A. V. Umarov, G’. I. Muxamedov, X. O. Qo’chqorov // Polimerli kompozit materiallar fizikasi
-rasm. Polimerlar yonishidagi fizik-kimyoviy jarayonlar
Download 3.62 Mb. Pdf ko'rish
|
Polimer kompozitlar fizikasi-Umarov compressed
4.22-rasm. Polimerlar yonishidagi fizik-kimyoviy jarayonlar.
161 4.23-rasm. Polimerlarning yonishi. 4.23-rasmda keltirilganidek, polimerlarning yonish jarayoni odatdagi gazli va geterogen yonishga yoki miltillama yonishga bo‘linadi. Birinchi holda mustaqil kimyoviy o‘zgarishlarni saqlab turadigan issiqlikni katta qismi gaz fazasida polimerni tuzilma- sizlanishi evaziga gazsimon mahsulotlarni oksidlanishi bilan ajraydi. Bunda issiqlikni maksimal ajrab chiqish tezligi (gazli alanga) odatda sirtdan millimetrlar va undan ortiqroq darajasida yonishni aniq shartlariga bog‘liq holda kech qoladi. Bunday holda polimer sirti harorati gaz alangasidan ancha past bo‘ladi. Sirt harorati 400 – 650 0 C ni tashkil etib, gaz fazasida maksimal harorat 1100 – 1200 0 C va undan yuqori bo‘ladi. Miltillashda issiqlik asosan kondensirlangan fazani sirtki qatlamlarida ajralib 162 chiqadi va maksimal harorat 800 – 900 0 C bo‘ladi. Polimer materiallar yonishida havodagi kislorod oksidlovchi bo‘lsa, yonuvchi modda bo‘lib, vodorod va ko‘mirlangan polimerni tuzilmalangan gazsimon mahsulotlari xizmat qiladi. Ular oksidlanish natijasida suvga va ga yoki to‘la oksidlanmagan holda is gaziga ( ) aylanadi. Yonilg‘i va oksidlovchi oqimlar fazaviy bo‘lingan va ular ta‘siridagi kimyoviy reaksiya alangaga diffuziya yoki konveksiya orqali reaksiyalarni borishi bilan cheklanadi. Polimerlar yonishida yonish jarayoniga xos kritik hodisa ro‘y beradi. Alanga haroratni u yoki bu sabab bilan pasayishi, oksidlanishi, bir rejimdan ikkinchisiga sakrab o‘tishi bilan ro‘y beradi, ya‘ni juda sekin oksidlanadigan holiga o‘tadi. Bu rejimlar tezligi bir-biridan katta darajada farq qiladi. Polimerlar yonuvchanligini baholashni tajriba usulini birinchi marta ingliz olimi Martin taklif qildi. Uzun g‘o‘la ko‘rinishidagi, yoki asosining diametri 10 mm atrofidagi silindr ko‘rinishidagi namunani vertikal trubaga joylashtiradi va pastdan kislorod va azotni turli nisbatlarda yubordi. Namunani yuqoridan gaz gorelkasi bilan yoqadi va uni olib qo‘yadi. Namuna mustaqil yonadi yoki tezda o‘chib qoladi. Shunday tajribalarni gaz atmos- ferasi tarkibini turli xildagilari uchun, ya‘ni azot va kislorodni turli munosabatlarida o‘tkazildi. Aralashmadagi kislorodni kritik konsentratsiyasiga, ya‘ni bundan yuqorisida mustaqil yonish davom etaveradiyu, undan pastda yonish to‘xtaydigan kon- sentratsiyasiga kislorod indeksi (KI) deyiladi va u berilgan materialni yonuvchanligini xarakterlaydi. Bu usulni fizik mohiyati shundaki, kislorod konsentratsiyasi kamayishi bilan issiqlikni sarfi inert gaz azotni isitishga ortadi va alanga harorati kamayib yonishning kritik shartigacha yetadi. Hozirgi kunda bu usul butun dunyoda tajriba usuli sifatida keng qo‘llanadi. Yuqoridagi chizmada kelti-rilgani bo‘yicha yonish jarayonini polimer materiallar yonuv-chanligini pasaytirish mumkin bo‘lgan yo‘llarini tushunishga yordam beradi. Aytish kerakki, ko‘p hollarda organik polimerni mutloq yonmaydigan material 163 bo‘lishiga erishish mumkin emas va u yong‘inda yonish intensivligi yuqori bo‘lganda yonmay qolmaydi. Bilamizki, ko‘p hollarda yong‘in kam kalloriyali issiq-lik manbai va sigaret, gugurt, sham, qisqa tutashuv olovlaridan yuzaga keladi. Shuning uchun polimer yonuvchanligini pasay-tirish, ya‘ni uning sekinlik bilan olovga ilashishi, alangani sekin tarqalishiga erishish o‘ta muhim, yonish uchun esa, qat‘iy shartlarni talab etsin (ancha yuqori harorat qiymati, energiya oqimi va hokazo). Download 3.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling