A., Sharipova sh. S. Kasbiy ta`lim metodikasi


Download 2.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet95/224
Sana31.01.2024
Hajmi2.97 Mb.
#1832640
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   224
Bog'liq
KASBIY TALIM METODIKASI Дарслик PDF

 
 
O’quv maqsadi 
Ijtimoiy foydali mexnat bilan ijtimoiy foydali unumli 
mexnatni qiyosiy taxlili, ishlab chiqarish 
texnologiyasiga oid ma’lumotlarni nazariy jihatdan 
o’rganish



194 
Mehnatni boshqarishda zamonaviy o`quvchiga 1- va 2-funksiyalar 
doirasidagi ko‘rsatkichlar ahamiyatli bo‘lishi bilan bir qatorda mehnatning 
mazmuni va ijodiyligini oshirishda 3-4-funksiyalar ham muhimdir. 
O`quvchilarning kasbiy ishlab chiqarish faoliyatiga moslashuv jarayoni 
ta’lim tizimining uzviy davomi deb hisoblash mumkin. Ijtimoiy foydali mexnat 
bilan ijtimoiy foydali unumli mexnat faoliyatiga moslashuv yordamida inson 
hayotiga, ijtimoiy munosabatlar rivojlanishiga ma’lum ta’sir ko‘rsatishi mumkin. 
Ishlab chiqarishga moslashuvning ijtimoiy uyg‘unlashuvi esa, texnikani taraqqiy 
ettirishning muhim omili hisoblanadi. 
Bo‘lajak kichik mutaxassislarni tayyorlashdagi mupakkab muammolar 
qatorida ijtimoiy foydali mexnat bilan ijtimoiy foydali unumli mexnat faoliyatiga 
moslashuv ham o‘ziga xos o‘rin tutadi. Ayniqsa, ta’limni modernizasiyalash bilan 
bog‘liq islohotlarning joriy bosqichida ijtimoiy foydali mexnat bilan ijtimoiy 
foydali unumli mexnat faoliyatiga moslashuv muammosi yanada yorqin va aniq 
namoyon bo‘lmoqda. Bo‘lajak kichik mutaxassislar tayyorlashning mazmuni 
kasbiy, amaliy, psixologik, metodik, tadqiqiy faoliyat turlari bilan bir qatorda
ishlab chiqarish jarayoniga moslashuv bilan boyib bormoqda. 
Bugungi ijtimoiy foydali mexnat bilan ijtimoiy foydali unumli mexnatga 
moslashuv "ijtimoiy hayotning barcha tomonlarini qamrab oluvchi ijtimoiy tizim 
elementi" sifatida yondashadiki, buning natijasida kasbiy moslashuv vujudga 
keladi. Kasbiy moslashuv deganda shunday dunyoqarash mavjudki, ijtimoiy shaxs, 
jamiyat ehtiyojini qondirish maqsadida harakat qiluvchi insonning mohiyat kuchi 
rivojlanishi yo‘llari va natijalarining tarixiy aniq tizimi tushuniladi. 
"Ishlab chiqarishga moslashuv" tushunchasini oydinlashtirishda inson 
faoliyatining natijasi sifatidagi talqinini tushunishgina emas, balki uning 
tashuvchisi sifatida insonning o‘ziga urg‘u beriladi, muayyan moddiy-ma’naviy 
qadriyatlar esa, subyekt kasb-hunarni rivojlantirishning vositasi va usullari sifatida 
qaraladi. Shu jihatdan olganda moslashuv atamasini "individning meyoriy 
rivojlanishi" sifatida tushunish mumkin. Ijtimoiy foydali mexnat bilan ijtimoiy 
foydali unumli mexnatga moslashuv ikki asosiy shaklda namoyon bo‘ladi: 


195 
birinchidan, inson tomonidan yaratiladigan moddiy va ma’naviy boyliklarga 
ishtiroki natijasi, ikkinchidan, - inson shaxsining haqiqiy boyliklari.
Inson 
kuchi-qudrati 
mehnat 
faoliyati, 
ong, 
axloqiy 
ijtimoiy 
munosabatlarning yaxlit tizimi bilan belgilanadi, jamiyatning birinchi tahliliy 
kesimiga muvofiq, bir tomondan, ijtimoiy turmush, bazis bilan va ikkinchi 
tomondan ijtimoiy ong va usquna bilan belgilanar ekan, - an’anaviy ravishda 
jamiyatning moddiy va ma’naviy tayyorgarligi ilgari suriladi. Ishlab chiqarish 
jarayoniga moslashuv o‘z navbatida sifat jihatlari faoliyati bilan bog‘liqdir. 
Faoliyat, umuman olganda – bu jonli tizimlarning tashqi muhit bilan o‘zaro 
hamkorligi asosidagi adaptiv yo‘naltirilgan faolligidir. Inson faoliyatiga kelganda 
esa, uni odamlarning ijtimoiy yo‘naltirilgan faoliyati sifatida belgilash mumkin. 
Moslashuv esa - mana shu faoliyat usulining o‘zginasidir. Haqiqatdan ham istalgan 
ishlab chiqarishga moslashuv, u ijtimoiy faoliyat bo‘ladimi, individual faoliyat 
bo‘ladimi, qanday bo‘lmasin faoliyatni taqozo etadi, biroq har qanday faoliyatni 
emas, balki jamiyatning ijtimoiy, iqtisodiy, ma’naviy, texnikaviy sohalaridagi 
ijobiy o‘zgartirishlarni nazarda tutuvchi "faoliyat usuli"nigina ishlab chirarishga 
moslashuv sifatida talqin qilish maqsadga muvofiqdir. Ishlab chiqarishda ijtimoiy 
foydali mexnat bilan ijtimoiy foydali unumli mexnat moslashuvini rivojlantirish 
usuli sifatidagi faoliyat, eng avvalo, ma’naviy, kasbiy-ijodiy faoliyatni o‘z ichiga 
oladi. Mana shu faoliyat davomida madaniy qadriyatlar yaratiladi. Aynan ishlab 
chiqarish jarayoniga moslashuv insonning aktiv faoliyati shaklida ijtimoiy 
rivojlanish va inson shaxsi shakllanishining omiliga aylanadi. Chunki, shaxs faqat 
ma’naviy faoliyat jarayonida shakllanadi. 
Shaxsning chinakam ijtimoiy foydali mexnat bilan ijtimoiy foydali unumli 
mexnatining ishlab chiqarishga moslashuvi to‘g‘risida ko‘plab ta’limiy sifatlar, shu 
jumladan qadriyatlar bipgalikda, jamuljam namoyon bo‘lgan taqdirdagina so‘z 
yuritish mumkin. O‘zligini anglash faoliyati shaxsning yuksak faolligi 
ko‘rsatkichlaridan biri ekanligini qo‘shimcha qilmoqchimiz. Busiz shaxsning 
mustahkam qadr-qimmatli yo‘nalishlarini va yangicha tafakkurni tarbiyalash 
mumkin emas. O‘zligini anglash faoliyatning umumiy darajasi, qadriyatlarni 


196 
tushunishdagi muayyan birlik kishilarning o‘zaro bir-birlarini tushunishlari uchun 
ham shart-sharoit yaratadi, mezonlarning umumiyligini belgilab beradi. Ana shu 
mezonlar yordamida shaxs o‘zini, o‘z fazilatlari va nuqsonlarini baholaydi, 
tegishlicha jamiyatdagi munosabatlar shakllanadi, o‘zaro ishonch va ijodiy faoliyat 
uchun qulay muhit yaratiladi. Shunday qilib, o‘zini anglash faoliyati – bu inson 
tomonidan o‘z turmush tarzini, aniq hayotiy vaziyatlardagi hatti-harakatlarini erkin 
tanlashining, u yoki bu ijtimoiy masalalarni hal etish chog‘ida o‘z nuqtai nazarini 
aniqlashning ma’naviy shart-sharoitidir. 
Shaxs faoliyati ma’naviy ishlab chiqarish sohasi bilan belgilangan holda 
ham ongning, ham o‘z-o‘zini anglashning shakllanishi va namoyon bo‘lishini, 
shuningdek tafakkur faoliyatini qamrab oladi. 
Kasbiy faoliyat meyorlari dunyoqarash bilan bog‘liq ko‘rsatmalarning 
maxsus uzatuvchisi bo‘lishi mumkin. Kasb-kor faoliyati va unga moslashuv 
meyorlari kasb-hunar faoliyati va muomala jarayonida dunyoqarash tusini kasb 
etib, odatiy faoliyat meyorlari va kasb-kor tafakkuri meyorlarining o‘zaro 
munosabati muammolari orqali shakllanadi. 
Kasbiy-ishlab chiqarish faoliyatiga moslashuvini shakllantirishning asosiy 
sharti, bizning fikrimizcha, unda ijtimoiy foydali mexnat bilan ijtimoiy foydali 
unumli mexnat faoliyatining moslashuvga bo‘lgan ehtiyojni shakllantirishgina 
emas, balki uning o‘z "mendan" iborat kasbiy-ishlab chiqarish faoliyatiga 
moslashuvini idrok etishga tayyorligi ham hisoblanadi.
O‘quvchi ijodiyoti muammolarini tadqiq etuvchi Drager kasbiy-ishlab 
chiqarish faoliyatga moslashuvning quyidagi prinsiplarini ko‘rsatadi: 
- ijodiy tafakkur va harakat birligi;
- ijodiy faoliyatda individuallik va ijtimoiylikning birligi; 
- onglilik va intellektuallik birligi.
Ijodiy fikrlash muammoni ko‘ra bilishdan, vazifa bilan uni hal etishning 
mavjud bo‘lmagan yo‘li o‘rtasidagi, tan olingan ijtimoiy, yoki individual zaruriyat 
bilan uni amalga oshirishning mavjud bo‘lmagan imkoniyatlari o‘rtasidagi 
ziddiyatni anglashdan boshlanadi.


197 
Xulosa qilib aytganda, ijtimoiy foydali mexnat bilan ijtimoiy foydali unumli 
mexnat moslashuvi haqida yuqorida keltirilgan aniqlashlarni tahlil qilish uning 
ijtimoiy tomonlarining asosiy belgilarini ajratib ko‘rsatish imkonini beradi. Ular 
quyidagilardir:

Download 2.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   224




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling