A., Sharipova sh. S. Kasbiy ta`lim metodikasi


Download 2.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet89/224
Sana31.01.2024
Hajmi2.97 Mb.
#1832640
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   224
Bog'liq
KASBIY TALIM METODIKASI Дарслик PDF

individual ta’lim hisoblanadi. Bu orqali hayotiy tajribalarni ajdodlardan-
avlodlarga uzatish ibtidoiy jamiyatdayoq yuzaga kelgan edi. Yozuv paydo bo‘lishi 
bilan qavm boshlig‘i turli belgilar yordamida o‘zining tajribalarini keyingi avlodga 
uzatgan. Ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchilarning bevosita va individual aloqasiga 
hozirda misol sifatida repetitorlikni ko‘rsatish mumkin. Ta’limni tashkil etishning 


179 
individual shakli antik davr va o‘rta asrlarda yagona usul bo‘lgan, undan ba’zi 
mamlakatlarda XVIII asrgacha keng foydalanib kelingan. 
Individual ta’lim bir qator afzalliklarga ega. Shuning uchun bu usulni 
bizning davrimizgacha repetitorlik shaklida saqlanib qolgan. Uning ustunligi o‘quv 
faoliyati mazmuni, metodi va suratini to‘la individuallashtirish, aniq bir masalani 
hal etishda uning har bir harakati va operatsiyalarini kuzatib borishga imkon 
berishdan iborat. Individual ta’lim beruvchining yuqori pedagogik malakaga ega 
bo‘lishini talab etadi. 
Individual ta’limning kamchiliklari: vaqtning tejamli emasligi; ta’lim 
beruvchi ta’sirining cheklanganligi (bunda ta’lim beruvchining vazifasi ta’lim 
beruvchiga topshiriq berish va uni tekshirishdan iborat bo‘ladi); boshqa ta’lim 
oluvchilar bilan hamkorlikda ishlash imkoniyati cheklanganligi (bu ta’lim 
oluvchining yoki ta’limning ijtimoiylashishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi); jamoada 
ishlash tajribasini shakllanmasligi va shu kabilardan iboratdir. 
Ta’lim individual-guruhli shaklda ta’lim beruvchi mashg‘ulotlarni bir ta’lim 
oluvchi bilan emas, balki tayyorlik darajasi turlicha bo‘lgan turli yoshdagi bolalar 
guruhi bilan olib boradi. Bunda ta’lim beruvchi navbat bilan har bir ta’lim 
oluvchidan o‘tilgan materialni so‘raydi, yangi mavzuni (materiallarni) tushuntiradi, 
mustaqil ishlashi uchun individual topshiriqlar beradi, boshqa ta’lim oluvchilar o‘z 
ishlari bilan shug‘ullanadilar. O‘qishni bunday tashkil etishda, ta’lim oluvchilar 
mashg‘ulotlarga yilning turli davrlarda hamda kunning turli vaqtlarida kelishlari 
mumkin bo‘lgan. 
Birinchi universitetlar paydo bo‘lishi bilan ta’limning maruza-seminar 
shakli yuzaga kela boshlaydi. U yaratilgan paytdan beri mazkur tizim deyarli 
o‘zgarmagan. Ma’ruza, seminar va laboratoriya ishlari, konsultatsiya va tanlagan 
kasbi bo‘yicha amaliyot hozirgacha ma’ruza-seminar tizim sifatida o‘qishning 
asosiy shakllaridan biri bo‘lib kelmoqda. Maruza-seminar tizimi o‘zining sof 
ko‘rinishida oliy va oliy maktabdan keyingi ta’lim amaliyotida qo‘llaniladi.
O‘zbekistonda uch yillik o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining tatbiq etilishi 
bilan ma’ruza-seminar tizimidan akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida ham 


180 
ulardan foydalana boshlandi. Oxirgi paytlarda ma’ruza-seminar tizimi 
elementlaridan o‘rta maktablarning katta sinflarida ham qo‘llanila boshlandi. 
Demak, qadim zamonlardanoq jamiyatning yetuk kishilari o‘qitish ishini 
tashkil qilishning ijtimoiy taraqqiyot ehtiyojlariga javob beradigan shakllarini 
topishga uringanlar. 
Darsda bilimlarning o‘zlashtirilishi, malaka va ko‘nikmalarning hosil qilinishi 
murakkab dinamik jarayondir. O‘quv materialini o‘rganishning turli vazifalari
yo‘llari, usullari va vositalari vujudga keladi. Buning natijasida darsning juda ko‘p 
turlari, uning har xil variantlari paydo bo‘ladi. 
Ayni vaqtda ta’lim tizimida eng ko‘p qo‘llaniladigan dars turlari 
quyidagilardir: 
1. Yangi bilimlarni bayon qilish darsi. 
2. O‘tilgan materialni mustahkamlash darsi. 
3. Ta’lim oluvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini tekshirish darsi; 
4. Takroriy-umumlashtiruvchi dars. 
5. Aralash dars. 
Muayyan dars turi asosida olib boriladigan mashg‘ulotlarda ikkinchi, uchinchi 
bir dars turining qismlari bo‘lishi mumkin. Misol uchun ta’lim muassasalarida eng 
ko‘p qo‘llaniladigan dars turlaridan biri yangi bilimlarni bayon qilish darsida 
quyidagi holatlar amalga oshirilishi mumkin:

yangi bilimlarni bayon qilish; 

yangi bilimlarni mustahkamlash; 

yangi bilimlar ustida mashq o‘tkazish; 

yangi bilimlarga bog‘liq holda uyga vazifalarini topshirish va hokazo. 
Demak, dars umumiy jarayon davomida bir dars turi asosida tashkil etilmaydi. 
Shunga qaramay darsning maqsadi ta’lim oluvchilarga yangi bilim berishga 
qaratilgan bo‘lsa, butun didaktik usullar ana shunga bo‘ysundiriladi. Shu sababli 
ham bunday dars yangi bilim berish darsi deb ataladi. 


181 
Muayyan dars turi bilan ish ko‘rilayotganda boshqa bir dars turi unsurlarining 
asosiy dars tuzilishini tashkil qilishi mumkin. Darsning tarkibiy tuzilishi u yoki bu 
dars turining umumiy holati, uning qismlari mohiyatini anglatadi. 
Dars jarayonida qo‘llanilayotgan har qanday didaktik usul dars tuzilishini 
ifodalashga har doim ham xizmat qilavermaydi. Didaktik usullar ta’lim metodi 
bilan baholangandagina dars tuzilishining o‘zgarishiga, ta’lim metodlarining 
o‘zgarishi ham dars tuzilishining o‘zgarishiga olib keladi. Dars jarayonining 
muayyan qismida dars shakli hamda metodlarining o‘zgarishi darsning yangi 
bosqichini boshlaganligini anglatadi. 
Bugungi kunda zamonaviy o‘quv muassasalari faoliyatida o‘qitish 
shakllaridan biri bo‘lmish ma’ruzadan foydalanish keng tarqalgan. Ma’ruza 
darslarini tashkil etish ancha murakkab va ko‘p mehnat talab qiladigan faoliyatdir. 
Ma’ruza darsi tajribali, yuksak darajada pedagogik mahoratga ega bo‘lgan ta’lim 
beruvchining intellektual salohiyati asosida tashkil etiladi. Ma’ruzada faqat fan
o‘quv predmeti asoslari borasidagi ma’lumotlarni bermasdan, ta’lim oluvchilarni 
ijtimoiy-g‘oyaviy jihatdan tarbiyalab borish ham talab etiladi. Ma’ruzadan 
ko‘zlangan asosiy maqsad ta’lim oluvchilarning mustaqil fikrlash qobiliyatlarini 
rivojlantirish, bilim va faoliyat malakasini oshirish hamda dunyoqarashini 
yuksaltirishdan iborat. 
O`qitish amaliyotida ma’ruzaning quyidagi turlaridan keng foydalanilmoqda: 

ma’ruza-hikoya; 

ma’ruza-suhbat; 

ma’ruza-munozara; 

ommaviy ma’ruza. 
Ta’lim-tarbiyada qat’iy mantiqiy izchillikka rioya qilish kerak bo‘lgan 
jarayondan iborat bo‘lib, bunda o‘rganilgan bilimlar va shakllangan tasavvurlar 
oldingi o‘rganilganlardan kelib chiqadi, ularni mustahkamlaydi, chuqurlashtiradi 
va keyingi ta’lim-tarbiyaviy jarayonga zamin hozirlanadi. Mazkur tamoyil o‘qish 
jarayonida didaktikaning umumiylikdan xususiylikka (deduksiya) va, aksincha
,


182 
xususiylikdan umumiylikka (induksiya) qoidasini va o‘quv fanlarining bir-biri 
bilan uzviy bog‘liq bo‘lishini ta’minlaydi; 
Ma’ruzalar yozma shaklda ifoda etiladi. Shu bois ma’ruza o‘qituvchi 
tomonidan ma’ruza mavzui yuzasidan reja va ma’ruza matni tayyorlanadi. 
Umumiy qoidaga binoan ma’ruza bir dars davomida oxiriga yetmay qolsa, u 
keyingi mashg‘ulotda davom ettiriladi. Har bir mavzu bo‘yicha ma’ruza 
materiallari tushuntirib bo‘lingan, ta’lim oluvchilar bilan savol-javob o‘tkaziladi. 
Shuningdek, har bir mavzu yuzasidan foydalanish lozim bo‘lgan adabiyotlar 
ro‘yxati taqdim etiladi. 

Download 2.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   224




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling