlarning kuchayishida ishlab-chiqarish omillari kuchli rol o‘ynaydi. Buning asosida jismoniy mehnat, ya’ni insonning bajaruvchilik funksiyasi yotadi. Mehnatdagi asosiy o‘zgarish, avvalambor, o`quvchilarning jipsligidan kelib chiqadi. Malumki, ishlab-chiqarish jarayonida inson, asosan 5 ta asosiy funksiyani bajaradi: o`quvchi o‘z jismoniy harakati bilan aylantiruvchi va harakatlantiruvchi harakatlar hosil qilish uchun mehnat qurollarini ishlatadi; mehnat qurollarini boshqaradi va ularga ta’sir ko‘rsatadi; ularni to‘g‘rilaydi va tamirlaydi; ularni loyihalashtiradi va ishlab-chiqarish jarayoniga tatbiq qiladi. Download 2.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling