A. V. Umarov, G’. I. Muxamedov, X. O. Qo’chqorov // Polimerli kompozit materiallar fizikasi
Download 3.62 Mb. Pdf ko'rish
|
Polimer kompozitlar fizikasi-Umarov compressed
244 a b 5.31-rasm. a) Nikel – rux ferriti asosidagi KM uchun ' kattalikni to’ldiruvchi miqdoriga bog’lanishi. b) Nikel–rux ferriti asosli KM uchun ni to’ldiruvchi zarrasi o’lchamlari bilan bog’lanishi. V bob bo’yicha nazorat savollari 1. Perkolyatsiya nazariyasi nimaga asoslangan? 2. Anizotroplikni izohlang. 3. Metal–izolyator tutashuvi sohasida potensial to‘siqni yuzaga keltiruvchi sabablarni tushuntiring. 4. KM va polimerlardagi elektrostatika munosabatlarini tushuntiring. 5. Molekulyar qutblanishni tashkil etuvchi guruhlarni tasniflang. 6. Polimerlarni nisbiy dielektrik kirituvchanligini tushun- tiring. 7. Qutbsiz va qutbli polimerlarni qanday tushunasiz? 8. Dielektrik kirituvchanlik va dielektrik isrofni tushuntiring. 9. Reaksiya tezligi qaysi tenglamaga bo‘y sunadi? Teng- lamani tushuntiring. 245 10. Dielektrik kirituvchanlik va isrofning chastotaviy va haroratli bog‘lanishlarini diagrammalarda tushuntiring. 11. Maksvel- Vagner effektini tushuntiring. 12. Elektrodli qutblanish effekti qanday kuzatiladi? 13. Cho‘ziq o‘tkazuvchan to‘ldiruvchili kompozitlarni dielektrik xossalarini ta‘riflang. 14. Effektiv muhit nazariyasidan foydalanib, kompozit materiallarning magnit xossalarini tushuntiring. 246 VI BOB. KOMPOZITLARNI MODELLASHTIRISH 6.1. Kompozit xossalarini modellashtirish Kompozitlarning qo‘llanilish sohasi (mashinosozlik, qurilish, aviasozlik, kosmonavtika va boshqa texnika sohalarida) tobora kengayib bormoqda. Bu esa kompozit materiallarni tayyorlash, ularning komponentalarini analitik tahlil qilish va fizik-kimyoviy xossalarini o‘rganishni dolzarbligini ko‘rsatadi. Tajriba orqali izlanishlar olib borishda maxsus sharoit, uzoq vaqt sarflanishi, asbob-uskuna va komponentalar narxi qimmatligi va h.k. kabi ma‘lum bir qiyinchiliklarga duch kelinadi. Ushbu qiyinchiliklarni oldini olish uchun optimal matematik modellashtirish usullari orqali kompozitsion materiallarning xossalarini hisoblab o‘rganish katta ahamiyatga ega. Real kompozitsion materiallar uch va undan ko‘p bo‘lgan fazali sistemalar bo‘lib, faza sifatida to‘ldiruvchi va matritsa orasidagi o‘tish qatlami olinadi. Materialning berilgan xossalarini amalga oshirishga ko‘proq imkon beruvchi sistemalar – bu real ko‘p komponentli geterogen sistemalar hisoblanadi. Adabiyotlardan ma‘lumki, turli fizik jarayonlarning guruhi quyidagi turdagi tenglama bilan xarakterlanadi: Download 3.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling