A. V. Vahobov, T. S. Malikov
Download 5.09 Mb. Pdf ko'rish
|
boshqalar kiradi. Soliqsiz daromadlar davlatga tegishli bo'lgan korxona va tashkilotlardan olinadigan to'lovlardir. Davlat mulkiga aylanadigan va qaytarilishi talab etilmaydigan mablag'lar ham byudjetning daromadlari bo'lishi mumkin. Biroq ayrim to'lovlar davlatning ixtiyoriga vaqtinchalik foydanish uchun o'tkazilishi ham mumkin. Bunday holda davlat olingan mablag'lami sarf etsa-da, bu mablag'lami belgilangan muddatlarda va to'liq ravishda qaytarishga majbur. Ana shunday byudjet daromadlarining ko'rinishlaridan biri davlat obligatsiyalarini realizatsiya qilishdan olingan tushumlar hisoblanadi^Byudjet daromadlariga ular shartli ravishda, faqat shu yilning byudjeti daromadlari nuqtai nazaridan kiritilishi mumkin, I Byudjetlarning barcha daromadlari u yoki bu byudjetlarga biriictirilishiga qarab ikkiga bo'linishi mumkin: 1) byudjetning o'z daromadlari; 2) byudjetning tartibga keltiruvchi daromadlari^ Mamlakat soliq qonunchiligiga muvofiq doimiy asosda tegishli byudjetga to‘liq yoki qisman biriktirilgan daromadlar byudjetning o ‘z daromadlari deyiladi. Ularga tegishli byudjetlarga biriktirilgan soliqli va soliqsiz daromadlar kiradi. Navbatdagi moliyaviy yil (yoki uzoq muddatli davr asosida, odatda 3 yildan kam bo‘lmagan holda) uchun boshqa darajadagi byudjetlarga ajratmalar normativi o ‘rnatiladigan soliqlar va boshqa to'lovlar byudjetning tartibga keltiruvchi daromadlari deyiladi. Byudjet daromadlarining deyarli barchasi sarflanish nuqtai nazaridan oldindan mo'ljallangan maqsadlarga ega emas. Ular umumiy fondga tushiriladi va ulardan odatdagi moliyalashtirish tartibida foydalaniladi. Byudjet daromadlarining faqat ba’zi birlarigina oldindan belgilangan maqsadlar uchun mo'ljallangan. Ularning tarkibiga ijtimoiy sug'urta badallarini kiritish mumkin. Soliqlar, to'lovlar, yig'imlar, bojlar va majburiy ajratmalarning alohida shakllari va turlarining yig'indisi byudjet daromadlarining yagona tizimini shakllantiradi. Turli sub’ektlardan kelib tushadigan byudjet daromadlari umumdavlat ehtiyojlarini ta’minlab, bir-biri bilan o'zaro bog'langandir. ’ Byudjet daromadlarining tarkibi va uning tuzilmasi doimiy bo'lmasdan, mamlakat taraqqiyoti va davlat oldidagi vazifalarning o'zgarishiga muvofiq ravishda o'zgarib boradi. Masalan, keyingi yillarda O'zbekiston Respublikasi Davlat byudjetining daromadlari uchun quyidagi tarkib va tuzilma shakllangan: mamlakatimiz Davlat byudjetining daromadlari so'nggi yillarda to'g'ri (bevosita) soliqlar, egri (bilvosita) va resurs to'lovlari va mol-mulk solig'i, ustama foydadan olinadigan soliq, obodonlashtirish va ijtimoiy infratu zilmani rivojlantirish uchun soliq va boshqa daromadlardan tarkib topm oqda. D avlatim iz byudjetining darom adlarini tarkibiy tuzilmasida egri (bilvosita) soliqlar, ya’ni qo'shilgan qiymat solig'i, aksizlar, bojxona bojlari, jismoniy shaxslardan olinadigan yagona boj to'lovi va transport vositalari uchun benzin, dizel yoqilg'isi va gaz iste’moliga jismoniy shaxslardan olinadigan soliqlar hal qiluvchi rol o'ynamoqda. Aynan shu guruhga kiruvchi soliqlar hisobidan Davlat byudjeti daromadlarining yarmi (50,23%) shakllanayapti. Bu soliqlar orasida qo'shilgan qiymat solig'i (28,15%) va aksizlar (16,47%) Davlat byudjeti daromadlarini shakllantirishda alohida ahamiyatga egadir. Birgina qo'shilgan qiymat solig'i yordamida Davlat byudjeti daromadlarining 1/4 qismidan ko'prog'i shakl- lanayotganligi bu soliqning byudjet daromadlari tuzilmasidagi o'mi qanday ekanligini yaqqol ko'rsatayapti. Shuningdek, Davlat byudjeti darom adlarining tarkibiy tuzilmasida to'g'ri (bevosita) soliqlar ham o'z o'rniga ega. Ular yordamida byudjet daromadlarining 1/4 qismi tashkil topayapti. Uning asosiy qismi (jami to'g'ri (bevosita) soliqlaming 49,4%) esa jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig'ining hissasiga to'g'ri kelayapti. Bu yerda yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig'i ham shu guruhga kiruvchi boshqa soliqlarga nisbatan byudjet daromadlarini shakllantirishda alohida rol (5,2%) o'ynamoqda. Resurs to'lovlari va mol-mulk solig'i yordamida Davlat byudjeti daromadlarining 15,95% tashkil topayapti. Uning asosiy qismi (shu guruhga kiruvchi soliqlaming 61,6%) yer osti boyliklaridan foyda langanlik uchun soliqqa to'g'ri kelayapti .j 16.3. Soliqlar va soliq tizimi ^Byudjet daromadlarini shakllantirishda soliqlar hal qiluvchi ahamiyatga ega. Yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli bo'lgan mablag'laming bir qismini davlat ixtiyoriga majburiy va qayta rilmaydigan tarzda o'tkazuvchi to'lovlarga soliqlar deyiladi. Ular mamlakat milliy daromadining bir qismi bo'lib, byudjet tizimining barcha bo'g'inlari bo'ylab jalb qilinadi, qonunga muvofiq oldindan belgilangan miqdorda va muddatlarda davlatning ixtiyoriga borib tushuvchi yuridik va jismoniy shaxslaming majburiy to'lovlaridan iboratdir. Soliqlar hisobidan davlatning funksiyalari va vazifalarini bajarish uchun moliyaviy asos yaratiladi] Soliqlarsiz davlat faoliyat ko'rsatolmaydi. Chunki ular bozor munosabatlari va xususiy mulkchilik hukmronligi sharoitida daromadlami byudjetga jalb qilishning asosiy metodi bo‘lib hisoblanadi. Jamiyat taraqqiyotining hozirgi bosqichida aholi keng qatlamlari daromadlarining 40% gachasi soliqlar orqali davlatning ixtiyoriga o ‘tmoqda. Mamlakatlar yalpi ichki (milliy) mahsuloti va milliy daromadida soliqlar salmog'i ortib, uning darajasi o'rtacha 18% dan 30—50% gacha yetib bordi. Soliqlar yalpi ichki mahsulot va uning tarkibiy qismi bo'lgan milliy daromadni qayta taqsimlashda ishtirok etib, yagona takror ishlab chiqarish jarayonining bir qismi, ishlab chiqarish munosabat larining o'ziga xos shakli hisoblanadi. Bular soliqlaming ijtimoiy mazmunini shakllantiradi. Soliqlar jamiyatdagi taqsimlash muno sabatlarining tarkibiy qismi sifatida ishlab chiqarish qonuniyatlarini o'zida ifoda etadi. Ijtimoiy mazmundan tashqari soliqlar moddiy asosga (maz munga) ham egadir, ya’ni ular jamiyatning davlat tomonidan jalb qilinadigan pul mablag'larining aniq summasini ham ifodalaydi. Milliy daromadni qayta taqsimlashda soliqlar davlat hokimiyat organlarini pul shaklidagi yangi qiymatning bir qismi bilan ta’min laydi. Majburiy ravishda va soliqlar shaklida^amlakatning butun aholisidan o'zlashtirilgan milliy daromadning bu qismi davlatning markazlashtirilgan moliyaviy resurslari fondiga aylanadi. O'ziga xos tarzda majburiy chetlashtirishdan iborat bo'lgan bu jarayon ekviva lent almashuvsiz qiymatning bir tomonlama (soliq to'lovchidan davlatga) harakatini ifodalaydi. Davlatning soliqli daromadlari ishlab chiqarish jarayonida (mehnat, kapital va tabiiy resurslar ishtirokida) yaratilgan yangi qiymat hisobidan shakllantiriladi. Ular davlatning mulkiga aylanadi hamda harbiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy tadbirlarda foydalaniladi. Ishlab chiqarish munosabatlarining alohida sohasi (tarkibiy qismi) sifatida soliqlar qat’iy ichki xususiyatiari, rivojlanish qonu- niyatlari va namoyon bo'lishning farqlanuvchi shakllariga ega bo'lgan o'ziga xos tarzdagi iqtisodiy kategoriyadir. Soliqlar milliy daromad qiymatining bir qismining umumdavlat ehtiyojlari foydasiga olinishi jarayonida namoyon bo'ladigan va aniq mavjud pul munosabatlarini ifodalaydi. Soliq munosabatlari moliyaviy munosabatlaming tarkibiy qismi sifatida doimiy ravishda o'zgarishda bo'ladi. Soliqlar faqat iqtisodiy kategoriya bo'lib qolmasdan, bir vaqtning o'zida moliyaviy kategoriya hamdir. Ular moliyaviy munosabatiarga xos bo'lgan umumiy xususiyatlarni ifoda etadi, o'zining farqlanuvchi belgilari va xususiyatlariga, o'z harakat shakliga, ya’ni moliyaviy munosabatlaming barcha to'plamidan ajratib turadigan funksiya lariga ega. ] Soliqlaming funksiyalari ularning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati va ichki mazmunini ochib beradi. Hozirgi sharoitda soliqlar ikki funksiyani bajaradi: 1) Fiskal funksiya; 2) Tartibga solish (rag'batlantirish) funksiyasi. Bu funksiyalarning har biri soliqlaming moliyaviy kategoriya sifatida alohida tomonlarini namoyon etadi. Soliqlaming fiskal funksiyasi ulaming asosiy funksiyasi bo'lib, bu barcha davlatlar uchun /xarakterlidir. Bu funksiya yordamida davlat pul fondlari, ya’ni davlatning faoliyat ko'rsatishi uchun moddiy asos yaratiladi. Xuddi shu funksiyaning o'zi milliy daromad qiymatining bir qismini jamiyatning eng kam ta’minlangan ijtimoiy qatlamlari foydasiga qayta taqsimlash uchun real imkoniyatni vujudga keltiradi. Jamiyat rivojlanishi iqtisodiy darajasining oshib borishiga muvofiq ravishda soliqlami fiskal funksiyasining ahamiyati ham o'sib boradi. Insoniyat taraqqiyotining XX asri va XXI asrining boshlari soliqlami undirish hisobidan davlat daromadlarining juda katta o'sishi bilan xarakterlanadiki, bu narsa, o'z navbatida, davlat funksiyalarining kengayishi va hokimiyat tepasida bo'lgan ayrim ijtimoiy guruhlar tomonidan ma’lum bir siyosatning hayotga tatbiq etilishi bilan bog'liqdir. Keyingi yillarda davlat iqtisodiy va ijtimoiy tadbirlarga, mudofaa qobiliyatini mustahkamlash va boshqaruv apparatini saqlashga katta miqdordagi moliyaviy mablag'lami sarflamoqda. Ayniqsa, ikkinchi jahon urushidan so'ng dunyoning rivojlangan mamlakatlariga soliqli daromadlar o'sishining yuqori sur’atlari xos bo'lib, bu narsa faqatgina iqtisodiyotning tiklanishi bilan emas, balki o ‘tgan asrning 60-70-yillarida G'arbning juda ko‘p mamlakatlarida takror ishlab chiqarish sharoitlarining yomonlashuvi bilan ham izohlanadi. XX asming 80-yillari o'rtalarida soliq tushumlari sekinlashdi va ularning milliy daromaddagi salmog'i barqarorlashdi. Ammo, shunday bo'lishiga qaramasdan, milliy daromadni qayta taqsimlashda davlat salmog'ining yuqoriligi hamon saqlanib qolmoqda. Soliqlaming fiskal funksiyasi iqtisodiy munosabatlarga davlat ning aralashuvi uchun ob’ektiv shart-sharoit yaratadi, ya’ni u tartibga solish funksiyasini taqozo etadi. Tartibga solish (rag'batlantirish) funksiyasi qayta taqsimlash jarayonlarining faol ishtirokchisi sifatida soliqlaming takror ishlab chiqarishga uning sur’atlarini rag'batlantirib yoki to'sqinlik qilib, kapitalning jamg'arilishini kuchaytirib yoki susaytirib, aholining to'lovga qobiliyatli talabini kengaytirib yoki qisqartirib, keskin ta’sir ko'rsatishi mumkinligini anglatadi. Milliy daromadni jalb qilishning soliq metodini davlat tomonidan kengaytirilishi orqali soliqlaming ishlab chiqarish jarayoni ishtirokchilari bilan doimiy ravishda to'qnash kelishiga sabab b o'lib , bu narsa unga mamlakat iqtisodiyotiga va takror ishlab chiqarishning barcha bosqichlariga ta’sir ko'rsatishi uchun real imkoniyat yaratadi. Ilmiy-texnika taraqqiyoti sharoitida ishlab chiqarish kuchlari ning rivojlanishi davlatni ishlab chiqarish jarayoniga aralashuvi uchun ehtiyojni vujudga keltiradi. Bu narsa soliqni tartibga solishni (rag'batlantirishni) yangi pog'onaga ko'tardi. Daromadlami soliqqa tortishning kengayishi bilan korxonalaming foydasi va aholining daromadlari asosiy soliq ob’ektlariga, jismoniy va yuridik shaxslar esa, asosiy soliq sub’ektlariga aylanadi. Soliqlar jami talab darajasi va uning tuzilmasiga ta’sir ko'rsatadi. Ular, bir vaqtning o'zida, talabning bozor mexanizmi orqali ishlab chiqarishning rivojlanishiga ta’sir ko'rsatishi yoki uning rivojlanishiga to'sqinlik qilishi mumkin. Soliqlaming miqdori (hajmi) mehnatga haq to'lash darajasini aniqlashga ham o'z ta’sirini ko'rsatadi. Chunki ular soliq to'lovlarining tarkibiga kiritiladi. Tadbirkorlar uchun ishlab chiqarish quwatlarini realizatsiya qilish yoki ulardan foydalanish jarayonida hal qiluvchi ahamiyatga ega bo'lgan mahsulotlar va xizmatlar bahosi bilan ishlab chiqarish xarajatlari o'rtasidagi nisbat ham soliqlarga bog'liq. Soliqlar va ulaming funksiyalari bazis munosabatlarini o'zida aks ettiradi. Ulardan davlat soliq mexanizmini tashkil etadigan turli xildagi vositalar (soliq stavkalari, soliqqa tortish usullari, soliq imtiyozlari va shunga o'xshashlar) orqali soliq siyosatini yurgizishda foydalanadi. Soliqlaming asosiy elementlari quyidagilardan iborat: • soliq sub’ekti — qonun bo'yicha soliqni to'lovchi shaxs (yuridik yoki jismoniy); • soliq ob’ekti — mavjudligi egasini soliqqa tortishga asos bo'ladigan predmet (mol-mulk, yer va boshqalar); • soliq manbai — hisobidan soliq to'lanadigan daromad (ish haqi, foyda, foiz va boshqalar); • soliqqa tortish birligi — soliq ob ’ektini o'lchash birligi (masalan, yer solig'i bo'yicha yerning bir gektari); • soliq stavkasi — soliqqa tortish birligiga nisbatan o'matilgan soliqning miqdori (o'lchami). Ular regressiv, proporsional va progressiv stavkalarga bo'linganligi uchun soliqlar ham regressiv, proporsional va progressiv bo'ladi. Regressiv soliqlarda daromadning o'sib borishi bilan uni soliqqa tortish foizi kamayadi. Tovarlaming bahosidan undiriladigan egri (bilvosita) soliqlar doimo regressivdir. Proporsional soliqlarda daromadning miqdoriga (o'lchamiga) bog'liq bo'lmagan holda ular bii xil stavkada undiriladi. Progressiv soliqlarda esa daromadlaming ortib borishiga qarab soliqning stavkasi ham ortib boradi. Progressiyalar oddiy va murakkab bo'lishi mumkin. Oddiy progressiyada soliqning stavkasi daromadning barcha qismi uchun ortadi. Murakkab progressiyada esa soliq to'lovchining daromadi qismlarga bo'linadi va uning har bir qismiga nisbatan tegishli soliq stavkasi qo'llaniladi; • soliq tizimi — mamlakat territoriyasida amal qiladigan soliqlar, ularning tuzilishi metodlari va prinsiplari majmui. • soliq imtiyozlari — amaldagi qonunchilikka muvofiq soliq to'lovchini soliq to'lashdan to'liq yoki qisman ozod qilish; • soliqqa tortiladigan baza (asos, negiz) — unga nisbatan soliq stavkasi qo'llaniladigan daromad. Soliq to'lovchining yalpi daromadidan amaldagi qonunchilik bo'yicha taqdim etilgan soliq imtiyozlarini chegirish orqali aniqlanadi; • soliq okladi — uning sub’ekti tomonidan to'lanadigan soliq summasi; Soliqqa tortishni boshqarishning tashkiliy-huquqiy normalari va metodlari majmuiga soliq mexanizmi deyiladi. Davlat soliq mexanizmiga soliq qonunchiligi orqali yuridik shakl beradi va u orqali iqtisodiy jarayonlarga ta’sir ko'rsatib, uni tartibga solib turadi. Soliq mexanizmidan foydalanishning samaradorligi davlat tomonidan soliqlaming ichki mohiyati, ularning harakatlanish qonunlari va qarama-qarshiliklari qanday hisobga olinganligiga bog'liq. Bir tomondan, soliqlar va ularning funksiyalari, ikkinchi tomondan, soliq siyosati va soliq mexanizmining chegaralanganligi soliqlaming ob’ektivligini va davlat faoliyatining sub’ektivligini tushunishga imkon beradi. Soliq siyosati va soliq mexanizmi jamiyatda soliqlaming o'rnini aniqlab beradi va u davlatning faoliyati bilan uzviy bog'langandir. Ulaming har ikkalasi doimiy harakatda bo'lib, davlatning iqtisodiy siyosatiga bevosita bog'liq bo'ladi. Yangi iqtisodiy konsepsiyalarga muvofiq ravishda soliq siyosati va soliq mexanizmi qayta ko'rib chiqiladi. Umumdavlat soliqlari hamda mahalliy soliqlar va yig'imlar, ulami o'rnatish, o'zgartirish va bekor qilishning prinsip, shakl va metodlari, to'lash va ularning to'lanishini ta’minlash bo'yicha choralarni qo'llash, soliq nazoratini amalga oshirish, javobgarlikka tortish va soliq qonunchiligini buzganlik uchun javobgarlik choralari majmuiga soliq tizimi deyiladi. Zamonaviy soliq tizimi ijtimoiy- iqtisodiy rivojlanish istiqbollarini hisobga olgan holda bozor munosabatlarining talablariga asoslanadi. Zamonaviy soliq tizimi mamlakat hududida amal qiladigan soliqlar to'plamidan iborat bo'lib, soliqlaming ko'pligi bilan xarakterlanadi. Soliq to'lovchilar daromad solig'idan tashqari yana ko'plab egri (bilvosita) soliqlami, ijtimoiy sug'urtaga ajratmalar, mahalliy soliqlar va yig'imlami to'laydi. Soliq tizimining tarkibiy tuzilmasi davlat tuzilishiga bog'liq. Unitar davlatlarda soliq tizimi tarkibi quyidagicha: • davlat soliqlari; • mahalliy soliqlar va yigMmlar. Federativ davlatlarda esa soliq tizimi uch bo‘gMndan tarkib topadi: • davlat (federal) soliqlari; • federatsiya a’zolarining byudjetlariga biriktirilgan soliqlar; • mahalliy soliqlar va yigMmlar. Byudjetga tushumlarning katta qismini ta’minlaydigan asosiy soliqlar Davlat byudjetiga biriktiriladi. Odatda, bunday asosiy soliqlar tarkibiga quyidagilar kiritilishi mumkin: • qo'shilgan qiymat soligM; • aksizlar; • aholidan olinadigan daromad soligM; • korporatsiyalarning (korxonalaming) daromadidan (foyda sidan) olinadigan soliq; • bojxona bojlari. G'arbning rivojlangan mamlakatlarida byudjet daromadlarini shakllantirishda aholidan olinadigan daromad soligM muhim rol o'ynab, uning yordamida byudjet daromadlarining 25—45% tarkib topmoqda. Bu soliq murakkab progressiya prinsipi bo'yicha progressiv stavkalarda undiriladi. Daromad solig'i yordamida aholi daromadlari soliqqa tortilayotgan paytda soliqqa tortilmaydigan minimum (soliq to'lovchi daromadining soliqqa tortilmaydigan qismi) qo'llaniladi. Rivojlangan mamlakatlardagi soliqqa tortishga xos bo'lgan muhim tendensiyalardan biri korporatsiyalar (korxonalar) daromadi (foydasi)dan olinadigan soliq bo'yicha tushumlar salmog'ining pasayishidir. Bu narsa doimiy va uzluksiz ravishda soliq imtiyozlarini kengaytirish va soliq stavkalarini pasaytirish evaziga qo'lga kiri- tilayapti. Soliq tizimida qo'shilgan qiymat solig'i va aksizlar o'ziga xos Download 5.09 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling