A. V. Umarov, G’. I. Muxamedov, X. O. Qo’chqorov // Polimerli kompozit materiallar fizikasi


 Kompozit materiallar uchun polimer matritsalar


Download 6.9 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/134
Sana20.11.2023
Hajmi6.9 Mb.
#1788612
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   134
Bog'liq
Polimer kompozitlar fizikasi

 
1.8. Kompozit materiallar uchun polimer matritsalar 
 
Konstruksion maqsadlarga mo‘ljallangan KM yaratishda 
polimer matritsaning asosiy vazifasi tolalar vazifasini moslashti-
rish, tolalar orasida zo‘riqishni tekis taqsimlanishini ta‘minlash va 
ular sirtini shikastlanishlardan himoya qilishdan iborat. Shuning 
uchun bog‘lovchilarga (matritsalarga) konstruksion plastinalar 
uchun quyidagi talablar qo‘yiladi.


42 
To‘ldiruvchi sirtiga yaxshi adgeziya bo‘lishi, yuqori 
mustahkamlik va bir qator boshqa xossalar berishi kerakki, ular 
KM olishda texnologik jarayonlarni o‘tkazishga, ya‘ni sinch-
lovchi elementlarni shimdirish uchun zaruriy darajadagi yopish-
qoqlikka, dispers to‘ldiruvchilar bilan aralashtirishga, mahsulotni 
tayyorlashdagi issiqlikka chidamlilikka va boshqalarga imkon 
bersin.
Boshqacha xossali KM olishda matritsa sifatida termo- va 
reaktoplastlardan foydalaniladi, bunda mexanik mustahkamlik 
masalalari ko‘plab hollarda hal etuvchi hisoblanmaydi. Qator 
hollarda mustahkamlik nuqtai nazaridan qa‘bul qilinishi mumkin 
bo‘lgan matritsa penoplastlar bo‘lishi mumkin. Matritsa va to‘ldi-
ruvchilarning issiqlik kengayish koeffitsiyentlari orasida katta 
farq bo‘lsa, konstruksion kompozitlardan farqli ravishda ularni 
mumkin bo‘lmaydigan hol deb qaramasa ham bo‘ladi. Undan 
tashqari u zaruriy bo‘lgan elektr xossalarini haroratga bog‘la-
nishini ta‘minlaydi. 
Polimer matritsani tanlashda birinchi o‘rindagi vazifalar 
qatoriga undagi to‘ldiruvchi zarralar taqsimotini aniqlovchi 
parametrlar, yuqorida aytganimizdek texnologik xarakterdagi 
mulohazalar (adgeziya, issiqlik barqarorligi), hamda turli jism 
elektr xossalarini haroratli bog‘lanishiga ta‘sir etuvchi fazaviy 
o‘tishlarining borligi kiritiladi. 

Download 6.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling