73
2.4. IPK pardalarining shishuvchanligini tadqiq etish.
Yuqorida aytib o‘tilgan IPK
mahsulotlari tuzilishi va morfo-
logiyasi bo‘yicha tadqiqotlar natijalari bilan ularni suvda bo‘kishi
bo‘yicha ma‘lumotlar yaxshi moslikda turadi.
Suvli
muhitda IPK bo‘kish qobiliyati uning asosiy xossa-
laridan biri bo‘lib, u interpolimer komplekslarni biomoslikka ega
material sifatida, dualizli va ultrafiltrlovchi pardalar va boshqalar-
da amaliy qo‘llanishini belgilaydi.
Ma‘lumki, IPK suvda bo‘kish xossasi bog‘ tabiati va turiga,
hamda o‘zaro ta‘sirlashuvchi komponentalar
geometrik tuzili-
shiga bog‘liq bo‘ladi.
G.I.Muhamedov va uning shogirdlari tomonidan suvli muhit-
da IPK
bo‘kish darajasini o‘zaro ta‘sirlashuvchi komponentalar
nisbatlariga bog‘lanishi o‘rganilib, o‘zaro ta‘sirlashuvchi kompo-
nentalarni ekvimol nisbatlarida KMS, MFSI va MFSII namunalar
eng kam bo‘kishi, sistemada komponentalardan birini ortib
ketishi (KMS yoki MFS) bilan shishuvchanlik ma‘lum
chegaragacha ortishi mumkinligi o‘rnatilgan.
KMS-MFS interpolimer komplekslar bo‘kish darajasi o‘zga-
rishini
shunday tushunish mumkinki, komponentalarni ekvimol
nisbatlarida ularning makromolekulalari orasida ta‘sirlashuv eng
katta, ya‘ni KMS va MFS o‘rtasida vodorod bog‘lar bilan ham,
tuz bog‘lar bilan ham to‘la bog‘lanish ro‘y beradi. Polikompleks-
ga kiritilgan u yoki bu komponentalar
ozod qutbli va ionogen
funksional guruhlarni ortiqcha bo‘lishi pardalarni bo‘kishiga olib
keladi. IPK
pardasida KMS ortiqcha bo‘lishi bilan ozod karboksil
guruhlari bo‘kish darajasi qiymatini ortishiga olib keladi. KMS
da MFS konsentratsiyasini ekvimol qiymatlarigacha orttirilishida
esa, zanjirlararo tuz va vodorod bog‘lari yuzaga kelib KMS va
74
bog‘lanmagan zaryadli funksional guruhlar miqdorini kamayi-
shiga olib keladi va o‘z navbatida
sistema shishuvchanligi
pasayishi ro‘y beradi (2.6-rasm, 1-3 bog‘lanishlar).
Do'stlaringiz bilan baham: