A. V. Umarov, G’. I. Muxamedov, X. O. Qo’chqorov // Polimerli kompozit materiallar fizikasi


 Kompozit materiallar olish usullari


Download 6.9 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/134
Sana20.11.2023
Hajmi6.9 Mb.
#1788612
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   134
Bog'liq
Polimer kompozitlar fizikasi

 
1.9. Kompozit materiallar olish usullari 
 
Polimer kompozit materiallarni olish usuli haqidagi masala 
doim bir vaqtning o‘zida kerakli komponentalarni tanlash va unga 
mos texnologiyalarni qo‘llashni topishdan iborat, chunki 
texnologiya ham, KM komponentalari ham o‘zaro bog‘liq. 
Tolali to‘ldiruvchilardan foydalanilganda ma‘lumki, mahsulot 
olish jarayoni KM tayyorlash jarayoni bilan moslashtirilgan 
bo‘ladi. Uglerod tolasidan maxsus shaklga solingan mato yoki 
to‘qimani suyuq bog‘lovchi- matritsaga solinadi. Keyin turli 


43 
usullarda hosil qilinadigan past bosimlarda yoki bosimsiz ma‘lum 
harorat sistemasida qotish jarayoni ro‘y beradi. 
Formalash usuli (shakl berish) – ugleplastiklar olishda asosiy-
lardan biri bo‘lib, u turli-tuman texnologik shakllarni o‘z ichiga 
oladi. Sinchlangan plastiklardan (masalan naycha) ba‘zi bir 
ko‘rinishdagi mahsulotlarni olishdagi boshqa bir usul, bu maxsu-
lotni uzluksiz o‘rashdan iborat. Ularda iplar, to‘qima va to‘g‘rila-
gichlardan foydalaniladi. O‘ramdan bo‘shab, ular suyuq matritsali 
vannadan o‘tib namlanadi va aylanadigan metal o‘zakka o‘raladi. 
Shunday qilib aytish kerakki, sinchlangan KM tayyorlash 
texnologiyasi usullari mahsulot shakliga, to‘ldiruvchi turiga va 
bog‘lovchiga (matritsa) bog‘liq. Yuqorida ko‘rsatilgan usullardan 
tashqari yana vakuum kontaktli, markazdan qochma, qo‘lda shakl 
berish va boshqa usullar ham qo‘llaniladi. Oxirgi bosqich – 
qotish. Uning sharti tanlangan bog‘lovchi turi bilan aniqlanadi 
(sovuq va radiatsion kimyoviy qotishma, yuqori chastotali 
qizdirish va boshqalar). 
Termoplastik polimerlar asosida KMni to‘ldirishda polimerlar 
kukunini aralashtirib yoki ular granulalarini plastmassalarni 
odatdagi ishlovi usullari bilan aralashtirib olinadi (presslash, 
bosim ostida quyish, ekstruziya (vallarga o‘rash) va boshqalar).
Uzluksiz tolalar bilan sinchlangan yoki chiziqli termoplastik 
polimerlar to‘qimasi bilan sinchlangan materiallar hali keng 
qo‘llanishga o‘tmadi. Chunki, suyuq bog‘lovchilarga yaraydigan 
usulni termoplastlar uchun qo‘llab bo‘lmaydi. Ular suyuq 
yopishqoq holatga nisbatan yuqori haroratlarda o‘tadi. Shu nuqtai 
nazardan uglerod tolasi asosidagi to‘qimalar bilan sinchlangan 
termoplastlar olishni shimdirilmaydigan usuli qiziqarlidir. U 
uglerodli va sintetik tolani birgalikda to‘qishga asoslangan. 
Olinadigan to‘qima ip ko‘rinishidagi termoplastik bog‘lovchini 
uglerod bilan eshilgani bo‘ladi. 
Olingan to‘qima ixtiyoriy shaklda tayyorlashga moyil bo‘ladi. 
Organik tolani bosim ostida yoki tutashuv ostida erish haroratidan 
yuqoriroq haroratda qizdirilsa, u o‘z tuzilmasini yo‘qotib, suyuq 


44 
bog‘lovchi holatiga o‘tadi. Sovitishda bog‘lovchini qattiqlanishi 
yoki kristallanishi ro‘y beradi va natijada monolit kompozit hosil 
bo‘ladi.
Termoplastdan bunday usulda KM olishning afzalligi shun-
daki, sinchlovchi to‘ldiruvchiga ixtiyoriy yo‘nalish berish 
mumkin. Bu esa, termoplast asosida faqat izotrop bo‘lmay, balki 
anizotrop plastiklar ham olish imkonini beradi. Boshqa afzalligi 
esa, termoplastga odatdagi usullar bilan kiritiladigan to‘ldiruvchi 
miqdori bu usulda ancha yuqori bo‘lishidir. 
Adabiyotlarda berilgan miqdordagi to‘ldiruvchisi bo‘lgan 
materialni elektr o‘tkazuvchanligini orttirishni yangi texnologik 
usullarini ishlab chiqishga bag‘ishlangan ishlar talaygina. Ular 
ichida e‘tiborni tortadigan usullar magnit va elektr maydonda 
ishlov berish, yuqori chastotali va impulsli, hamda uchqun 
razryadli ishlovlar berishdir. 
Solishtirma 
qarshilikni anchagina 
pasaytirishga 
binar 
to‘ldiruvchilar kombinatsiyasini qo‘llash bilan, ya‘ni yuqori 
dispersli o‘tkazuvchan to‘ldiruvchi va dag‘al dispersli (o‘tkaz-
maydigan va o‘tkazuvchan) to‘ldiruvchilar aralashmasi orqali 
erishiladi. 
Termoplast asosidagi o‘tkazuvchan KM yaratish sohasida 
erishilgan yutuqlar bir komponentali matritsa o‘rniga o‘zaro mos 
kelmaydigan polimerlar aralashmasidan foydalanish bilan bog‘la-
nadi. Yangi istiqbolli usullardan biri polimerlanishda to‘ldirish 
usulidir. Unda to‘ldiruvchi zarrasi qo‘shilgan holda monomerdan 
polimer sintezlanadi. Uning sirtiga oldindan katalizator surtiladi 
va polimerlanish jarayoni bevosita to‘ldiruvchi zarrasi sirtidan 
boshlanadi. Shunday binar to‘ldiruvchilar kombinatsiyasini qo‘l-
lash bilan, ya‗ni yuqori dispersli o‘tkazuvchan to‘ldiruvchi va 
dag‘al dispersli (o‘tkazuvchan va o‘tkazmaydigan) to‘ldiruvchini 
matritsa bilan jips tutashuvi orqali ancha tekis taqsimlanishiga 
erishiladi. Istiqbolli usullardan yana biri, polimerlarni metallar 
bilan to‘ldirishdir. Bunda to‘ldiruvchi zarrasi polimer qo‘shilgan 
holda shakl oladi. Bu usul tuzlarni oqimga qarshi diffuziya usuli 


45 
bilan metallar va ular tuzlarini tiklashga va bevosita polimer 
matritsada tiklovchi bo‘lishiga asoslangan. Matritsa sifatida 
suvda bo‗kadigan polimer (PVS), yoki g‘ovak polimer, masalan, 
kreyzin mexanizmi bo‘yicha shakllangan g‘ovakli tuzilmali 
polimer olinadi. Bu usul polimerni fizik faol suyuq muhit 
mavjudligida sovuqda tortib olish bilan amalga oshiriladi. Bunda 
polimerda plastik deformatsiyalangan polimerning maxsus zona-
lari kreyzlar, ya‘ni yo‘nalgan makromolekulalarning fibrillari 
bilan ajratilgan mikrog‘ovaklar hosil bo‘ladi. Mikrokovaklar 
tuzilmasi va miqdori deformatsiya rejimiga, haroratga va boshqa 
omillarga bog‘liq. 
Yangi usul matritsadagi to‘ldiruvchi miqdorini, to‘ldiruvchi 
zarralari taqsimoti xarakterini va ular o‘lchamlarini boshqarish 
imkonini beradi. 
KMning oxirgi xossalari foydalanilgan to‘ldiruvchi turiga, 
olinish usuliga juda kuchli bog‘liqligi 1.12 va 1.13-rasmlarda 
yaxshi ko‘rsatilgan a) kukunsimon polimer bilan qurum aralash-
masini siqib, b) sharli tegirmonda qurumni toluoldagi polimer 
eritmasi bilan bug‘lantirib, parda olib, so‘ng pardani maydalab 
siqiladi. v) qizdirilgan baraban vallari orasidan qurum va polimer 
aralashmasini o‘tkazib, ya‘ni kalandrlab, mahsulotni maydalab 
siqiladi. 
Birinchi holda 1.12-rasmdagi kabi tuzilmalangan sistema 
hosil bo‘ladi (a variant). Erigan modda bilan, qurumni 
aralashtirish yuqori tuzilmali qurum agregat (tuzilma)larni 
maydalashga yordamlashgani uchun oqim chegarasi ancha 
kattalashadi (v variant). Eritmada aralashtirish (b variant) evaziga 
KM hajmida qurumli agregatlarni bir tekis taqsimlanishiga 
erishiladi. 


46 

Download 6.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling