V. Faol ishtirok etgan o’quvchilarni baholash va rag’batlantirish.
VI. Uyga vazifa: Qoidalarni takrorlash, 153-mashqni bajarish.
Ona tili. 9 -dars. VI ”A” sinf ________
VI ”B” sinf ________
Darsning mavzusi: RAVISHDOSHLARNING MA’NO TURLARI
Darsning maqsadi:
Ta’limiy maqsad: - o’quvchilarga ravishdoshlarning ma’ni turlari haqida bilim berish
Tarbiyaviy maqsad: - o’quvchilarda ma’naviy qadriyatlar va milliy an’analarga hurmat ruhini singdirish.
Rivojlantiruvchi maqsad - o’quvchilarning savodxolik darajasini o’stirish.
Dars turi: yangi bilim, ko’nikma va malakalar beruvchi.
Darsning jihozi: kompyuter, jadvallar
Darsning vaqt taqsimoti:
Darsni tashkilllash – 3 daqiqa
O`tilgan mavzularni takrorlash – 10 daqiqa
Yangi mavzu bayoni – 15 daqiqa
Mustahkamlash – 13 daqiqa
Baholash va rag`batlantirish – 2 daqiqa
Uyga vazifa berish – 2 daqiqa
Darsning borishi:
I. Darsni tashkillash:
salomlashish; davomatni aniqlash. II. O’tilgan darslarni takrorlash.
Uyga berilgan vazifa tekshiriladi.
Savol-javob o’tkazish.
Ravishdosh deb nimaga aytiladi?
Ravishdosh qaysi qo’shimchalar yordamida yasaladi?
Pavishdosh gapda qanday gap bo’lagi vazifasida keladi?
III. Yangi mavzu bayoni:
1-topshiriq: Berilgan birikmalardagi ravishdoshlarning so’rog’ini aniqlang va so’roqqa qarab ma’nosini izohlang.
Musiqa tugagach, qorong’u tushguncha, ko’rgani bormoq, yugurib kelmoq, o’ylay-o’ylay topmoq, qo’rqib kirmadi, qaynayvermagach olovni kuchaytirdi, suvga tikilgancha o’ylanib qoldi.
2-topshiriq. Quyidagi ravishdoshlarni qaysi so’roqqa javob bo’lishiga ko’ra jadvalga joylashtiring.
Holat (qanday?, qanday qilib?)
|
Payt (qachon? Qachongacha?)
|
Maqsad (nima maqsadda?)
|
Sabab (nima sababli?)
|
|
|
|
|
Bilib oling. Ravishdoshning -(i)b,-a(-y) shakllari ko'proq harakatning holatini, ba"zan payt, sababini, -gancha (-kancha/ -qancha) shakli holatini, -gach, (-kach, -qach), -guncha(-kuncha, -quncha) shakllari paytini, -gani(-kani, -qani, -gali) shakli maqsadini anglatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |