A., Sharipova sh. S. Kasbiy ta`lim metodikasi
Ma`ruzaning ichki va tashqi belgilari
Download 2.97 Mb. Pdf ko'rish
|
KASBIY TALIM METODIKASI Дарслик PDF
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ma`ruzaga qo‘yiladigan didaktik talablar.
Ma`ruzaning ichki va tashqi belgilari. Ma`ruza dars berishning boshqa
shakllaridan o‘zining ichki va tashqi xususiyatlariga ko‘ra farq qiladi. Muayyan yoshdagi va ma’lum tayyorgarlikka ega bo‘lgan o‘quvchilar guruhi, rejim, mashg‘ulotlarni ma’lum xonada o‘tkazish kabilar ma`ruzaning tashqi xususiyatlari, ma`ruzaning maqsadi, logikasi, ta’lim mazmunini his qilish, qiziqish, anglash, tushunish uning ichki xususiyatlari sanaladi. Ma`ruza ana shu ikki xil - tashqi va ichki xususiyatlarning o‘zaro uyg‘unlashuvi asosida tashkil etiladi. Bir xil tayyorgarlikka ega, yoshlari teng o‘quvchilarning doimiy jamoasi bilan ma’lum xona, rejim, jadval, ilmiy - pedagogik asoslangan dastur asosida o‘tkaziladigan mashg‘ulotga ma`ruza deyiladi. 173 Ma`ruzaga qo‘yiladigan didaktik talablar. Ta’limning boshqa shakllariga o‘xshab ma`ruzaga ham qator didaktik talablar qo‘yiladi. Yu.K.Banbanskiy, N.A.Sorokin ma`ruzaga qo‘yiladigan talablarni uch guruhga ajratishadi: didaktik talablar, tarbiyaviy talablar, tashkiliy talablar. Didaktik yoki ta’limiy talablar sirasiga quyidagilar kiradi: 1. Har bir ma`ruzaning ma’lumot berish, rivojlantirish, tarbiyaviy maqsadini aniq belgilash, uning ma`ruzalar tizimidagi o‘rnini qat’iy aniqlash. 2. Ma`ruzalarning optimal mazmunini, o‘rganiladigan bilimlar ko‘lami, shakllantiriladigan ko‘nikma va malakalarni oldindan aniqlab qo‘yish. 3. Ma`ruzani tashkil eitshga oid ratsional ta’lim metodlarini interfaol usullarini tanlash, o‘quvchilar faolligini rag‘batlantirish, o‘quv topshiriqlari, mustaqil ishlarni ta’limga optimal tatbiq etish. 4. Ta’lim prinsiplarini (ilmiylik, faollik, izchillik, predmetlararo aloqa va sh .k.) og‘ishmay amalga oshirish. Ma`ruzaga qo‘yiladigan tarbiyaviy talablar qatoriga quyidagilar kiradi: 1.Ma`ruzada o‘rganiladigan o‘quv materiallari bo‘yicha tarbiyaviy xulosalar chiqarish. 2.Nazariy bilimlar asosida ilmiy dunyoqarashni rivojlantirish. 3.Bolalarda o‘qishga oid motivlarni uyg‘otish, bilish, o‘qish o‘rganishga havas ishtiyoq qiziqishni shakllantirish. 4.Ma`ruza jarayonida pedagogik takt qoidalariga rioya qilish. Ma`ruzaga qo‘yiladigan tashkiliy talablar jumlasiga quyidagilar kiradi: 1.Ma`ruza uchun puxta yo‘nalgan konspekt yoki reja tuzish. 2.Ma`ruzaning logikasiga (ma`ruza etaplarining o‘zaro bog‘liqligi ma`ruzada amalga oshiriladigan ishlar, o‘quv topshiriqlarining o‘zaro aloqadorligiga rioya qilish). 3.Ma`ruza tempini o‘quvchilarning tayyorgarligiga moslashtirish. 4.Ma`ruza uchun ajratilgan vaqtdan ratsional foydalanish. 5.Ma`ruzada ongli intizomni tashkil etish. 174 Ma’ruza - o‘qitishni tashkil etishning yetakchi shakli hisoblanib, quyidagi vazifalarni amalga oshirishga imkon beradi: yo‘naltiruvchilik-o‘quvchilarni o‘quv materialining asosiy holatlariga, uni kelgusi ish faoliyatidagi o‘rni va ahamiyatiga diqqat qilishlariga imkon beradi; axborotlilik- o‘qituvchi ma’ruza vaqtida holat, asosiy ilmiy dalillar va xulosalar mohiyatini ochib beradi; metodologiklik- ma’ruza vaqtida o‘qitish usullari taqqoslanadi, ilmiy izlanishning asoslari namoyon etiladi; tarbiyalovchilik-ma’ruza o‘quv materialiga hissiy-baholash munosabatida bo‘lishni uyg‘otish; rivojlantiruvchilik - bilim olish qiziqishlarini, ya’ni mantiqiy fikrlash va isbotlash qobiliyatlarini rivojlantirishga yordam beradi. Download 2.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling