A. V. Umarov, G’. I. Muxamedov, X. O. Qo’chqorov // Polimerli kompozit materiallar fizikasi


Prepreg – avvaldan shimdirib to‘yintirilgan uzluksiz  material.  Presslash


Download 6.9 Mb.
Pdf ko'rish
bet125/134
Sana20.11.2023
Hajmi6.9 Mb.
#1788612
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   134
Bog'liq
Polimer kompozitlar fizikasi

Prepreg – avvaldan shimdirib to‘yintirilgan uzluksiz 
material. 
Presslash – (lotinchadan ―presso‖ – bosaman, siqaman) – 
zichlikni oshirish, shaklni o‘zgartirish, material fazosini ajratish, 
mehanik yoki boshqa xossalarini o‘zgartirish maqsadida bosim 
ostida materiallarni qayta ishlash. 
Protonlanish – protonni kislotadan asosga o‘tishi.
Pultruziya (cho’zish) usuli – doimiy kesimdagi (sterjenlar, 
trubkalar, turli ko‘ndalang kesimlar profillari va boshqalar) 
profilli buyumlar tayyorlanadi. Jarayon uzluksiz chizma bo‘yicha 
boradi: bog‘lovchi bilan qo‘shilgan armirlovchi to‘ldiruvchi 
to‘plamga yig‘iladi va shakl hosil qiluvchi bo‘g‘in (filyer) 
sistemasi orqali cho‘ziladi. Bu holatda buyumni qoliplash va 
bog‘lovchini qisman qotishi sodir bo‘ladi. So‘nggi qotirish 
termokamerada yoki yuqori chastotali qurilmada sodir bo‘ladi. 
Usul yuqori ishlab chiqarish, iqtisodiy tejamkorlik bilan 
xarakterlanadi, avtomatlash-tirish mumkin. 
Purkash usuli – polimer materiallardan yarim tayyor detallar 
tayyorlash. To‘ldiruvchilar sifatida eshilgan bog‘lovchilar 
kesmalari (30-60 mm) dan foydalaniladi. Ularni maxsus 
qurilmalarda havo oqimini bog‘lovchi bilan birgalikda kerakli 
qalinlikda purkaladi. Bu usul bilan katta o‘lchamdagi buyumlarni, 
masalan, qayiq korpuslarini, turli konteynerlarni, suzish basseyn-
larini ishlab chiqariladi. 
Qalinlik o’lchagich – ho‘l gelkout qalinligini o‘lchaydigan 
moslama. 
Qattiq sirt (solid surface) – sun‘iy tosh ko‘rinish. Ishlab 
chiqarish jarayonida bog‘lovchini tayyorlash uchun vakuumli 
aralashtirgichdan foydalaniladi va to‘yinmagan poliefir smola 
qo‘llaniladi. Bu esa g‘ovak bo‘lmagan material olish va himoya-


274 
lovchi gelkout qoplamasidan voz kechish imkonini beradi. 
Berilgan material oson kesiladi, frezerlanadi, yopishadi. 
Qotiruvchilar – reaksiyalanish qobiliyatiga ega oligomer-
larni qotishini belgilaydi. Oligomerlar sifatida polifunksional 
birikmalarni qo‘llaydi (masalan, di va poliaminlar, glikollar
organik kislotalar angidridlari). Ular oligomerni funksional 
guruhlar bilan reaksiyaga kirishadi va hosil bo‘layotgan turli 
polimer tuzilmasiga kiradi.

Download 6.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling