A. V. Umarov, G’. I. Muxamedov, X. O. Qo’chqorov // Polimerli kompozit materiallar fizikasi
II BOB. INTERPOLIMER KOMPLEKSLAR VA
Download 6.9 Mb. Pdf ko'rish
|
Polimer kompozitlar fizikasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- I chizma
II BOB. INTERPOLIMER KOMPLEKSLAR VA
KOMPOZIT MATERIALLAR 2.1. Yangi polimer materiallar – interpolimer komplekslar va kompozit materiallar Hozirgi vaqtda interpolimer komplekslar (IPK) turli dispers sistemalarni tuproq va chiqindilar, insonni tabiatga ta‘siri natijasida yuzaga keladigan kolloid sistemalarni barqarorlashtirgichlar va flo-kulyantlar, tibbiyotda qo‘llashga mo‘ljallangan gidrofil polimer-lar va boshqalarni tuzilmalantiruvchi modda sifatida yuqori samaradorlik bilan muvaffaqiyatli qo‘llanilmoqda. Interpolimer komplekslar va ularni kompozitlari, polimer materiallarning keyingi yangi avlodi hisoblanadi. Interpolimerli reaksiyalar o‘tkazilishi natijasida yangi makro- molekulalararo birikma hosil bo‘lib, ularning xossalari reaksiyaga kirishayotgan dastlabki komponentlar xossalaridan farqli bo‘ladi. Interpolielektrolitli reaksiyalarni o‘rganish yangi interpolimer birikmalar polielektrolit komplekslar (PEK) tuzilishi va xossa- larini tushunishga imkon beradi. Interpolimer komplekslarni hosil bo‘lish tabiatini tadqiq etish, ular haqida I-chizma ko‘rinishidagi kabi o‘rmon tuzilishidagi polimer tasavvurini berib, unda bir-biri bilan tuz (PEK) yoki vodorod (PK) bog‘lari bilan bog‘langan uzun yoki qisqa ketma- ketlikdagi juft bo‘g‘inlar, tarqalgan bo‘g‘inlar ketma-ketligidan tuzilgan halqa bilan almashinib turadi. 57 I chizma Tugallangan reaksiya mahsuloti bo‘lmish IPK xossalarini o‘rganishlar natijasi I-chizmada halqa ko‘rinishida tasvirlangan bo‘lib, u ko‘p miqdordagi defektlardan guvohlik beradi. Aynan shu tarqalgan gidrofil bo‘g‘inlarga ega defektlar borligi evaziga ion va vodorod bog‘lari bilan barqarorlashgan IPK suvda sezilarli bo‘kadi. Gidrofobli o‘rmonsimon sohalari esa, suvli muhitda IPK bo‘kish qobiliyatini cheklaydi. IPK mahsulotlarida defektlar mavjudligi ularni dispers muhit bilan gidrofil sohalar orqali ta‘sirlashishni yuzaga keltiradi. IPKni bu xususiyatga egaligi dispers zarralarni, xususan tup- roqni agrofizik xususiyatlarini optimallashtirish imkonini beradi. Tuproq zarrachasini gidrofob bo‘lib qolish sababi shundaki, IPK makromolekulalari tuproq zarralari sirtida asosan gidrofil sohalar bilan yo‘nalishga keladi. Gidrofob sohalar esa, termo- dinamik holati qulay bo‘lgani uchun yuqoriga yo‘naladi (II-chiz- maga qarang). Download 6.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling