V. Faol ishtirok etgan o’quvchilarni baholash va rag’batlantirish.
VI. Uyga vazifa: Qoidalarni takrorlash, 160-mashqni bajarish.
Ona tili. 12-dars. VI ”A” sinf ________
VI ”B” sinf ________
Darsning mavzusi: MUSTAHKAMLASH DARSI
Darsning maqsadi:
Ta’limiy maqsad: - o’quvchilarning fe’lning vazifa shakllari bo’yicha olgan bilimlarini mustahkamlash.
Tarbiyaviy maqsad: - o’quvchilarga milliy an’analarimizga hurmat ruhini singdirish.
Rivojlantiruvchi maqsad – madaniy nutq ko’nikmasini shakllantirish.
Dars turi: olingan bilim, ko’nikma va malakalarni mustahkamlovchi.
Darsning jihozi: testlar, tarqatmalar, kompyuter, vatman.
Dars rejasi:
Fe’lning vazifa shakllari yuzasidan olgan bilimlarini mustahkamlash
Darslik bilan ishlash
Darsning vaqt taqsimoti:
Darsni tashkilllash – 3 daqiqa
O`tilgan mavzularni takrorlash – 10 daqiqa
Yangi mavzu bayoni – 15 daqiqa
Mustahkamlash – 13 daqiqa
Baholash va rag`batlantirish – 2 daqiqa
Uyga vazifa berish – 2 daqiqa
Darsning borishi:
I. Darsni tashkillash:
davomatni aniqlash;
tez aytish daqiqasi.
O’quvchilarga quyidagi tez aytishlar musobaqa tarzida ayttiriladi.
Bir tup tut, tutning tagida bir tup turp. Tut turpni turtib turubdimi, turp tutni turtib turibdimi?
Shotursunning shotutini shirirlatgan shamol Shrifning shaftolisini ham shitirlatdi.
II. O’tilgan darslarni takrorlash.
Uyga berilgan vazifa tekshiriladi.
Savol va topshiriqlar:
Fe’llarning vazifa shakllari deb nimaga aytiladi?
Harakat nom qanday hosil qilinadi?
Sifatdosh yasovchi qo’shimchalalar qaysilar?
Ravishdosh yasovchi qo’shimchalarni ayting.
Felning vazifa shakllariga xos belgilar qaysilar?
Do'stlaringiz bilan baham: |