A. V. Umarov, G’. I. Muxamedov, X. O. Qo’chqorov // Polimerli kompozit materiallar fizikasi


Download 6.9 Mb.
Pdf ko'rish
bet123/134
Sana20.11.2023
Hajmi6.9 Mb.
#1788612
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   134
Bog'liq
Polimer kompozitlar fizikasi

Ortoftal smola – ortoftal kislota asosidagi to‘yinmagan 
poliefir smola. Izoftal smola bilan solishtirilganda past xossalarga 
ega. 
Penoplastlar – (ko‘piklashgan plastmassalar, gaz to‘ldirilgan 
polimerlar) – qattiq polimer matritsada berk yoki tutash gaz 
to‘ldirilgan yacheykalardan iborat. Tutash yacheykali penoplast-
lar g‘ovakplastlar deb ataladi. Polimer turiga qarab yonuvchan-
ligi, issiqlikga va kimyoviy ta‘sirga barqarorligi aniqlanadi. 
Makrostruktura morfologiyasiga va polimer turiga qarab – 
issiqlik, yonish, kimyoviy barqarorlik, elektrik xossalari, suv va 
nam yutish xossalari aniqlanadi.
Plastifikatorlar – qayta ishlashda yoki foydalanishda 
plastiklik berish (yoki oshirish) uchun polimer materiallar 
tarkibiga kiritiladigan moddalar. Plastifikatorlarga qo‘yiladigan 
umumiy talablar: polimer bilan yaxshi mos kelish, kam 
uchuvchan, hidsiz bo‘lishi, kimyoviy inert, suyuq muhitlar 
(masalan, yog‘lar), tozalovchi vositalar tomonidan polimerdan 
ekstraksiyanishga barqarorligi. 
Poliefir smolalar – to‘yinmagan monomerdagi to‘yinmagan 
poliefirlarning smolalari. Shishaplastik yoki sun‘iy toshlar tay-
yorlashda bog‘lovchi material sifatida foydalaniladi.
Polielektrolitik effekt – Ionogen guruhlar ta‘sirlashishi 
natijasida konformatsion o‘zgarish ro‘y beradi.
Polikompleks – yangi polimer material bo‘lib, dastlabki 
makromolekulalar regentlar xossalaridan sezilarli darajada farq 
qiluvchi xossalar majmuasiga ega. Ular ba‘zi konstruksion mate-
riallar va qon dializi uchun selektiv (tanlab oladigan) membra-
nalar sifatida qo‘llaniladi.
Polikondensatsiyalanish – polimer sintezi reaksiyasi bo‘lib, 
u o‘zaro ta‘sirlashuvchi monomer va oligomer orasida 
almashinuvchi reaksiyalarga asoslanadi va bunda past molekulyar 
modda (suv, spirt, vodorod galogenlari, vodorod) ajralib chiqadi. 
Reaksiyaga funksional guruhlarga ega birikmalar kirishadi. 
Polikondensatsiyalanish usuli yordamida poliefirlar, poliaminlar, 


272 
poliuretantlar, polikarbonlar, poliarilatlar, fenolni va mochevino-
formaldegidli smolalar kabi ko‘plab moddalar yaratiladi. Oqsillar 
biosintezi, sellyuloza, nukleyin kislotalar asosida polikonden-
satsiya yotadi. 

Download 6.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling