A. V. Umarov, G’. I. Muxamedov, X. O. Qo’chqorov // Polimerli kompozit materiallar fizikasi
-rasm. Amorf va kristall polimerlar uchun past haroratlarda issiqlik
Download 3.62 Mb. Pdf ko'rish
|
Polimer kompozitlar fizikasi-Umarov compressed
4.19-rasm. Amorf va kristall polimerlar uchun past haroratlarda issiqlik
o’tkazuvchanlikni haroratga bog’lanishi. 1- polimetilmetakrilat; 2,3,4 – mos ravishda zichligi 980, 960 va 920 kg/m 3 bo’lgan polietilen. Yo‘nalish olgan amorf polimerlar uchun Ayerman quyidagi munosabatni taklif etadi bu yerda yo‘nalish o‘qi bo‘ylab polimerni issiqlik o‘tkazuvchanligi; polimerni yo‘nalish o‘qiga perpendikulyar issiqlik o‘tkazuvchanligi; izotrop polimer issiqlik o‘tkazuvchanligi. 155 Umumlashgan o‘tkazuvchanlik nazariyasini klassik yechi- miga Maksvell tenglamasi kiradi, u sferik shakldagi chet zarralar kiritilgan izotrop muhit sistemasidagi maydonni hisoblaydi. Zarralar orasidagi masofa yetarlicha katta deyilib ular orasidagi o‘zaro ta‘sir e‘tiborga olinmaydi. Olingan hisoblash formulasi quyi-dagicha: ( * bu yerda geterogen sistemalar effektiv issiqlik o‘tkazuv- chanligi; uzluksiz faza issiqlik o‘tkazuvchanligi; disperslangan faza issiqlik o‘tkazuvchanligi; ν – disperslan- gan faza hajmiy konsentratsiyasi. Odelevskiy yechimi ham markazi kubik panjarani hosil qilgan yonlari parallel kubik kirishmali matrikli sistemalar uchun va xaotik taqsimlangan zarrachalar uchun ancha mashhur. Statistik model uchun hisoblash formulasi: √( ) , bu yerda va komponentlarni hajmiy konsentratsiyasi, va komponentlar issiqlik o‘tkazuvchanligi. Yuqoridagi qabul qilingan belgilashlar bilan matrik model uchun: ( ) qiymatiga kiritilgan zarra shakli kuchli ta‘sir qiladi. Maksvell-Burger-Eykin nazariyasiga ko‘ra: ( ( ) ). 156 Bu yerda L – zarra shakli ta‘sirini aks ettiradi. Shar shaklidagi zarralar uchun . Silindr shaklidagilar uchun . Yupqa plastinka ko‘rinishidagi zarralar uchun . Taklif etilgan modellar matritsa va unga xaotik kiritilgan to‘ldiruvchilar partsial ulushga ega deyilishiga asoslanadi. Lekin tajriba ko‘rsatadiki, PKM larda issiqlik tashish jarayonida nafaqat individual komponentalar xossalari va nisbat miqdori muhim ahamiyat kasb etadi, balki: zarralar konsentratsiyasi chegaraviy qiymatga yetganda zarra- lar orasida o‘tkazuvchan ko‘prik yuzaga kelishi evaziga sakrash o‘tkazuvchanligi effekti paydo bo‘lishi; to‘ldiruvchi zarrasi yuzasi bilan matritsani o‘zaro ta‘siri natijasida bo‘lim chegarada yuzaga keluvchi polimer fizik xossalarini modifikatsiyasi; komponentda uchinchi komponent – g‗ovaklar bo‘lishini bildiruvchi bog‘lovchini bo‘shashuvi kabilar ham ahamiyatga ega. Issiqlik tashishni ko‘rsatilgan mexanizmlar modifikatsiya- larida ulushlarini hisobga olishni eng maxsuldor amalga oshadigani bosqichma-bosqich o‘rtachalashtirishdan iborat. Bu usulni mohiyati shundan iboratki, geterogen muhitdan vakil element tanlab, uni tuzilmasida barcha taxmin qilinadigan issiqlik tashish jarayonlari modellashtiriladi. So‘ngra bu element- larni bir jinsli matritsaga kirita borib, kelgusida to‘ldiruvchi konsentratsiyasini vakil element konsentratsiyasiga qayta hisob- lab effektiv issiqlik o‘tkazuvchanlik hisoblanadi. Yoki bo‘lmasa, vakil elementlardan eng kichik agregat holatni modellashtirilib, uning xossalari izotrop va kompozit xossalari bilan aynan bir xil bo‘ladi deb qaraladi. O‘tkazuvchan ko‘prik effektini va kompo- nentalari xaotik taqsimlangan bir jinssiz matritsalarda sakrab o‘tkazuvchanlikni mavjudligi oqim nazariyasi deb nom olgan tadqiqot usuli yordamida muvaffaqiyatli modellashtiriladi. Oqim 157 nazariyasi o‘tkazmaydigan muhitda o‘tkazuvchan komponentni xaotik taqsimotini qarab o‘tadi va effektiv issiqlik o‘tkazuvchan- likni konsentratsion bog‘lanishini beradi ( ). ( ) , bu yerda o‘tkazuvchan komponent issiqlik o‘tkazuvchanligi; o‘tkazuvchan muhit hajmiy konsentratsi- yasi; o‘tkazuvchan muhit kritik konsentratsiyasi bo‘lib, undan yuqorida ular zarralari tutashuvini hisobga olish zarur. Taxminan . Tajriba natijalari kvazisferik shakldagi yuqori dispers izotrop to‘ldiruvchi zarralar holi uchun umumlashgan o‘tkazuv- chanlik modeli bo‘yicha hisoblangan nazariy hisoblashlar bilan qoniqarli darajada mos keladi (4.20-rasm): Download 3.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling