A. V. Umarov, G’. I. Muxamedov, X. O. Qo’chqorov // Polimerli kompozit materiallar fizikasi


 Polimerlarning nisbiy dielektrik kirituvchanligi


Download 3.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet89/134
Sana14.11.2023
Hajmi3.62 Mb.
#1772466
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   134
Bog'liq
Polimer kompozitlar fizikasi-Umarov compressed

5.6. Polimerlarning nisbiy dielektrik kirituvchanligi 
Oldingi qismlarda polimerlar dielektrik kirituvchanligiga 
bog‘liq bo‘lgan omillarni tushunish uchun zarur bo‘lgan nazariy 
asoslar bayon etildi. Unda albatta qutblanuvchan element sifatida 
barcha makromolekulalarni emas, balki, uning takrorlanuvchi 
bo‘lagini qarab o‘tish qulay edi. Ko‘plab polimerlar uchun 
polimerlanish darajasi yuzdan ortiq, shuning uchun ko‘p hollarda 
oxirgi guruhlarni ta‘sirini hisobga olmasa ham bo‘ladi. Bundagi 
segmentni harakatchanligiga qo‘yiladigan asosiy cheklov uni 
polimer zanjir bilan kimyoviy bog‘lanishiga, hamda molekula 
ichidagi kuchli tartiblanishga qo‘yiladi. Yoki segmentlarni zanjir 
bo‘ylab o‘zaro korrelatsiyasi molekula ichiga g omil kiritilishi 
bilan formal ravishda hisobga olinadi. Quyida umumiy yaqinla-
shishdan foydalanish misollari keltiriladi. Lekin dastlab polimer-


197 
larni dielektrik xossalarini fizik tabiatini tushunishga imkon 
beruvchi qator sodda asosiy tamoyillari bilan tanishib o‘tamiz.
5.7. Qutbsiz polimerlar 
 
 
Qutbsiz polimer vakili masalan, polietilenni 
ko‘rib o‘taylik. Polietilenning qattiq holdagi 
zichligi 0,92 dan 0,99 Mg/m
3
atrofida tebranadi va asosiy zanjir 
tarmoqlanish darajasiga bog‘liq bo‘ladi, u esa o‘z navbatida 
polimerning kristallanish darajasini belgilaydi. Klauzius-Mosotti 
munosabatini ushbu misolda tog‘riligini tekshiramiz. Qutblanish 
bog‘lari qiymatidan foydalanib 
- guruh to‘plami uchun 
Klauzius-Mosotti munosabati quyidagi ko‘rinishda yoziladi:
bu yerda K=0,327∙10
-3
D ya‘ni 
D. 
O‘lchashlar dielektrik kirituvchanlikni zichlikka bog‘lanishi 
chiziqli xarakterga ega ekanini isbotlaydi. Undan tashqari 
tajribada olingan K ning 0,326 ga teng qiymatini hisoblashdan 
olingan 0,327 qiymat bilan mosligini juda yaxshi moslik deyish 
mumkin. 

Download 3.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling