A. V. Umarov, G’. I. Muxamedov, X. O. Qo’chqorov // Polimerli kompozit materiallar fizikasi


Download 6.9 Mb.
Pdf ko'rish
bet105/134
Sana20.11.2023
Hajmi6.9 Mb.
#1788612
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   134
Bog'liq
Polimer kompozitlar fizikasi

5.27- rasm. Poliepixlorgidrinda 

 relaksatsiya jarayonini haroratga 
bog’lanishi. (a) – arreniusli bog’lanish, (b) – o’shani WLF koordinatalardagisi. 
Polimerda qutbli guruhlar bo‘lmasa molekulalarning qayta 
guruhlanishi bo‘lganda ham dielektrik relaksatsiya juda kuchsiz 
namoyon bo‘ladi. Bunday holda dielektrik effektlar sistemasini 
boshqa xususiyatlarga ta‘sir etmaydigan darajada ozroq qutbli 
guruhlar kiritilib, sun‘iy ravishda orttiriladi. Bu usul katta amaliy 
ahamiyatga ega bo‘lgan polietilenga qo‘llanadi. Bu qutbsiz 
polimerda dielektrik relaksatsiya kuchsiz bo‘ladi, lekin materialni 
ozgina oksidlansa, masalan, havo muhitida maydalansa, bir qism 
>CH
2
guruhni qutbli > C= 0 guruhga o‘tkazadi va ular osongina 
polietilenni kristall panjarasiga terilib oladilar. U holda molekul-
yar relaksatsiya jarayonlari dielektrik usullar bilan tadqiq etilishi 
mumkin, bu esa juda muhum, chunki uni chastota diapazoni 
boshqa usullarga qaraganda ancha keng. Qutbsiz polimerlarda 
ba‘zi bir molekulyar jarayonlar favqulotda namoyon bo‘lib 
qolishi mumkin. Bunda polimer zanjirlar harakati ta‘sirida uncha 
katta bo‘lmagan aralashma molekulalarini siljitib qolishi va ular 
orasida ionli va qutbli molekula bor bo‘lishi mumkin. Shunday 
qilib, ozgina qutbli aralashma kiritish bilan qutbsiz polimerlarni 


230 
ma‘lum chastota diapazonida keskin dielektrik isrofni orttirib 
yuborishiga olib kelar ekan. Qisman kristallangan polimerlarda, 
kristall va amorf faza mavjud bo‘lib, relaksatsion spektr xarakteri 
ancha murakkab ko‘rinishga ega bo‘ladi. Aynan amorf sohada 
yo‘nalish olish jarayonlarida kristall sohaga va fazalar chegarasi-
gagina daxldor qo‘shimchalar ham mavjud. Polimerning kris-
tallanish darajasini o‘zgartirish bilan aniq bir cho‘qqini amorf 
yoki kristall faza bilan bog‘lashga erishish mumkin. Masalan, 
erigan moddani keskin sovutish bilan kristallanish pasayadi va u 
amorf fazada relaksatsion jarayonlar intensivligini oshiradi. Poli-
etilen turidagi polimerlar kristallarida, makromolekulalar cho‘zil-
gan zigzagsimon konformatsiyaga ega bo‘ladi, zanjirlar qo‘shni-
lariga nisbatan pog‘onasimon joylashadi. Agar zanjirda mahkam-
langan qutbli guruh bo‘lsa, aytish mumkinki, tashqi maydon u 
zanjirni o‘qi atrofida burishga intiladi, bu kuchning kattaligi dipol 
moment yo‘nalishi va tashqi maydon yo‘nalishi orasidagi 
burchakka bog‘liq bo‘ladi. Kristallda qo‘shni zanjirlardan 
itarishish kuchi har ikki muvozanat holatlar orasida 180
0
ga 
burilishni o‘z ichiga olgan aylanishni va transilyatsiya siljishini 
ham cheklaydi: 
Bu modelda molekulalar xuddi qattiq sterjenga o‘xshash 
buriladi, shuning uchun yo‘nalish olish jarayonini faollashish 
energiyasi burilishda ishtirok etayotgan zanjir uzunligiga to‘g‘ri 
proporsional. Bunday modelni to‘g‘ri ekani parafindagi ketonlar 
dipol relaksatsiyasi misolida tekshirilgan. Keton zanjirining 
uzunligi parafin kristalli qalinligidan kichik bo‘lganda, ya‘ni 


231 
aylanuvchi zanjirlar oxiridagi cheklovlarni e‘tiborga olmasa ham 
bo‘ladigan holda ko‘rilgan. Tajriba natijalari faollashish energi-
yasini qutbli zanjir uzunligiga bog‘liqligini tasdiqladi. Uzun 
zanjirli polimerlar uchun zanjirni to‘g‘ridan-to‘g‘ri aylanishini 
ko‘rsatadigan dalillar kristallda relaksatsiya intensivligini tashqi 
maydonga nisbatan zanjir o‘qini yo‘nalishiga bo‘glanishi haqi-
dagi ma‘lumotlar orqali olingan. Ko‘rinadiki, maydonga parallel 
aylanish zanjirlari relaksatsiyaga ulush qo‘shmaydi va tajribalar 
shunday shaklda yo‘nalishga ega zanjirlar uchun kristallarda juda 
kuchsiz relaksatsion cho‘qqini borligini ko‘rsatadi. Agar kristall 
chegarasida zanjirlar yig‘masi ozod bo‘lsa, zanjir qismlari 
aylanishi kristallda tashqaridan cheklashlarni sezmaydi. Shuning 
uchun relaksatsiya jarayonini faollashish energiyasi kristall 
qalinligiga to‘g‘ri proporsionalligini kutish mumkin (c o‘q 
yo‘nalishida). Uzun zanjirlar uchun qattiq mustahkam sterjen 
modelidan chetlashishni, ya‘ni eshilishni ham e‘tiborga olish 
kerak. Ancha chuqurlashtirilgan modellar ko‘rsatadiki, zanjir 
uzunligi 60-120 uglerod atomlaridan ortib ketsa eshilish ro‘y 
beradi. Bunda faollashish energiyasi o‘zgarishi to‘xtaydi. 
Dielektrik isrof maksimumi esa (berilgan chastotada) zanjir 
uzunligiga bog‘lanish grafigida tekis o‘zgarishga o‘tadi. Shunday 
nuqtai nazarning to‘g‘riligini uncha ko‘p bo‘lmasada mavjud 
eksperiment natijalari ko‘rsatadi. Polimerlar dielektrik relaksatsi-
yasi spektrlari xarakteri tarmoqlanishlar mavjudligini murak-
kablashtiradi. Ular tarmoqlanish nuqtasida molekulyar harakat 
bilan bog‘liq bo‘lgan aniq ko‘rinishdagi relaksatsiya jarayonini 
yuzaga keltiradi. Shuningdek, ulanishlar borligi ham ba‘zi bir 
molekulyar harakatlarni ancha cheklaydi. Qattiq polimerlarda 
relaksatsion 
jarayonlarni 
umumlashgan 
chizmasi 
quyida 
keltirilgan. 


232 

Download 6.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling