A. V. Umarov, G’. I. Muxamedov, X. O. Qo’chqorov // Polimerli kompozit materiallar fizikasi
Download 6.9 Mb. Pdf ko'rish
|
Polimer kompozitlar fizikasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Issiqlikdan kengayish.
129 IV BOB. KOMPOZIT MATERIALLARNING ISSIQLIK XOSSALARI 4.1. KM va polimerlarning issiqlik xossalari KM va polimerlarning issiqlik xossalari deganda asosan uchta parametrni tushuniladi: Issiqlik o‘tkazuvchanlik (λ); issiqlik sig‘im – o‘zgarmas bosimda (C p ) va o‘zgarmas hajmda (C v ); harorat o‘tkazuvchanligi (a). Bu parametrlar orasida λ= C v a·p munosabat o‘rinli bo‘ladi. Issiqlikdan kengayish. Issiqlikdan kengayish deganda harorat o‘zgarishi bilan jism o‘lchamlari va shaklini o‘zgarishini tushuniladi. Kristallarni issiqlikdan kengayishini elementar naza- riyasini qurish uchun nafaqat sifat jihatdan, balki miqdoriy jihatdan ham yaxshi natijalar beradigan ikki atomli modeldan foydalanish mumkin. Bunday modelda o‘zaro ta‘sir energiyasi Lennard–Jons assimmetrik potensiali ko‘rinishida ifodalanadi. m n A B U r r Bu yerda A va B –doimiy, r –o‘zaro ta‘sirlashuvchi atomlar orasidagi masofa. Barcha hollarda n>m va bu tengsizlik qancha katta bo‘lsa, assimmetriklik ham shuncha katta bo‘ladi. Kristall panjarada zarralarni garmonik tebranishlari haqidagi tasavvur faqat tebranish amplitudasi juda kichik bo‘lganda aniq bo‘lib, u issiqlikdan kengayishni tushuntirishga yetarli bo‘lolmaydi. Chunki garmonik yaqinlashishda qattiq jism issiqlikdan kengaygan holati umuman hisobga olinmagan. Harorat T=0 atrofida ikkita qo‘shni tebranayotgan atomlarni o‘z muvozanat holatidan siljishidagi potensial energiyasini darajali qator ko‘rinishida ifodalash mumkin. 130 0 0 0 2 3 2 3 0 0 0 0 2 3 1 1 ( ) ( ) 2 6 r r r U U U U r U r r r r r r r r r r Bu modelda angarmoniklik qatorning uchinchi darajali hadi bilan hisobga olinadi. Bir o‘lchamli masala uchun r-r 0 =x deb qaralganda; 0 0 0 2 3 0 0 2 3 1 ( ) ; 0; ; 2 r r r U U U U r U f g r r r Quyidagi taqribiy munosabatni olamiz; 2 3 0 0 1 1 ( ) 2 3 U x U fx g x U U Bu yerda f – kvazielastik kuch koeffitsiyenti, g – angarmoniklik koeffitsiyenti. Issiqlikdan chiziqli kengayish koeffitsiyenti (ICHKK) va issiqlikdan hajmiy kengayish koeffitsiyenti – (IHKK)ni hisoblash uchun ma‘lum bo‘lgan termodinamik munosabatdan foyda- lanamiz. 0 0 1 r r r T Unda 2 0 1 , 3 p kg V r f V T Bu munosabatni Boltsman funksiyasi taqsimotidan foyda- lanib ham to‘laroq olish mumkin. Unda biror funksiya qiymatini o‘rtachalashtirish, u kattalikni mos termodinamik ehtimolligini hisobga olgan holda bajarilishiga imkon beradi. Modelning soddaligi va qator yaqinlashishlar mavjudligiga qaramay, ko‘rila- yotgan nazariya ICHKK uchun to‘gri tartibni beradi. Download 6.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling