A., Sharipova sh. S. Kasbiy ta`lim metodikasi


Mavzuni mustahkamlash uchun nazorat savollari


Download 2.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet97/224
Sana31.01.2024
Hajmi2.97 Mb.
#1832640
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   224
Bog'liq
KASBIY TALIM METODIKASI Дарслик PDF

 
Mavzuni mustahkamlash uchun nazorat savollari: 
 
1. Nima uchun fan-texnika taraqqiyoti davrida o`quvchilarning mehnat qilish 
sharoiti o‘zgaradi? 
2. Ishlab-chiqarish jarayonida inson, asosan nechta asosiy funksiyani bajaradi? 
3. O`quvchilarning kasbiy ishlab chiqarish faoliyatiga moslashuv jarayoni ta’lim 
tizimining uzviy davomi deb hisoblash mumkinmi? Misollar bilan isbotlang. 
4. Bugungi ijtimoiy foydali mexnat bilan ijtimoiy foydali unumli mexnatga 
moslashuv qandayamalga oshirilmoqda? Misollar keltiring. 
5. "Ishlab chiqarishga moslashuv" tushunchasini oydinlashtirishda inson 
faoliyatining natijasi sifatidagi talqinini misollar bilan tushuntirib bering. 
6. Faoliyat deganda nimani tushunamiz? 
7. Shaxsning chinakam ijtimoiy foydali mexnat bilan ijtimoiy foydali unumli 
mexnatining ishlab chiqarishga moslashuvi to‘g‘risida nimalarni bilasiz? 
8. Kasbiy faoliyat meyorlari dunyoqarash bilan bog‘liq ko‘rsatmalarning maxsus 
uzatuvchisi bo‘lishi mumkin. Siz nima deysiz? O`zfikringizni bildiring. 
9. Ijtimoiy foydali mexnat bilan ijtimoiy foydali unumli mexnat moslashuvining 
asosiy belgilarini ajratib ko‘rsating. 
 
14.2. Ishlab chiqarish texnologiyasi, shartnoma tuzishning me’yoriy-
xuquqiy asoslari, o‘quvchilar mexnatini rag‘batlantirish yo‘llari 
Tayanch so‘z va iboralar: 
Mehnatdagi asosiy o‘zgarish, 
zamonaviy ishchi, yuqori malakali 
mutaxassislarni tayyorlash, ishlab chiqarish amaliyoti, ijtimoiy hamkorlik, ishlab 
chiqarish korxonalari, kasb-hunar sohasidagi hamkorlik, shartnomalarning 
ob’yektlari, kengashlar faoliyati,
 
mehnat bozorini baholash. 


199 
Oxirigi yillarda turli xil stanoklarda ishlay oluvchi, uni tamirlay oluvchi, 
mahsulot sifatini yuqori qilish uchun lozim asboblar orasidan qulayini tanlay olib 
ishlatadigan ishchilarga talab ortib bormoqda. Ushbu ishchilar mehnat qilish 
jarayonlari va ko‘p imkoniyatdan qulayini tanlay olishi kerak. 
Bunday ishchilar, ya’ni, tamirlovchilar eski tushuncha bo‘yicha oliy 
bajaruvchi emas. 
Ushbu ishchilar bajaruvchanlik bilan bir qatorda yangi texnologiyaning 
rivojlanishi va ishlab-chiqarishni boshqarishda muhim rol o‘ynaydi. 
Ularga qulay vaziyatlarni topish jarayonida quyidagi talablar qo‘yiladi: 
- pnevmatika, dinamika, elektrotexnikani, fizikani hech bo‘lmaganda o‘rta 
maktab ta’lim oluvchisi darajasida bilishlari kerak; 
- yaxshi texnologik tayyorgarlikka ega bo‘lishlari kerak; 
- metall va nometall materiallarning nomlanishi va xususiyatlarini bilishlari 
kerak; 
- kesuvchi asboblarning zo‘riqishiga chidamliligini bilishlari kerak; 
- avtomatik liniyada ishlovchi har xil tipdagi stanoklarda ishlagani uchun 
ularning ishga tayyorgarligi hamda ularning rejalashtirilganligini bilishlari kerak. 
Ular shunday holatlarga tushadilarki, oqibatda turli xil nosozliklarni yechishga 
to‘g‘ri keladi. Shuning uchun ular yuqori malakali bo‘lishlari kerak; 
- jamoa uchun sharoit yaratib berish, tamirlash ishini qisqa vaqtda 
tugallashlari kerak; 
- ular ijtimriy -iqtisodiy bilimlarga ega bo‘lishlari kerak; 
- brigadaning ish rejasini tuza olishlari kerak; 
- ular jamoa bilan yaxshi muomalada bo‘lishlari, ya’ni tillasha olishlari 
kerak; 
- ular qanday o‘zgarishlarlarga tayyor turishlari va boshqa brigadaga o‘tib 
ishlash lozim bo‘lganda ishlab keta olishlari shart; 
- ishchilarning bajaruvchanlik funksiyasi kamayib, aqliy mehnati ulushlari 
ortishi kerak; 


200 
- ishchilar mehnatida aqliy mehnat va fizik funksiyaning organik birikmasi, 
ya’ni, hisoblash, to‘g‘rilash, analitik va nazorat funksiyalarini bajaruvchi, texnik 
jarayonni o‘lchovchi va tekshiruvchi, avtomatlashtiruvchi asboblar yordamida 
boshqara ola bilishlari lozim; 
- yuqori malakali va keng tarmoqli ishchilar funksiyalarining qo‘llay 
olishlari kerak; 
- madaniyat, texnika va fanning rivojlanishida mehnat umumdorligining 
oshishi; 
- umumiy faoliyati va ishlab-chiqarish holatlariga moslashuvchanlik
- o‘rganish jarayonida tizimli ravishda malakasini oshirish evaziga keyingi 
ish faoliyati malakasining oshishini taminlab berish. 
Yuqori malakali ishchilar zamonaviy ishlab-chiqarishda muhim rol 
o‘ynaydi. Ayniqsa, ularning rasionalizatorlik va ijodkorlik xususiyatlari asqotadi. 
Bunday ishchilarning paydo bo‘lishi shundan darak beradiki, insonning ishlab-
chiqarish 
va 
texnik 
jarayondagi 
rivojlanishi, 
bilimlarining 
kengayishi, 
chuqurlashishi va malakasining oshib borishini taqozo etadi. 
Ijtimoiy hamkorlik – deganda jamiyat, yoki malum ommaning siyosiy, 
iqtisodiy, madaniy va boshqa ehtiyojlarini qondirishga oid faoliyat bilan bog‘liq 
ishlarni amalga oshirishda bir-biriga ko‘mak berish tushiniladi. Ijtimoiy muloqot 
ijtimoiy hamkorlikni amalga oshirishning asosiy mexanizmi hisoblanib, u ijtimoiy, 
iqtisodiy, manaviy-marifiy, texnik- texnologik va shu kabi yo‘nalishlarda bo‘lishi 
mumkin. Hayotiy tajribalar va tahlillarimiz ijtimoiy hamkorlik bevosita kasb-hunar 
ta’limi sohasi uchun ham xos xususiyat ekanligidan dalolat bermoqda. Bu holat 
bozor iqtisodiyoti sharoitida yanada yorqinroq namoyon bo‘lib, hamkorlikni teng 
huquqliligi, manfaatdorligi asosida amalga oshiriladi.

Download 2.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   224




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling