A. V. Umarov, G’. I. Muxamedov, X. O. Qo’chqorov // Polimerli kompozit materiallar fizikasi


Download 6.9 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/134
Sana20.11.2023
Hajmi6.9 Mb.
#1788612
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   134
Bog'liq
Polimer kompozitlar fizikasi

V chizma 
V chizmada polikompleksni taxminiy geterogen sohalari kel-
tirilgan.
Bu yerda I – MFSni protonlashtirilmagan bo‘g‘inlaridan va 
KMSni COOH va OH guruhlaridan tashkil topgan yuqori zichlik-
dagi molekulalararo ham tuz, ham vodorod bog‘lariga ega bo‘l-
gan ikkitortqili blok.
II – oz sonli molekulalararo bog‘ga ega, ancha bo‘shashgan 
IPK qismini ifodalovchi gidrofil blok.
Kislotali muhitda (pH=2:3) ekvimol miqdorga nisbatan KMS 
yoki MFS miqdorlarini ortishi, vodorod bog‘lar zichligini orti-
shiga olib keladi. Bunda ikki turdagi vodorod bog‘ bo‘lishi 
mumkin, ya‘ni KMS va MFO kimyoviy komplementar zanjirlari 
o‘rtasida (ularni OH … … … N deb belgilaymiz) va bir nomdagi 
faqat bittasiga yoki IPKni turli zarralariga tegishli zanjirlar 
bo‘g‘inlari o‘rtasida (OH … … … O) bo‘ladi. Komplekslanishda 
pH – muhit qiymati ortishi yoki kamayishi olinayotgan IPK 
tuzilmasini o‘zgarishiga olib keladi, buni eritma qovushqoqligi 
o‘zgarishidan ko‘rish mumkin (2.2, 2.3-rasm). Olingan natijalar 
IPKva KMS makromolekulalari assotsiatsiyalanishi yoki ichki 
segregatsiyasi haqida guvohlik beradi. pHning (<4) kichik 
qiymatlarida 
makromolekulani 
segregatsiyasi ro‘y berib, 
kompleks gidrofobli, ikkitortqili sohalar bilan boyiydi, bu esa, 


65 
suvda erimaydigan IPK olinishiga olib keladi (V chizma 1-soha). 
KMS eritmasini kislotalashtirishda qovushqoqlikni pasayishi, ion 
shaklidagi COO
-
Na
+
guruhni zanjirlararo vodorod bog‘lari bilan 
assotsiatsiyaga kirishadigan kam dissotsatsiyalangan karboksil 
COOH guruhga aylanishi bilan bog‘liq. Bu holda go‘yoki 
makromolekulani o‘ramga o‘tkazuvchan burash ro‘y beradi, buni 
qovushqoqlikni kamayishidan ham ko‘rish mumkin.
pH qiymatini 4 dan 9 gacha orttirganda, vodorod bog‘lar va 
choklanish 
takrorlanishini 
kamayishi 
evaziga 
IPK 
makromolekulasini o‘ram holatidan yoyilishga o‘tishi kuzatiladi. 
Bu holatni qovushqoqlik qiymatini ortishi ham tasdiqlaydi (2.3-
rasm). 
Shunday qilib, KMS va MFO reaksiya aralashmalari kislo-
taligiga bog‘liq holda, yoki eruvchan IPEK (pH=7), yoki erimay-
digan IPK (pH=2:4) hosil bo‘lishi kuzatiladi.
Interpolimer KMS-MFS kompleks tuzilmasi asosan MFS 
zarralari tuzilmasi bilan aniqlanib, o‘z navbatida KMS bilan 
ta‘sirlashuvchan triazinli sikllar miqdoriga bog‘liq bo‘ladi.
MFO zanjirida triazinli sikllar miqdori qancha ko‘p bo‘lsa, 
IPK to‘rli tuzilmasi shuncha zaif tuzilgan bo‘ladi. Olingan IPK 
muhim xarakteristikalaridan biri, ularning keng pH (2-12) sohada 
barqarorligidir. 
KMS IPKdan suvli muhitga joylashadi, MFS esa, cho‘kmaga 
tushadi. Bu haqda cho‘kmani infraqizil spektroskopiyasi natijalari 
guvohlik beradi.
IPKni ishqoriy muhitda buzilishi ko‘rsatadiki, unig barqaror-
ligi uchun faqat KMS OH guruhlari bilan MFS qutbli guruhlari 
o‘rtasidagi vodorod bog‘lar yetarli bo‘lmaydi, uning uchun yoki 
interpolimerli tuz bog‘lari, yoki KMS COOH guruhlari ishtiro-
kida vodorod bog‘lar yoki bo‘lmasa, har ikkisi ham bir vaqtda 


66 
hosil bo‘lishi zarur. Ishqoriy muhitda IPK barqarorlik chegarasi 
oxirgi mahsulotda KMS qanchaligiga bog‘liq bo‘ladi.
IPK tarkibida KMS miqdorini, ya‘ni ozod karboksil guruh-
larni ortishi barqarorlik chegarasini pasaytiradi.
Masalan, KMS: MFS=3:1 mol nisbatlarda olingan mahsulot 
pH=10 bo‘lganda buziladi.

Download 6.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling