A. V. Vahobov, T. S. Malikov
va chakana baholardan iborat bo'ladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida
Download 5.09 Mb. Pdf ko'rish
|
va chakana baholardan iborat bo'ladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida tovar ishlab chiqaruvchilar tabaqalashtirilgan baholardan iste’m ol- chilarning turli guruhlari uchun foydalanadi. Bunda, albatta, ishlab chiqaruvchi sotib oluvchilarning har bir guruhi uchun maksimal baholami o'rnatishga harakat qiladi. Bunday baho sotib oluvchining rezervlashtirilgan bahosi deyiladi. Rezervlashtirilgan bahoning sotib oluvchilar daromadlariga bog‘liq ravishda o ‘matilishi bahoning ideal diversifikatsiyasi deb ataladi. Tabaqalashtirilgan baholar sotib olinayotgan tovarlaming miqdoriga b ogiiq ravishda ham o'rnatilishi mumkin. Bunga muvofiq ravishda tovarlaming kichik partiyalari va bir martalik buyumlar uchun baholar yuqori, ular yirik partiyada sotib olinganda esa baholaming darajasi ancha pasaytirilishi mumkin. Baholaming har bir turi ularga tegishli b oigan shakllantirish va foydalanish xususiyatlariga ega. Masalan, XYuSlarning ulguiji baholari sanoat tovarlarining turli guruhlariga tegishli boigan o ‘ziga xos belgilar bilan xarakterlanadi. Energiyatashuvchilaming bahosi, o ‘z navbatida, boshqalardan tashqari, resurslami tejab-tergash siyosatini amalga oshirishda muhim iqtisodiy richag b o iib hisoblanadi. Aniq baho o ‘zida ma’lum bir elementlarni mujassam etadi. Ularning aham iyati absolyut ifodalanishda bahoning tarkibi, •birlikning qismi yoki foizlarda ifodalangan baho tarkibidagi har bir elem entning salmog'i esa bahoning tarkibiy tuzilmasi deb ataladi. Baholam ing namunaviy tarkibiy tuzilmasi quyida keltirilgan: UB* = T + F A Bu yerda: UB*— XYuSning ulgurji bahosi; T — mahsulot tannarxi; F* - XYuSning foydasi. UB = U B + S + UT m и Bu yerda: Bm - tarmoq ulguiji bahosi; U B — XYuSning ulgurji bahosi; S — soliqlar (qo‘shilgan qiymat solig'i, aksizlar, sotuv solig‘i va boshqalar); UTB — ulgurji-ta’m inot ustamalari (ta’minot va transport xarajatlari, ta’minot XYuSining foydasi). ChB = U B + S m и Bu yerda: ChB — chakana baho; U B m — tarmoq ulguiji bahosi; S B — savdo ustamasi (m uom ala xarajatlari, savdo XYuSining foydasi). Bahoning m inim al chegarasini ishlab chiqarish chiqim lari aniqlab beradi. Ularning puldagi ifodasini mahsulot tannarxi deb atash qabul qilingan. Foyda bahoning majburiy elmenti hisoblanadi. XYuS foyda hisobidan dividentlarni to'laydi, ishlab chiqarishni kengaytiradi va modemizatsiya qiladi, kadrlarni tayyorlashni amalga oshiradi, ijtimoiy sohaga mablag‘larni ajratadi. Foyda bahoning muhim elem enti hisoblanib, XYuSning m oliyaviy-iqtisodiy ahvoli uning hajmi (miqdori)ga bevosita bog'liq. Tovariar vositachilar (ta’m inot—ta ’minlash, savdo—sotib olish XYuSlari va tashkilotlari hamda boshqa vositachilik firmalari) orqali realizatsiya qilinganda bahoda vositachining ustamasi o'z aksini topadiki, u vositachilik qilganligi uchun komission yig'im lam i, vositachining transport va boshqa xarajatlarini, uning qo'shilgan qiymat solig'i va foydasini o'zida aks ettiradi. Savdo ustamasi savdo tashkilotlarining mahsulotni realizatsiya qilish bilan bog'liq bo'lgan xarajatlarini (muomala xarajatlarini) va ularning foydasini qamrab oladi. H ozirgi paytda savdo ustamalari markazlashtirilgan tarzda tasdiqlanmaydi, ijtimoiy ahamiyatga ega b o'lgan alohida tovariar b o'yich a ularning yuqori chegarasi mintaqaning mahalliy m a’muriyati tom onidan belgilanadi. Baho yuqorida sanab o'tilgan barcha elem entlarni o'zida mujassam etm asligi ham m um kin. M asalan, qishloq xo'jaligi mahsulotlarini sotib olish bahosida qo'shilgan qiymat solig'i mavjud em as. Shu nin gdek, barcha tovariar ham aksizosti tovarlari bo'lavermaydi, ayrim tovariar esa vositachilarsiz to'g'ridan-to'g'ri iste’molchilarga sotiladi. X ilm a -x il b o 'lish ig a q aram asd an, b o zo r b aholari erkin iqtisodiyotda talab va taklifga m uvofiq ravishda o 'm a tila d i. Hukumatning baholarni shakllantirish tizimiga aralashuvi (bunday deyilganda, odatda, tovarlarga baholarni shakllantirish jarayoni va baholar tizimi tushuniladi), jahon amaliyotining ko'rsatishicha, ko‘pchilik hollarda, iqtisodiy vaziyatni murakkablashtiradi. Buning sababi shundaki, davlat organlari, odatda, o'zlarining biznesga ishtirok etishlari natijasida qo'shimcha xarajatlarni vujudga keltiradi. Baholarni aniqlashning turli-tuman konsepsiyalari mavjud. Ularning asosiylari quyidagilardan iborat: • sof qiymat asosida baholarni aniqlash (muallifi G.S.Strumilin); • b ah olarn i o 'r ta la sh tir ilg a n q iy m a t a so sid a an iq la sh (D.D.Kondratov); • takror ishlab chiqarish baholari (V.S.N em chinov); • ob’ektiv asoslangan tarzda baholash (L.S.Kantorovich); • oxirgi xarajatlarning baholari (S.S.Shatalin). • va boshqalar. Bahoni hisoblash (aniqlash)ning «o'rtacha xarajatlar va foyda» metodi o'z asosiga ishlab chiqarishning o'rtacha chiqimlari va ustamasini oladi. Bunda baho ishlab chiqarish chiqim lari va foydaning yig'indisi sifatida qaraladi. Bu yerda foydaning qismlari esa foydalanilayotgan m ehnat va tabiiy resurslarga, kapitalga proporsional ravishda aniqlanadi. Bu metodga ko'ra mehnatning qiymati bahoning asosi bo'lib xizmat qiladi. Bunday yondoshuv erkin bozor tizimi nuqtai-nazaridan o'zini oqlamaydi, chunki ko'p XYuSlar o'z tovarlarini yuqori bahoga ega bo'lishga intilib, xarajatlar va foyda bilan baholamasdan, balki xilma- xil omillarni hisobga olgan holda baholaydi. Xolbuki, amaliyotda ana shunday bo'lishi mumkin ekan. Har holda buni neoklassiklar tasdiqlaydi. Ularning qarashlaricha, n e ’m atlami ishlab chiqarish va realizatsiya qilish xarajatlari shu mahsulotni sotib olish kerakligi yoki yo'qligi xususidagi iste’m olchining tegishli qarori bilan hech qanday umumiy jihati yo'q. Bu joyda uni haqiqatdan ham tashvishga soladigan narsa iste’moldagi optimallilikdir. Agar u shu tovarni o'z ehtiyojlarini qondirish uchun yuqori sifatli deb e’tirof etsa, baholarni qoplashga mo'ljallangan xarajatlarni (bu yerda yana shu narsani ham hisobga olish kerakki, u o'zining ish haqiga bu mahsulotdan tashqari yana boshqa bir qancha mahsulotlami ham sotib olishi kerak) asosli deb hisoblasa, u holda u shu mahsulot o'zida mujassam etgan foydalilikka (naflilikka) asoslangan holda qaror qabul qiladi. Tovarda m ujassam langan foydalilikni esa hyech qachon shu m ahsulotni ishlab chiqarish qiymatiga tenglashtirib boMmaydi. Shuning uchun ham baholarni shakllantirishning ikkinchi metodini «bozor nimani ko'rsatsa», deb xarakterlash qabul qilingan. Bahoni zararsizlik va maqsadli foydani ta’minlash asosida hisoblash m etodi ham m a’lum. Uning asosida zararsizlik grafigi yoki kutilayotgan foydani ta’minlashning tijoriy biznes-rejalashtirish yotadi. Boshqa hollarda baho chiqariladigan tovarning unikalligi (antiqaligi) asosida o ‘rnatiladi. Bu yerda baho o ‘rnatilayotgan paytda nafaqat ishlab chiqarish chiqimlari, balki tovarning sotib oluvchi uchun qadr-qimmati ham inobatga olinadi. K o'pchilik hollarda baholar preyskurant baholar asosida aniqlanadi. Bunday metodni amalga oshirish jarayonida savdolashish imkoniyati mavjud bo'ladi. Individual sotib oluvchilar uchun buning ahamiyati kamroq boMsa-da, ulguiji sotib oluvchilar uchun bu narsa katta ahamiyatga ega bo'lib, baholam ing um um iy darajasiga o'z ta’sirini, albatta, ko'rsatadi. B a h o n i a n iq la sh n in g raqobat sa v d o lari orq a li m eto d i XYuSlarning pudrat uchun kurashuvi sharoitida qo'llaniladi. Bunda XYuS raqobatchilaming kutilayotgan baho takliflarini hisobga oladi. U o'zining oldiga shartnomani qo'lga kiritishni maqsad qilib qo'ygan ekan, boshqa raqobatchilarga nisbatan pastroq bo'lgan bahoni so'raydi. Bahoni o'rnatish jarayonida faqat iqtisodiy momentlarni emas, balki psixologik momentlarni ham inobatga olmoq lozim. Baholarni shakllantirish borasidagi davlatning tartibga keltiruvchi rolini, daro madlardan olinadigan soliqlar va yana ko'p narsalami ham unut- maslik kerak. Shuningdek, baholarni shakllantirishning tarmoq xususiyatlarini hisobga olish ham muhim ahamiyat kasb etadi. Qish loq xo'jaligida, masalan, baholaming, m inimum deganda, quyidagi uch yo'nalishi rivojlanadi: • markazlashtirilgan yo'nalish (mahsulotlar muhim turlarining cheklangan doirasiga mo'ljallangan); • ulgurji-shartnomaviy yo'nalish (ishlab chiqarishga mo'ljallan gan tovarlarni ishlab chiqaruvchi va iste’m olchi XYuSlar o'rtasida); • ishlab chiqaruvchilar va savdo o'rtasidagi yo'nalish (xalq iste’m oli noiste’mol tovarlari va kooperatsiyaga tayyorlashlarga mo'ljallangan). Yuqoridagilardan tashqari, boshqa barcha tovarlarga va shuning dek, o ‘z savdo tarmog‘i mahsulotlari uchun alohida xo'jaliklar tomonidan bahoni mustaqil ravishda o'rnatish hollari ham mavjud. Baholarni shakllantirishda xarajatli yondashuv m etodida XYuSning tovarlarni ishlab chiqarish va realizatsiya qilish haqiqiy xarajatlari asosiy tayanch nuqta sifatida qabul qilinadi. Baholarni shakllantirishning bu metodi tarixiy jihatdan eng qadimgi (eski) va eng ishonchli hisoblanadi. Uning asosida XYuS mahsulotni ishlab chiqarish va realizatsiya qilish xarajatlarining buxgalteriya hujjatlari bilan tasdiqlangan (isbot qilingan) xarajatlaridan iborat bo'lgan haqiqiy kategoriya yotadi. M a’lum darajada bunday yondashuvning obro'si baholam i shakllantirishni barcha xarajatlarga normal daro madlami to'liq olish va ularning ishlab chiqarilgan tovariar o'rtasida to'g'ri taqsimlanishining XYuS uchun zarurligini nazarda tutuvchi iqtisodiy nazariya orqali qo'llab-quwatlanishi bilan belgilanadi. Biroq baholarni shakllantirishning xarajatli m etodi ba’zi bir kamchiliklarga ega. Xususan, ko'p hollarda mahsulot birligiga to'g'ri keluvchi xarajatlarning salmog'ini, bu narsa ushbu yondashuvga ko'ra bahoning asosi bo'lishiga qaramasdan, baho o'rnatilganiga (aniqlanganiga, belgilanganiga) qadar uni aniqlashning iloji yo'q. M ahsulotni realizatsiya qilishning bozorni tashkil etishda bahoning darajasini ishlab chiqarish ko'lami va sotish hajmi aniqlab beradi. Iqtisodiy nazariya va buxgalteriya hisobiga ko'ra, mahsulot birligini ishlab chiqarishga qilingan xarajatlarning salmog'i ishlab chiqarish miqyosiga to'g'ridan-to'g'ri bog'liq. M ahsulotni ishlab chiqarish hajmi ortsa, bir buyumga to'g'ri keluvchi doimiy xarajatlar summasi va uni ishlab chiqarishga sarflangan xarajatlarning umumiy miqdori kamayadi. Baholarni shakllantirishga yondashuvlarni taqqoslash quyidagi xulosani chiqarishga imkon beradi: savodli menejer, bu sohadagi uning qarori haqiqiy xarajatlarni qoplash va faoliyatning tarkib topgan sharoitlarida ko'zda tutilgan foydaning tegishli o'lcham ini olishning zarurligi bilan belgilangan bir paytda, baholami shakllantirishning passiv yo'liga turmasligi kerak. Bu yerda passiv baholarni shakllantirish deyilganda baholarni qat’iy tarzda xarajatlar m etodi asosida yoki raqobatchilaming bahoviy qarorlari ta’siri ostida o ‘rnatilishi nazarda tutilayapti. Hozirgi sharoitda baholam i shakllantirishdagi eng oqilona yondashuvlardan biri baholarni faol shakllantirish hisoblanadi. U realizatsiyani boshqarish siyosati doirasida eng foydali (qulay) ishlab chiqarish hajmi, ishlab chiqarishning 0 ‘rtacha xarajatlari va operatsiyalar foydaliligining maqsadli darajasiga erishish maqsadida baholaming o ‘matilishini ko‘zda tutadi. Baholarni boshqarish orqali realizatsiya (sotish)ning kerakli hajmi va unga mos keladigan o ‘rtacha xarajatlarning miqdoriga erishiladiki, bu narsa oxir oqibatda, XYuSni operatsiyalar foydaliligining ko‘zda tutilgan darajasiga olib chiqadi. M uammoni hal etishga bunday yondashuv baholarni shakllan tirish xarajatli m etodining «kasal» joyidan — «kuchsiz» bozorlarda (kon’yunkturasi yom onlashib borayotgan bozorlarda) juda yuqori baholarni yoki «kuchli» bozorlarda (talab o'sib borayotgan bozor larda) juda past baholarni o ‘rnatishdan — qochishga imkon beradi. Baholam i shakllantirishning xarajatli metodidan voz kechish oson ish emas. Chunki bu narsa XYuSlarning menejerlaridan yangi mahsulotni ishlab chiqarishga investitsiyalar boshlangunga qadar baho b o ‘yicha ulam ing pozitsiyalarini aniqlashni taqoza etadi. B uning uchun yangi buyum lam i yaratish algoritm ini to 'liq o ‘zgartirish, baholarni shakllantirishning qimmatli yondashuviga o ‘tish kerak. Baholarni qimmatli shakllantirish b a h o la r n i sh u n d a y o ‘matilishini taqoza etadiki, unga ko'ra bu narsa XYuSning yuqori foyda olishini «baho/xarajatlar» qulay (foydali) nisbatiga erishish hisobidan ta’m inlam og'i kerak. Buning uchun, eng avvalo, tovar uchun sotib oluvchi qanday bahoni to'lashga tayyor ekanligini bilmoq lozim . Albatta, turli holatlarning ta’siri mavjud bo'lganligi uchun uni aniqlash ancha murakkab hisoblanadi. Tajribali sotib oluvchilar tovar uchun to'lashga tayyor bo'lgan haqiqiy summalarini kamdan-kam hollardagina aytadilar. Ayniqsa, bu borada firmalami ta’m inlovchi faoliyat bilan kasbiy shug'ulla- nuvchilar alohida ajralib turadi. Agar o'zlari xaridor bo'layotgan tegish li tovariar baholarining o'zgarib turishi m um kinligini tushunsalar, ular faqat kerakli tovarning haqiqiy b a h o sin i yashiribgina qolmasdan, balki bu xususida ishlab chiqaruvchini ongli ravishda chalg'itish usullarini ham qidirib topishga harakat qiladilar. B unday v a ziy a td a ish lab ch iq a ru v ch i m a r k e to lo g la r in in g iste’molchilar bilan aloqalari asosida qurilgan barcha urinishlari «tadbirkor» ta’minotchilar tom onidan ongli ravishda «tashlangan» dezinformatsiya orqali yo'qqa chiqarilishi mumkin. Shuning uchun ham bunday vaziyatda XYuS ta’m inotchisi mutaxassisining asosiy vazifasi sotib oluvchilar to'lashga tayyor bo'lgan bahoda katta miqdordagi buyurtmalami olmaslik bilan belgilanadi. XYuS marketologi va ta’ minotchilarning o ‘ziga xos bo'lgan «san’ati» sotib oluvchilardan tovarning haqiqiy bahosini o'zida iloji boricha ko'proq aks ettirishi mumkin boigan bahoda to'lashga ko'proq tayyor ekanliklariga erishish orqali ifodalanadi. Bir vaqtning o'zida, firmaning yangi mahsulotini qanday bahoda sotib olishga tayyor ekanliklari xususida sotib oluvchilarga murojaat qilish hato hisoblanadi. Sotib oluvchilar bunday vaziyatda yangi tovarni yetarli darajada baholay olmasligi va uning bahosini iloji boricha pasaytirishga harakat qilishlari tufayli ulaming yuqoridagi savolga javoblari hamma vaqt ham amaliy ahamiyatga ega boiavermaydi. Hayotda sotuvning haqiqiy bahosi marketing tadqiqotlarining natijalari bilan kamdan-kam hollardagina bir-biriga m os tushadi. 12.3. Xo'jalik yurituvchi sub’ekt marketing strategiyasining moliyaviy jihatlari Agar mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining 5 yoki 10 yilga mo'ljallangan ilmiy asoslangan istiqboli oldindan oqilona tarzda aniqlangan bo'lsa, baho strategiyasini mustahkam egallash mumkin. Aks holda faqat hozirgi paytda ishlab chiqarilayotgan tovarlaming emas, balki ilmiy-texnika taraqqiyoti va ishlab chiqarishning tarkibiy tuzilmasidagi ilg'or o'zgarishlar ta’siri ostida yaratilishi lozim b oigan yangi barcha buyumlar bahosining dinamikasini ham ko'proq yoki ozroq aniqlikda ko'rish imkoniyati murakkabligicha qolaveradi. M aium ki, iqtisodiy jihatdan yuqori sur’atlarda taraqqiy etgan mam- lakatlarning barchasida erkin baholar, odatda, davlat tom onidan tartibga solinadigan baholar bilan oqilona qo'shib olib boriladi. XYuSlar marketing strategiyasining moliyaviy jihatlari raqobat sharoitida bozordagi baho bozor iqtisodiyotining asosiy bo'g'iniga bogMiq boMmagan omillar asosida ustuvor ravishda shakllanishini va u uchun, asosan, topshirilgan oMcham ekanligini nazarda tutadi. XYuSning bozor muhiti bozor tashqi omillari va shart-sharoitlari hamda nobozoriy xo'jalik aloqalar majmuidan iborat bo'lib, ular iqtisodiyot asosiy bo'g'ini faoliyatining samaradorligini, uning maqsadli strategiyasi va tadbirkorlik muhitidagi xatti-harakati taktikasining amalga oshirilishini ko'zda tutadi. Baholarni shakllantirish masalalarini hal etish uchun raqobat muhitini tahlil qila borib, XYuSning tegishli xizmatlari mahsulotlami yetkazib berish (ta’minlash) va ularni realizatsiya qilish (sotish) baholarini o'rganishi (1), soliqlar va boshqa to'lovlarni inobatga olgan holda XYuSning ishlab chiqarish va sotish chiqimlari, mol yetkazib berish shartlari va XYuSni ishlab chiqarish om illari bilan ta’minlashga baho berishi (2), amalga oshirilayotgan tadbirlar va faoliyat yoppasining samaradorligini o'lchab ko'rishi (3) kerak. Ana shu yuqoridagi uch yo'nalishlar XYuS faoliyat ko'rsatishi- ning mikromuhitini xarakterlab, u biroq XYuS faoliyatining um um iy sharoitlarini cheklamaydi. XYuS faoliyatining umumiy sharoitlarini makromuhit deb e ’tirof etish qabul qilingan bo'lib, u o 'z ichiga quyidagilami qamrab oladi: • inflyasion omillar, shu jumladan inflyasion kutilishlar; • ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlardagi o'zgarishlar (mehnat, shu sohadagi nobarqarorlashtiruvchi holatlar, siyosiy omillarni ham qo'shib hisoblaganda); • davlat va mahalliy hokimiyat organlarining moliyaviy, soliq va pul-kredit siyosati); • baholarni davlat to m o n id a n tartibga so lis h so h a sid a ko'riladigan (qabul qilinadigan) choralar; • XYuSning bozorda faoliyat ko'rsatishini qonuniy ta’minlashga qaratilgan o'zgarishlar. Download 5.09 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling