A. V. Umarov, G’. I. Muxamedov, X. O. Qo’chqorov // Polimerli kompozit materiallar fizikasi
-rasm. KMS suvli eritmalari qovushqoqligi (1) va ekvimol tarkibli
Download 6.9 Mb. Pdf ko'rish
|
Polimer kompozitlar fizikasi
2.3-rasm. KMS suvli eritmalari qovushqoqligi (1) va ekvimol tarkibli
KMS–MFS interpolimer kompleksni (2) muhitni pH ko’rsatkichiga 25 0 C haroratdagi bog’lanishi. Eritmalar konsentratsiyasi 0,015 asos•mol/litr. 2.1 – jadval pH=2.5 bo’lganda olingan KMS – H va IPK pardalar barqarorligiga muhit pH ko’rsatgichini ta’siri. № pH const КМS – Н IPK КМS - МFS КМS – МFS= 3:1 1 2-5 Erimaydi, parda saqlanadi Erimaydi, parda saqlanadi Erimaydi 2 6 Erimaydi, parda saqlanadi Erimaydi, parda saqlanadi Erimaydi, parda saqlanadi 3 7 Erimaydi, parda saqlanadi Erimaydi, parda saqlanadi Erimaydi, parda saqlanadi 4 8 eriydi Erimaydi, parda saqlanadi Erimaydi, parda saqlanadi 5 9 eriydi Erimaydi, parda saqlanadi Erimaydi, parda saqlanadi 6 10 eriydi Erimaydi, parda saqlanadi disperslanadi, KMS eritmaga o‘tadi 7 11 eriydi Erimaydi, parda saqlanadi disperslanadi, KMS eritmaga o‘tadi 8 12 eriydi disperslanadi, KMS eritmaga o‘tadi disperslanadi, KMS eritmaga o‘tadi 67 2.1 – jadvaldan ko‘rinadiki, KMS-H kuchsiz ishqoriy muhit- da pH>7 dan boshlab eriydi, bu karboksil guruhlarni tuzli shakl- larga o‘tishi bilan bog‘lanadi. Bunda KMS-H hajmida va zanjirlararo vodorod bog‘larni buzi-lishi ro‘y bera boshlaydi. Ular karboksimetilli bo‘g‘inlar karboksil guruhlari o‘rtasidagi bog‘lar bo‘lishi ham mumkin, yoki sellyulozali bo‘g‘inlarni almashmagan OH guruhlari o‘rtasida bo‘lishi ham mumkin. Bu ma‘lumotlar pH turli qiymatlardagi KMS infraqizil spektrlari bilan tasdiqlangan. Kislotali va ishqoriy suvli muhitda IPK eruvchanligini yo‘qolishi KMS va MFO molekulalararo ta‘sir xarakterini o‘zgarishi tufayli ro‘y bermasdan, uch o‘lchamli MFO polimerlanishi tufayli ro‘y beradi. Bu esa, har qanday erituvchida erimaydigan yuqori molekulyar uch o‘lchamli choklangan polimer olishga eltadi. IPEKga kiritilgan MFO ni polimerlanishi kislotali muhitda KMS ta‘siri ostida shakllanadi. Shunday qilib, yuqorida bayon etilgan tadqiqot natijalaridan kelib chiqadiki, pH pasaysa, IPEK – MFO – KMS da ko‘plab tuz bog‘larini buzilishi va interpolimerli vodorod bog‘lari sistemasini yuzaga kelishi tufayli chuqur tuzilmaviy o‘zgarishlar ro‘y beradi va ular suvda erimaydigan IPK hosil bo‘lishiga olib keladi. Suvda erimaslikni sababi, MFOni KMS ishtirokida uch o‘lchamli polimerlanishi hisoblanadi. Olingan interpolimer kompleks tuzilmasi asosan MFS tuzilmasi bilan aniqlanib, u o‘z navbatida KMS bilan o‘zaro ta‘sirlashadigan triazinon sikllar miqdoriga bog‘liq bo‘ladi. Triazinonli sikllar miqdori MFO zanjirida qancha ko‘p bo‘lsa, IPK to‘rli tuzilmasi shuncha kuchsiz choklanadi. Aytish kerakki, kislotali muhitda bir necha soatlab (pH ga bog‘liq holda 5-10 soat) IPK suvda eruvchanligini saqlab qoladi. U esa, amaliy 68 qo‘llanishlarda katta texnologik qulaylik tug‘diradi. Oldindan tayyorlangan quruq IPEK mahsulotlarini (yoki konsentrlangan eritmalar) suvda eritiladi yoki suyultiriladi va ishlatilishidan oldin eritmani pH kattaligi pasaytiriladi. Bunda IPKni suvda eruvchanlik vaqti uni amaliy qo‘llash jarayoniga qadar yetarli bo‘ladi. Masalan, tuproqni tuzilmalantiruvchilar va mustah- kamlovchilar sifatida dispers zarralar sirtiga yopishish uchun yetarli bo‘ladi. Download 6.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling