IV. Mustahkamlash.
Mustahkamlash uchun darslikda berilgan 154-155-mashqlar o’quvchilarga bajartiriladi.
154-mashq .Quyida berilgan fe`l asoslariga -gach (-kach, qach), -guncha (kuncha, -quncha), -gani (-kani, -qani) qo'shimchalaridan mosini qo'yib ko'chiring. Talaffuzi va imlosini tushuntiring.
Ko'r, bor, ket, yig', chaq, taq, tik
Namuna: ko'rgach, ko'rguncha, ko'rgani
Savol va topshiriqlar:
Payt ma’nosini bildiruvchi ravishdoshlarga misollar ayting.
Holat ma’nosini bildiruvchi ravishdoshlarga izoh bering.
Sabab ma’nosini bildiruvchi ravishdoshlar qaysi qo’shimchalar bilan yasaladi?
V. Faol ishtirok etgan o’quvchilarni baholash va rag’batlantirish.
VI. Uyga vazifa: Qoidalarni takrorlash, 81-mashqni bajarish.
Ona tili. 11-dars. VI ”A” sinf ___________ VI ”B” sinf _____________
Darsning mavzusi: RAVISHDOSH YASOVCHI QO’SHIMCHALAR TALAFFUZI VA IMLOSI
Darsning maqsadi:
Ta’limiy maqsad: - o’quvchilarga ravishdosh yasovchi qo’shimchalar talaffuzi va ularning imlosi haqida ilmiy bilim berish.
Tarbiyaviy maqsad: -madaniy merosni saqlashga o’rgatish.
Rivojlantiruvchi maqsad – o’quvchilar nutqini o’stirish, tafakkurini rivojlantirish.
Darsning vaqt taqsimoti:
Darsni tashkilllash – 3 daqiqa
O`tilgan mavzularni takrorlash – 10 daqiqa
Yangi mavzu bayoni – 15 daqiqa
Mustahkamlash – 13 daqiqa
Baholash va rag`batlantirish – 2 daqiqa
Uyga vazifa berish – 2 daqiqa
Darsning borishi:
I. Darsni tashkillash:
.O’quvchilar bilan “Bayrog’im bor – orim bor” mavzusida suhbat o’tkaziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |