A. V. Umarov, G’. I. Muxamedov, X. O. Qo’chqorov // Polimerli kompozit materiallar fizikasi


Download 6.9 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/134
Sana20.11.2023
Hajmi6.9 Mb.
#1788612
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   134
Bog'liq
Polimer kompozitlar fizikasi

Bariyli titanat. Eng ko‘p tarqalgan segnetoelektrik to‘ldiruv-
chi, ya‘ni spontan qutblanishga ega to‘ldiruvchining birdan bir 
vakili bariy titanati (BaTiO
3
) bo‘lib, u titan angidridini va bariy 
karbonatini erigan qotishmasidan olinadi. U ko‘kimtir yoki to‘q 
sariq rangdagi kukun holida, kub, yoki sakkizqirrali shaklga ega 
kristall ko‘rinishida ishlab chiqariladi. Bariy titanatining elektr 
o‘tkazuvchanligi 10
-11
–10
-13
Om
-1
·sm
-1
, dielektrik singdiruvchan-
ligi yuqori (2–3 marta) bo‘lgan dielektrikdir. Uning zichligi 5,6- 


38 
5,9 g/sm
3
. Bariy titanati past dielektrik isrofga egaligi, yuqori 
dielektrik singdiruvchanligi va turg‘un dielektrik xususiyatga 
egaligi bilan elektrotexnikada qo‘llanadigan kompaundli epoksid-
larda keng foydalaniladi. 
Ferritlar. Ferritlarni olishda asosiy mahsulot temir oksidi 
(Fe
2
O
3
) hisoblanadi. Ferritlar tarkibiga kiruvchi va qattiqligini 
belgilovchi boshqa komponentalarga rux, marganets, strontsiy, 
qo‘rg‘oshin va boshqa materiallarning oksid va karbonatlari 
kiradi. Ferritlar zichligi 5-6 g/sm
3
. Magnit xossalari uni olinish 
shartlari, tuzilma defektliligi (g‘ovak) va ferrit tarkibiga bog‘liq. 
Nanoo’lchamli to’ldiruvchilar. Oxirgi yillarda nanokom-
pozitlar tayyorlash uchun qo‘llanilayotgan o‘lchamlari bir necha 
nanometrdan bir necha o‘n nanometrli zarralardan iborat to‘ldi-
ruvchilar borgan sari muhim ahamiyat kasb etmoqda. Eng ko‘p 
foydalanilayotgan nanoo‘lchamli to‘ldiruvchilar turkumiga quyi-
dagilar kiradi: 
• Montmorillonit asosida organik tuproqlar;
• Uglerodli nanotolalar;
• Uglerodli nanonaychalar [ko‘p devorli, yupqa va bir 
devorli]; 
• Kremniy nanooksidi;
• Alyuminiy nanooksidi (A1
2
O
3
); 
• Titan nanooksidi (TiO
2
); 
• Nanometalli zarralar. 

Download 6.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling