A. V. Umarov, G’. I. Muxamedov, X. O. Qo’chqorov // Polimerli kompozit materiallar fizikasi
-rasm. Dielektrikda molekulyar qutblanish dispersiyasi
Download 3.62 Mb. Pdf ko'rish
|
Polimer kompozitlar fizikasi-Umarov compressed
5.13-rasm. Dielektrikda molekulyar qutblanish dispersiyasi.
Har bir molekulaga ta‘sir etuvchi lokal maydonni bilgan holda qutblanishga beradigan individual ulushni hisoblash mumkin: 195 ⃗⃗ To‘la qutblanish ko‘rinishi: ⃗ ⃗⃗ ; Har ikkisidan Klauzius-Mosotti munosabatini olamiz: . Agar moddaning molekulyar massasi, uning zichligi ρ bo‘lsa, bu munosabatni qayta quyidagicha yozish mumkin: Bu yerda - Avagadro soni, kattalikka molyar qutblanish deyiladi va u hajm birligiga ega. Qilingan yaqinlashishlar doirasida molyar qutblanish berilgan material uchun doimiy bo‘ladi va harorat va bosimga bog‘liq bo‘lmaydi. Bu ta‘kidni gaz va bug‘larga ham o‘rinli deyish mumkin, agar molekulalararo ta‘sir o‘rni bo‘lmasa, ya‘ni =0 o‘rinlidir. Eslatib o‘tamiz, biz hozirgacha tashqi maydonda dipollar yo‘nalish olishini hisobga olmadik. Bu qiyinchilikdan qutulish mumkin. Agar dielektrik kirituvchanlikning yuqori chastotadagi qiymati uchun yorug‘likning sindirish ko‘rsatkichi n 2 ni dielektrik kirituvchanlik bilan bog‘lovchi Maksvell tenglamasidan foyda- lansak, ya‘ni . Molekula yo‘nalish olishi juda sekin jarayon, uning shunday yuqori chastotada qutblanishdagi ulushi sezilarli bo‘lmaydi. Unda sindirish ko‘rsatkich orqali yozib, materialni molyar refraksiyasi deb ataluvchi kattalikni olamiz. 196 Bu tenglama Lorens-Lorens tenglamasi nomi bilan ataladi va u molekulyar qutblanishni makroskopik kuzatiluvchan kattaliklar orqali hisoblash imkonini beradi. Bunda muhimi, sindirish ko‘rsatkichi qiymatini rezonans yutilish sohadan tashqari sohada olinishi kerak, chunki bu sohada u anomal katta bo‘ladi. Agar sindirish ko‘rsatkichi optik chastotalarda olinsa, qutblanish faqat elektronli bo‘ladi. Amalda shunday usulda olingan elektron qutblanish kattaligi kondensirlangan holdagi modda uchun harorat va bosimga bog‘liq bo‘lmaydi. Ya‘ni unda molekulalararo o‘zaro ta‘sir kuchlidir. Molyar qutblanishni foydali xossalaridan biri, bu uning additivligidir. Birinchi yaqinlashishda moleku- laning molyar refraksiyasini uning alohida qismlari ulushlarining yig‘indisi sifatida hisoblash mumkin. Bu tamoyilni ketma – ketlikda qo‘llab atomlar, ionlar va molekulalarning qatori uchun qutblanuvchanlik qiymatlarini olish mumkin. Organik birikmalar uchun simmetrik uglevodorodlar refraksiyasini ko‘rish ancha maxsulli bo‘ladi. Masalan, metan uchun to‘rtta C-H bog‘ refraksiyasi yig‘indisini olinishiga o‘xshash hollarda. Download 3.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling