II. O’tilgan darslarni takrorlash. Uyga berilgan vazifa tekshiriladi.
“Kim zukko” o’yini orqali o’tilgan mavzular takrorlanadi. Bunda o’quvchilarga fe’l so’z turkumiga oid tushuncha yozilgan kartochkalar ko’rsatiladi. Agar bir o’quvchiga fe’l nisbati so’zi yozilgan kartochka tushsa, u: “ Bajaruvchining harakat va holat jarayoniga qay darajada ishtirok etishini bildiruvchi fe’l shakllari nisbat shakllari sanaladi ” – deb javob beradi.
III. Yangi mavzu bayoni:
Mustaqil ish. Berilgan fe’llardagi ravishdosh qo’shimchalarini sniqlang. Ularning talaffuzi va imlosoga e’tibor bering.
Unli va jarangli undoshlar bilan tugagan fe'l asoslariga ravishdoshning -gach, -guncha, -gancha, -gani qo'shimchalari qo'shiladi.
Bu qo'shimchalar k undoshi bilan tugagan fe'l asoslariga qo'shilib, -kach, -kuncha, -kancha, -kani holida: q undoshi bilan tugagan fe'l asoslariga qo'shilib, -qach, -quncha, -qan-cha, -qani shaklida talaffuz qilinadi va shunday yoziladi.
Jarangsiz undosh bilan tugagan fe'l asoslariga bu qo'-shimchalar qo'shilganda, -kach, -kuncha, -kancha, -kani shaklida talaffuz qilinsa ham, -gach, -guncha, -gancha, -gani tarzida yoziladi.
Chiqqach, kelgach, ekkach, aytgach, chiqquncha, kelguncha, ekkuncha,sig’gancha, kelgancha.
IV. Mustahkamlash.
Darslikda o’quvchilar bilimlarini mustahkamlash uchun to’tta mashq berilgan. Mashqlar daftarda va doskada bajartiriladi.
158-mashq Berilgan gaplardagi fe'llarni toping, ravishdosh shaklini hosil qiluvchi qo'shimchalarning yozilishi va talaffuzini tushuntiring.
1. Ona kelar yo'lda yugurib, Ko'ringandan qizini so'rab. (Hamid Olimjon) 2. Orqa tomonda o'tirgan Dilbar o'zini tutolmay qiqirladi. (N Aminov) 3.Bobur gulni yana bir hidlab, boshidagi sallasining qatiga qistirib qo'ydi. (P. Qodirov) 4. Taxtga chiqqach adolat bilan ish tutibdi (Ertakdan). 5. Shamol tinavermagach, toqqa chiqishni qoldirdi. (Tog'ay Murod)
Do'stlaringiz bilan baham: |