”A” sinf VI “B” sinf Darsning mavzusi
Download 28.29 Kb.
|
2 5372909263008039956
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-topshiriq.
- IV. Mustahkamlash. 4-topshiriqda “Atamalar bilimdoni”
III. Yangi mavzu bayoni:
1-topshiriq. Matnnio'qing. Qavs ichidagi qo'shimchalardan mosini qo'yib, fe'lning vazifa shakllarini hosil qiling. Bir bog'bon birovning bog'ini parvarish qilar edi. Bog'da bir olma daraxti bo'l (-gani, -yotgan, -ib), mevasi juda shirin edi. Bog'bon bu daraxtni sevar, mevasi pish (-ib, -ish, -qani)i bilan bog' egasining oldiga olib borardi. Bu gal ham bog' egasi keltiril (-kan, -qan, -gan) olmadan g'oyat xursand bo'ldi va uni o'z hovlisiga keltir (-ay, -gun cha, -ib) o'tqaz (-gani, -ish, -quncha)ni buyurdi. Ko'chiril (-ib, -y, -gan) olma daraxti qurib qoldi. Ochko'z bog' egasi olmaning boridan ham ajralib qoldi. (Rivoyat) 2-topshiriq. Yoz, keltir, sot, qur, o'qi asoslaridan fe'l shakllarini hosil qiling va ular ishtirokida gaplar tuzing. 3-t op s hi r i q. Matnni ko'chiring. Ajratib ko'rsatilgan fe'l shakilariga diqqat qiling, so'rog'ini, bog'langan so'zini aniqlang. Asal yiliga ikki marta: bahorda va kuzda yig'ilar edi. Dadam tayyor hosilni sirli tog'oralarga solib, oftobda eritib, mumlarini ajratardilar. "o'g'lim, asal shirin, xizmati qiyin" deb qo'yar edi dadam har zamonda. Dadam birinchi hosilni qo'ni-qo'shni, qarindosh-urug'larga "0g'zi tegsin" deb, tarqatar edilar. Shunda men: - Nega qo'shnilarga qiyin mehnatingiz evaziga yuzaga kelgan bolni tarqatamiz? - derdim. Dadam kulib: - Hosil mo'l, qolaversa, qo'shnilarning ham haqi bor, chunki arilar ularning bog'idagi gullardan ham bol so'rib olganlar, - derdilar. (Habibullo Qodiriy) IV. Mustahkamlash. 4-topshiriqda “Atamalar bilimdoni” musobaqasi o’tkaziladi 5-topshiriqda testlar ustida ishlanadi V. Darsda faol ishtirok etgan o’quvchilarni baholash va rag’batlantirish. VI. Uyga vazifa: Qoidalarni takrorlash, 10 ta test tuzish Download 28.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling