A., Sharipova sh. S. Kasbiy ta`lim metodikasi
Download 2.97 Mb. Pdf ko'rish
|
KASBIY TALIM METODIKASI Дарслик PDF
- birinchidan, ijtimoiy foydali mexnat bilan ijtimoiy foydali unumli mexnat
faoliyatiga moslashuv o‘quvchilarning ijodiy faoliyatini ifodolaydi va o‘quvchining malakasi ishlab chiqarish faoliyatining sifat ko‘rsatkichi hisoblanadi; - ikkinchidan, ijtimoiy foydali mexnat bilan ijtimoiy foydali unumli mexnat faoliyatiga moslashuv o‘quvchi tafakkurining shakllanish jarayoniga ta’sir ko‘rsatadi; - uchinchidan, ijtimoiy foydali mexnat bilan ijtimoiy foydali unumli mexnat faoliyatiga moslashuv o‘zida nafaqat yakunni, balki kasbiy faoliyat jarayonida o‘quvchining qayta o‘zgarishi jarayonini ifodalaydi. Kasb-hunar kollejlarida ishlab chiqarish obyektlari - ilmiy tadqiqotlar - texnika - kasb ta’limi - ishlab chiqarish integrasiyasi ta’lim integrasiyasining asosiy yo‘nalishi sifatida didaktik moslangan ko‘rinishda ham namoyon bo‘ladi. Ikkinchi tomondan, ishlab chiqarish obyektlari ixtisoslik turkumidagi o‘quv predmetlari doirasida umumiy va kasbiy ta’lim mazmunining shakllanish manbalaridan biri hisoblanadi va asosiy ilmiy bilimlar majmuida o‘z aksini topadi. Zamonaviy ilmiy bilimlarga oid g‘oyalardan biri ularni ishlab chiqarish obyektlari hisoblanadi. Ishlab chiqarish obyektlari o‘rta-maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimining rivojlanishida ham o‘z aksini topishi zarur. Fan - texnika taraqqiyotining hozirgi bosqichida ishlab chiqarish obyektlarining shakllanish manbalari kasb ta’limida o‘rganiluvchi tabiiy, texnik, pedagogik, metodik, gumanitar va boshqa fanlar orqali o‘zlashtirib olinuvchi umumiy ilmiylik tusini beruvchi tushunchalar hisoblanadi. Zero ta’limining, jumladan kasb ta’limining ilmiy tadqiqot ishlari bilan ishlab chiqarish obyektlari ko‘p tushunchalarga umumiy ilmiy tus berish va uni shakllantirish asosida namoyon bo‘lmoqda. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling