49
1.10. Molekulyar kompozitlar
Yarim o‘tkazgichli polimerlar uchun, ko‘p
hollarda mole-
kula ko‘rinishidagi turli qo‘shimchalardan foydalaniladi,
ularni
to‘ldiruvchi sifatida ham qarash mumkin. Shunday usulda olingan
materiallar molekulyar kompozitlar deb ataladi. Molekulyar
qo‘shimchalar turlicha funksiyalarni bajaradi. Masalan, zaryadlar
markazlari
transporti, asosiy tashuvchilar generatsiyasi uchun
zaryadlar ko‘chish markazlari va
foto-emissiyali elektron va
kovaklar rekombinatsiyasi markazlari vazifasini bajaradi.
1.15-rasmda molekulyar kuchaytirilgan polimerlarda tashuv-
chilar transportiga yordamlashuvchi molekulyar qo‘shimchalar
tasvirlangan.
1.15-rasm. Molekulyar kuchaytirilgan polimerlarda tashuvchilar
transportiga yordamlashuvchi molekulyar qo’shimchalar:
1-N- metilkarbazol (mCbz) (a), 1,1-bis (di-4-tolilaminofenil)- siklogeksan
(TAPS) (d), N,N—difenil-N,N--bis(3-metilfinel)-[1,1’ - bifenil] - 4,4’ - diamin
(TPD) (e) va p- dietilgaminobenzaldegid-1,1- difenilgidrazon (DEH) (f).
Elektronlar transportini ta’minlashda quyidagi molekulalar misol bo’lishi
mumkin (4-t-butilfenil -5-bifenil) 1,3,4-oksadiazol (PBD) (c), 8- alyuminiy
gidroksixinolin (Alq3) (g) va faktris (2-fenilpiridin) iridiy (Ir(ppy)3) (h).
50
1.11. Nanokompozitlar
To‘ldiruvchi zarralari o‘lchami 100 nm dan kichik bo‘lgan
kompozitlar nanokompozitlar hisoblanadi va ular o‘ta imkoniyati
keng material hisoblanadi. Ularning
makro va mikrokompozit-
lardan asosiy farqi matritsa bo‘limida to‘ldiruvchi solishtirma
yuzasini o‘ta kattaligida, fazalararo chegarada katta hajmiy ulush-
ga egaligi va to‘ldiruvchi zarralari orasidagi o‘rtacha
masofani
kichikligidir.
Jadvalda umumiy atomlar soni, sirtiy atomlar soni, ularni turli
o‘lchamdagi kubik shakldagi kristall zarrachalarga nisbati keltiril-
gan (oddiy kub panjara uchun panjara doimiysi 0,5 nm).
Do'stlaringiz bilan baham: