A. V. Umarov, G’. I. Muxamedov, X. O. Qo’chqorov // Polimerli kompozit materiallar fizikasi
Download 6.9 Mb. Pdf ko'rish
|
Polimer kompozitlar fizikasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.11-rasm. C 60 va C 70 uglerod atomlaridan hosil bo’lgan makromolekula
Fulleren va fulleritlar. Uglerodning ikkita allotropik modi-
fikatsiyasi ma‘lum: grafit va olmos. 1960-yillarda uglerodning uchinchi allotropik modifikatsiyasi mavjudligi e‘lon qilindi. Uni karbin deyilib, uning tuzilmasi bir xildagi chiziqli zanjirlarni tartibli joylashishidan iborat. Dastlab karbinni uglerod atomlari- dan iborat qandaydir polimer, va uni qat‘iy aytganda kristall modda deb qarash mumkin emas, degan fikrlar ham bildirildi. Lekin uglerodli tuzilmalarga bo‘lgan qiziqish so‘ngani yo‘q va 1973-yilda Bochvar va Galperinlar nazariy, 1985-yilda esa Kroto 36 xodimlari bilan tajribada 60 ta uglerod atomidan iborat barqaror molekula bo‘la olishi mumkinligini ko‘rsatib berishdi. Keyin- chalik molekulada ko‘proq yoki kamroq uglerod atomlari bo‘lishi mumkinligini aniqlashdi. Lekin ulardan eng barqarori C 60 va C 70 (1.11-rasmga qarang). Yopiq sirt shaklidagi C 60 va C 70 va boshqa molekulalarni fullerenlar deb atay boshlashdi. Amerikalik kashfiyotchi va arxitektor Richard Fuller nomiga atab qo‘yishdi. U 1954-yilda ko‘p qirrali sirtlar fragmentlari ko‘rinishidagi konstruksiyali qurilishga patent oldi va uni katta binolarni (sirk, ko‘rgazmalar zali) tomini yopishda qo‘lladi. 1.11-rasm. C 60 va C 70 uglerod atomlaridan hosil bo’lgan makromolekula – fulleren (chapda) va Fullerit kristalini yon markazlashgan elementar yacheykasi (o’ngda) Uglerod atomi s 2 p 3 elektron qobiqqa ega. Bunday qobiq qo‘shni atomlar bilan besh va oltiburchaklar hosil qilishib, ulardan uglerod klasteri shakllanishi uchun ancha barqaror bog‘ni ta‘minlay oladi. C 60 molekulani karkasi 12 ta muntazam beshburchak va 20 ta teng yonli bo‘lmagan oltiburchaklardan tashkil topgan. Bu oltiburchaklarning uzun tomoni 1,44 0 A va qisqa tomoni 1,39 A 0 . Uglerod atomining koordinatalari soni fullerenda uchga teng. Har bir uglerod atomi C 60 molekula sferik 37 sirtida joylashib ikkita bittalik va bitta ikkitalik bog‘ga ega bo‘ladi. 1990-yilda Kretchmer va Xuffman xodimlari bilan birinchi bo‘lib C 60 molekulasi, qattiq kristall hosil qilishi mumkinligini aniqlashdi (uglerodni yangi kristalli, allotropik modifikatsiyasi) va uni fullerit deb ataldi. C 60 molekula fulleritda YoMK panjarada kristallanadi (1.11-rasm). Shu vaqtdan boshlab kimyo- garlar va fiziklar o‘rtasida uglerod klasteri va yopiq molekula tuzilmalarining fizik xossalarini va olish usullarini aniqlashga qaratilgan tadqiqotlar kuchayib ketdi. Natijada fullerit zichligi 3 1, 7 g sm ya‘ni, bu uglerodning eng siyrak modifikatsiyalaridan biri bo‘ldi. Fulleritlar yarim o‘tkazgich bo‘lib ularning ta‘qiq zonasi kengligi 1,5 dan 1,95 eV gacha bo‘ladi. Interkalyatsiyalab, ya‘ni C 60 panjaraning bo‘shliqlariga atomlar kiritish yordamida fulle- ritda metal xususiyatlariga erishish mumkin. Interkallangan fullerit birikmalari asosida o‘ta o‘tkazuvchanlik aniqlangan. Hozirda C 60 molekulalarini boshqa elementlar bilan sintez birik- malari olingan. Bunday birikmalarga fulleridlar deyiladi. Grafitni elektr yoyida bug‘lanishidan olinadigan fullerenlar turli sohadagi fan vakillari va inson faoliyati bo‘limlari chorrahasida paydo bo‘ldi. Ular fizikaga, kimyoga, matema- tikaga, biologiyaga, tibbiyot va arxitekturaga daxldor. Fulleren- larni, fulleridlarni, fulleritlarni texnikada, elektronikada, energe- tikada, mashinasozlikda qo‘llanilishi ularni kelajagiga bo‘lgan qiziqishni yanada orttirmoqda. Download 6.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling