A. V. Umarov, G’. I. Muxamedov, X. O. Qo’chqorov // Polimerli kompozit materiallar fizikasi


Download 6.9 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/134
Sana20.11.2023
Hajmi6.9 Mb.
#1788612
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   134
Bog'liq
Polimer kompozitlar fizikasi

Texnik uglerod (qurum). Elektr o‘tkazuvchan to‘ldiruvchi 
sifatida foydalaniladigan zarralar turning eng ko‘pi bu qurum 
hisoblanadi. Qurum zarralarining rentgenografik tadqiqotlari 
ko‘rsatadiki, u alohida uncha katta bo‘lmagan kristall 
yacheykalardan tashkil topgan bo‘lib, grafit tuzilishida qurilgan. 
Uglerod atomlarini qatlamda joylashishi xuddi grafitnikidek 
qatlamlararo, masofa esa, grafitdagidan katta. Parallel qatlamlarni 
sirtga chiqib turadigan uchlarida zarralar yuqoriroq energiyaga 
ega va natijada adsorbsion qobiliyati yuqori. Aynan shu bilan 
qurum zarralarining zanjirli tuzilma qila olishi va setkasimon 
tuzilma olish qobiliyati belgilanadi. Bu xossani qurumni
tuzilmalanishi deb nomlanadi. Uning sirtidagi faol sohalarga 
uchuvchi komponentlar adsorbsiyalanishi mumkin (masalan, 
kislorod). Ularning mavjudligi qurumni tuzilmalanishini yomon-
lashtiradi va shu sababli qurumni elektr o‘tkazuvchanligi 
uchuvchi moddalar konsentratsiyasi kamayishi bilan ortadi. 
Qurumni o‘tkazuvchanligini belgilovchi boshqa omillardan biri
bu o‘lchamlariga va g‘ovakligiga bog‘liq zarralarni solishtirma 
sirti kattaligidir. 


35 
Shunday qilib, elektr o‘tkazuvchan to‘ldiruvchi sifatida eng 
samarali texnik uglerod – qurum quyidagi xarakteristikalarga ega 
bo‘lishi kerak: ya‘ni katta solishtirma adsorbsion sirtga, yuqori 
g‘ovaklikka, kichik o‘lchamli zarraga, yengil uchuvchi kirish-
malarni kamligiga va yuqori darajadagi tuzilmalanishga ega 
bo‘lishi kerak (1.10-rasm). 
1.10-rasm. Past tuzilmali qurum (chapda) va Yuqori tuzilmali qurum (o’ngda) 
Sanoatda chiqariladigan texnik uglerod zarrasining o‘lchami 
10 dan 300 nm gacha bo‘ladi. Zichligi ~ 2 g/sm
3
, elektr o‘tkazuv-
chanligi turli nav qurumlar uchun katta chegarada tebranadi. Eng 
ko‘p tarqalgan qurum markasi 1 dan 100 Om
-1
·sm
-1
oraliqda 
elektr o‘tkazuvchanlikka ega. Elektr o‘tkazuvchan material 
sifatida foydalanilgan qurum markasining narxi nisbatan arzon.

Download 6.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling