A. V. Umarov, G’. I. Muxamedov, X. O. Qo’chqorov // Polimerli kompozit materiallar fizikasi
Download 6.9 Mb. Pdf ko'rish
|
Polimer kompozitlar fizikasi
1.7. Kompozit tolalar
Keyingi yillarda tolalar tarkibiga anchagina miqdorda mineral to‘ldiruvchilar kiritib modifikatsiyalash usuli tobora kengayib bormoqda (60 % gacha). Bunday to‘ldiruvchilar sifatida kalsiy karbonat, silikatlar (asbest, kaolin, talk), oksidlar va yuqori dispersli metal kukunlari, qurum, grafit va boshqalardan foydalaniladi. Ma‘lumki, ko‘p mamlakatlarda polimerlarni to‘ldirish usuli bilan uncha katta bo‘lmagan hajmda maxsus vazifalar uchun tolalar chiqarishni yo‘lga qo‘yilgan. Masalan, termo va xemo- barqaror, yonmaydigan, elektr o‘tkazuvchan, magnit va bosh- qalar. Bu usul yaqin yillarda kimyoviy tolani modifikatsiyalashni asosiy usullaridan bo‘lib qolishi mumkin. Tola hosil qiluvchi barcha mavjud texnologik qurilmalar yordamida hozirgi kunda polimerlarni to‘ldirish usuli orqali modifikatsiyalash mumkin. Bunday usul bilan olingan tolani o‘zi kompozit material hisoblanadi. To‘ldiruvchi miqdori yuqori bo‘lgan tolani olish uchun to‘ldiruvchini polimer bilan to‘la aralashtiriladi, yoki to‘ldiruv- chini polimerlanishga qadar monomerga kiritilib, yuqori to‘ldirilgan kompozit tayyorlanadi. To‘ldirilgan polimerlardan tola shakliga oddiy usullar bilan o‘tkaziladi. Kompozit tola 41 tayyorlashda asosan ho‘l yoki quruq shakl berish yoki erigan polimerdan iplar olinadi. Ho‘l shakllash usulida yuqori to‘ldirilgan tola olish ikkita texnologik jarayonni o‘z ichiga oladi: cho‘zilishga tayyor eritma tayyorlash va to‘ldirilgan eritmadan ip shakliga o‘tkazish. Quruq shakllash bilan asosan elektr o‘tkazuvchan iplar olinadi. Bu usulni mohiyati shundaki, polimer asosga (substrat) ixtiyoriy klassik usul bilan (eritmaga botirish, shimdirish, purkash va hokazolar bilan) sovuq yoki issiqda qotadigan elektr o‘tkazuv- chan laklarni, pastalarni, yuqori to‘ldirilgan polimer eritmasini qoplash bilan olinadi. Elektr o‘tkazuvchan qoplamani surtish uchun maxsus surtalayotgan qatlam qalinligini boshqaradigan fil‘yerdan foydalaniladi. Parda hosil qiluvchi component sifatida qurum, grafit, metal kukunlari bo‘lgan termoplastik va termo- reaktiv smolalardan foydalaniladi (epoksidli, fenolformaldegidli, organikali kremniy, poliuretanli va boshqalardan). Polimer eritmasidan iplar olish uchun to‘ldiruvchini tayyor polimerga bevosita polimerni tola yoki monomerga shakl berishdan oldin polimerlanish davrida kiritiladi. Shuningdek, qobiq yadro turidagi bikomponentli iplar olish usullarini yoritgan qator ishlar ma‘lum. Shunday usul bilan metal to‘ldirilgan iplar PE (polietilen), PA (poliamid) va ularni sopolimerlari asosida olingan. To‘ldiruvchi sifatida yuqori dispersli titan, alyuminiy, mis, kumush, oltin, ruh va boshqa metal kukunlari qo‘lla-niladi. Download 6.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling