A. V. Vahobov, T. S. Malikov
mahsulotlami yetkazib berish bo'yicha shartnomalarning buzilganligi
Download 5.09 Mb. Pdf ko'rish
|
mahsulotlami yetkazib berish bo'yicha shartnomalarning buzilganligi uchun olingan jarimalar, penyalar va shunga o ‘xshashlar kiradi. QQS orqali soliqqa tortishda soliq imtiyozlari ko'zda tutiladi. Masalan, quyidagilar QQS bo'yicha soliqqa tortishdan ozod qilinishi mumkin: • korxonaning ustav fondiga o'tkazilgan mablag'lar; • eksport qilinadigan tovariar va xizmatlar; • pul, valyuta, banknot va qimmatli qog'ozlar muomalasi bilan bog'liq operatsiyalar; • madaniyat va san’at muassasalarining xizmatlari; • kvartira haqi • va boshqalar. QQSning stavkalari 10 va 20% darajasida o'matilgan. 10% li stavka iste’mol tovarlari (aksizosti tovarlaridan tashqari) va mamlakat hukumati tomonidan tasdiqlangan ro'yxat bo'yicha bolalar uchun tovarlarga, 20% li stavka esa qolgan boshqa tovariar, ishlar va xizmatlarga (aksizosti iste’mol tovarlari bilan birgalikda) nisbatan amal qiladi. Tovar (ish, xizmat)larning soliqqa tortiladigan aylanmasi aniqlanib, soliq imtiyozlari va soliq stavkasi o'rnatilganidan so'ng soliqqa tortiladigan aylanmani soliq stavkasiga ko'paytirish yo'li bilan QQSning summasi hisoblab topiladi. Amaliyotda QQSni to'lovchi byudjetga realizatsiya qilingan tovar (ish, xizmat)lar uchun sotib oluvchidan olingan soliq summasi va moddiy boyliklar uchun mol yetkazib beruvchiga to'langan soliq summasi o'rtasidagi farqni to'laydi, ya’ni hisobga olish mexanizmi amal qiladi. Bu yerda hisobga olish mexanizmi korxonaga mol yetkazib beruvchiga sotib olingan tovar (ish, xizmat)lar uchun to'langan QQS summasini sotib oluvchiga tovar (ish, xizmat)lar realizatsiya qilinganda olingan QQS summasidan chegirib tashlash imkoni berishni anglatadi. Tadbir korlar quyidagi shartlar bajarilganda hisobga olish (byudjetdan qoplash) huquqiga egadirlar: • sotib olingan tovar (ish, xizmat)lar mol yetkazib beruvchiga to'langan bo'lishi, ya’ni boshlang'ich va hisob-kitob hujjatlarida QQSning summasi alohida qatorda belgilanmog'i lozim; • sotib olingan tovar (ish, xizmat)lar kirim qilingan, ya’ni balansda aks ettirilgan bo'lishi kerak; • sotib olingan moddiy boyliklardan ishlab chiqarish maqsad larida foydalanilgan bo‘lmog‘i lozim; • mol yetkazib beruvchidan schyot-fakturalar olinganda. QQSni to'lash muddatlari soliq summasining hajmiga bog‘liq: soliq summasi qanchalik katta bo'lsa, uni to'lash muddati shunchalik tez bo'lmog'i lozim. Ayrim hollarda QQSni to'lashning quyidagi uch muddatlari belgilanishi mumkin: • yirik korxona va tashkilotlar soliqni uch muddatda (15, 25 va keyingi oyning 5-kunlarida) to'lashi mumkin; • o'rta korxonalar — har oyda bir marta (keyingi oyning 20- kunidan kechikmagan holda); • uncha katta bo'lmagan va kichik korxonalar-har chorakda (hisobot choragidan keyingi oyning 20-kunidan kechikmagan holda). QQSni to'lovchilar hisobot davrida to'langan soliq summalari to'g'risida o'zlari joylashgan joydagi soliq organiga belgilangan muddatlarda va tartibda hisob-kitoblarni taqdim etishlari kerak. Aksizlar. Umumdavlat soliqlarining turlaridan yana biri aksizlardir. Ular mahsulotlar va xizmatlaming bahosidan undiriladi. Aksizlar tegishli mahsulotning bahosi, xizmatning haqi yoki tarifning tarkibiga kiritiladi. Odatda,u yuqori rentabelli mahsulotlami ishlab chiqaruvchilaming yuqori foydasini byudjetga olish uchun sotilayot gan mahsulotlaming sotish bahosiga davlat tomonidan o'matiladi. Mamlakat hududida ishlab chiqarilgan va import qilingan aksiz to'lanadigan mahsulotlarga aksiz solig'i solinadi. Bu soliq bo'yicha soliqqa tortish ob’ekti aksizosti mahsulotlaming (ichimlik spirti, vino-aroq, tamaki, mo'yna, ikra, zargarlik buyumlari, yengil avto mobillar, maishiy-kimyo buyumlari, neft va neft mahsulotlari va boshqalar) qiymatidir(Qo‘shiIgan qiymat solig'i hisobga olinmagan holda). Aksiz to'lanadigan mahsulotlar ishlab chiqarayotgan yoki bun day mahsulotlami import qilayotgan yuridik va jismoniy shaxslar byudjetga aksiz solig'ini to'lovchilar bo'lib hisoblanadi. Aksiz to'lanadigan mahsulotlar ro'yxati va aksiz solig'ining stavkalari O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqla nadi. Ularning stavkalari, odatda, 5% dan (yengil avtomashinalar uchun) 90% gacha (ichimlik spirti) tebranishi mumkin. Aksiz solig'ining asosiy qismi neft va gazga nisbatan o'matilgan aksizlar hisobidan shakllanadi. Aksiz solig'i byudjetga oyning aksiz to'lanadigan mahsulot realizatsiya qilingan 10 kunligi tugaganidan keyin (agar qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo'lsa) uch kundan kechiktirmay o'tkazilishi lozim. Korxona va tashkilotlaming daromadi (foydasi)dan olinadigan soliq. Bozor munosabatlari sharoitida daromad (foyda)ning roli keskin oshishi munosabati bilan undan olinadigan soliq nafaqat fiskal funksiyani bajarishi, balki ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga ham ta’sir ko'rsatishi kerak. Bu soliq byudjetning muhim daromadlaridan biri hisoblanadi. Quyidagilar uni to'lovchilardir: • yuridik shaxslar (shu jumladan, byudjet tashkilotlari ham), shuningdek, mamlakat hududida xorijiy kapital ishtirokida tuzilgan yuridik shaxslar ham; • • korxonalaming alohida tugallangan balansi va hisob varag'i bo'lgan filiallari va shunga o'xshash boshqa bo'linmalari; • soliqqa tortishning soddalashtirilgan tizimiga o'tmagan kichik korxonalar. Bu soliq uchun korxonalaming yalpi daromadi (foydasi) soliqqa tortish ob’ekti bo'lib xizmat qiladi. Uning tarkibi quyidagi element lardan tashkil topadi: • mahsulotni sotish, ishlami bajarish va xizmatlami ko'rsa- tishdan olingan daromad (foyda); • asosiy fondlar va boshqa mol-mulkni sotishdan olingan daro mad (foyda); • realizatsiyadan tashqari operatsiyalardan olingan daromad (foyda)lar (bu operatsiyalar bo'yicha xarajatlar chegirilgan). Mahsulot (ish, xizmat)ni sotishdan olingan daromad (foyda) mahsulot (ish, xizmat)ni sotishdan olingan tushum bilan (QQS va aksizlarsiz) mahsulot (ish, xizmat)ni ishlab chiqarish va realizatsiya qilish xarajatlari o'rtasidagi farq sifatida aniqlanadi. Mahsulot (ish, xizmat) tannarxiga kiritiladigan xarajatlar tarkibi mamlakat hukumati tomonidan tasdiqlangan «Xarajatlar tarkibi to'g'risida»gi nizomga muvofiq belgilanadi. Soliqqa tortish maqsadlarida aniqlanadigan asosiy fondlar va boshqa mol-mulkni sotishdan olingan daromad (foyda) shu fondlar va mol-mulklarning sotish bahosi va ularning boshlangMch (yoki qoldiq) qiymati o'rtasidagi farq (inflyasiya indeksiga oshirilgan qayta baholashni hisobga olgan holda) ko'rinishida hisoblanadi. Realizatsiyadan tashqari operatsiyalardan olingan daromad (foyda)larning tarkibiga boshqa korxonalaming faoliyatiga hissali ishtirok etishdan, mol-mulkni ijaraga berishdan olingan daromad (foyda)lar hamda mahsulotni ishlab chiqarish va realizatsiya qilish bilan bevosita bog'liq bo'lmagan operatsiyalardan olingan boshqa daromad (foyda)lar kiradi. Korxonalarga tegishli bo'lgan daromad (foyda)ni soliqqa tortishda soliq imtiyozlari muhim ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyat kasb etadi. Shu munosabat bilan soliqni hisoblashda soliqqa tortiladigan baza quyidagi summalarga kamaytiriladi: • ishlab chiqarish maqsadlariga mo'ljallangan kapital quyilma- larni moliyalashtirishga, xuddi shu maqsadlar uchun olingan va foydalanilgan bank kreditlarini qaytarishga (foizlarini ham qo'shgan holda) yo'naltirilgan daromad (foyda)ning summasiga; • iqtisodiyotning barcha tarmoqlari korxonalari uchun uy-joy qurilishini moliyalashtirishga yo'naltirilgan daromad (foyda) ning summasiga; • mahalliy o'zini-o'zi boshqarish organlari tomonidan tasdiqlan gan normativlarga muvofiq ravishda ijtimoiy-madaniy soha ob’ekt lari va uy-joy fondini saqlashga yo'naltirilgan korxonalaming haqiqiy xarajatlari summasiga; • xayriya fondlariga badallar summasi va boshqalarga. Korxonalaming daromadi (foydasi)dan olinadigan soliqning stavkasi «Byudjet to'g'risida»gi qonunga muvofiq o'matiladi. Bu soliq joriy etilgan dastlabki yilda uning stavkasi 38% darajasida belgilangan bo'lsa, uning darajasi 2007 yilda 10% ga teng bo'lgan. Soliqning summasi soliq to'lovchilar tomonidan buxgalteriya hisoboti ma’lumotlari asosida (yil boshiga nisbatan o'sib borish tartibida), mustaqil ravishda aniqlanadi. U byudjetga soliq to'lovchi tomonidan choraklik hisob-kitoblar bo'yicha choraklik buxgalteriya hisobotini taqdim etish muddati uchun belgilangan kundan besh kunlik muddatda, yillik hisob-kitoblar bo'yicha esa yillik buxgalteriya hisoboti va balansini taqdim etish muddati uchun belgilangan kundan o ‘n kunlik muddatda o'tkaziladi. Chorak davomida bu soliqni to'lovchilar har oyning 15-kunidan kechiktirmasdan choraklik soliq summasining 1/3 qismi miqdorida avans to'lovlarini amalga oshirishlari kerak. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig'i. Bu soliq jismoniy shaxslardan undiriladigan soliqlaming asosiysidir. Odatda, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig'i murakkab progres siya prinsipi bo'yicha o'matilgan progressiv stavkalarda undiriladi. Bu soliq yordamida soliqqa tortishning ikki tizimi mavjud: 1) shedulyar yoki inglizcha tizim. Bunday tizim uzoq davr mobaynida Buyuk Britaniya va dunyoning boshqa mamlakatlarida qo'llanilib kelinayapti. U soliq to'lovchi daromadining jami bo'yicha emas, balki uning qismlari bo'yicha daromad manbaida amalga oshiriladi; 2) global tizim. Bunda daromad solig'i orqali soliqqa tortish soliq to'lovchining jami daromadi bo'yicha amalga oshiriladi va u G'arb mamlakatlarida asosiy tizim hisoblanadi. Ba’zi hollarda daromad solig'i orqali jismoniy shaxslaming daromadlari soliqqa tortilayotganda soliqqa tortilmaslik minimumi qo'llaniladi va uning miqdori qonunchilikka muvofiq ravishda o'matiladi. Moliya yilida soliq solinadigan daromadga ega bo'lgan jismoniy shaxslar bu soliqning to'lovchilari hisoblanadi. U quyidagi shakllarda to'lanishi mumkin: • daromad manbaidan, ya’ni asosiy ish joyidan va boshqa ish beruvchilardan; • agar daromad bir necha manba hisobidan olinsa va qonuniy tarzda belgilangan daromadning yillik sum m asidan oshsa, daromadlar to'g'risidagi deklaratsiya ko'rinishida; • tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan daromadni soliqqa tortish shaklida. Jami yillik daromad bilan qonunda belgilangan chegirmalar o'rtasidagi farq sifatida hisoblangan soliq solinadigan daromad soliqqa tortish o b ’ektidir. Jismoniy shaxslam ing jam i yillik daromadiga soliq to'lovchi olishi lozim bo'lgan (olgan) yoki tekinga olgan pul yoki boshqa mablag'lar, shu jumladan, mehnatga haq to'lash shaklida olinadigan daromadlar, jismoniy shaxslaming mulkiy daromadi va tadbirkorlik faoliyatidan keladigan yalpi daromadi kiradi. 16.5. Mahalliy soliqlar va yig'imlar Mahalliy soliqlar va yig'imlar fiskal nuqtai nazardan yetarli darajada samarali bo'lmagan va ikkinchi darajali ahamiyatga ega bo'lgan soliqlar va yig'imlardir. Mamlakatning soliq qonunchiligiga, davlat hokimiyati organlarining qarorlariga va mahalliy o'z-o'zini boshqarish organlarining m e’yoriy-huquqiy aktlariga muvofiq o'rnatiladigan hamda tegishli mahalliy hududda to'lanishi shart bo'lgan soliq va yig'imlarga mahalliy soliqlar va yig'imlar deyiladi. Davlat hokimiyati oiganlari va mahalliy o'zini-o'zi boshqarish organlari vakolatiga, o'zlarining fiskal ahamiyatiga- va amal qilish davriga qarab mahalliy soliq va yig'imlar ikkiga bo'linadi: 1) hokimiyatning qonunchilik organi tomonidan joriy etiladigan va mamlakatning barcha hududlarida amal qiladigan mahalliy soliqlar va yig'imlar; 2) mahalliy o'zini-o'zi boshqarish organlarining qaroriga muvofiq joriy etiladigan mahalliy soliqlar va yig'imlar. Birinchi guruhga kiruvchi mahalliy soliqlar va yig'imlarning tarkibi quyidagilardan iborat: • jismoniy shaxslaming mol-mulkidan olinadigan soliq; • yer solig'i; • reklama solig'i; • savdo qilish huquqi uchun yig'im; • va boshqalar. Mahalliy soliqlar va yig'imlar bo'yicha ushbu konkret stavkalar davlat hokimiyat organlarining qaroriga muvofiq belgilanadi. Ularni undirish va to'lash tartibi tegishli organ (masalan, Davlat soliq qo'mitasi) tomonidan ishlab chiqilgan yo'riqnomaga muvofiq amalga oshiriladi. O'z navbatida, ikkinchi guruhga kiruvchi mahalliy soliqlar va yig'imlarning tarkibi quyidagilardan iborat bo'lishi mumkin: • kompyuterlar, hisoblash texnikalari va avtomobillarni olib- sotganlik uchun soliq; • avtotransportlar to‘xtash joyidan foydalanganlik uchun yig'im; • hududlarni obodonlashtirish uchun yig'im; • maorif tashkilotlarining ehtiyojlari uchun yig'im; • fuqarolaming boshqa maqsadli yig'imlari; • va boshqalar. Ikkinchi guruhga kiruvchi mahalliy soliqlar va yig'imlarga nisbatan yagona yo'riqnomaning bo'lishi mumkin emasligi sababli tegishli vakolatli organlar (Moliya vazirligi, Davlat soliq qo'mitasi va boshqalar) alohida olingan mahalliy soliqlar va yig'imlar bo'yicha namunaviy nizom (yo'riqnoma) ishlab chiqishlari va mahalliy hokimiyat oiganlari tomonidan tegishli qarorlar qabul qilishda undan foydalanish tavsiya etilmog'i lozim. Bahs-munozara va nazorat uchun savollar • Byudjet daromadlari deb nimaga aytiladi? • Nima uchun byudjet daromadlari oraliq xarakteriga ega? • Byudjet daromadlari nima uchun zamr? • Byudjet daromadlari qanday jarayonda vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlami o'zida ifoda etadi? • Byudjet daromadlari qanday organlarning ixtiyoriga kelib tushadi? • Mamlakatlaming davlat tuzilishiga bog'liq ravishda byudjet daromadlari qanday farqlanadi? • Qaysi tushuncha bir-biridan katta: davlat daromadlarimi yoki byudjet daromadlari? Nima uchun? • Byudjet daromadlarining moddiy-buyumlashgan shaklini nimalar tashkil etadi? • Byudjet daromadlarining asosiy moddiy manbaini nima tashkil etadi? • Davlatning ehtiyojlarini qondirishga milliy boylik ham jalb etilishi mumkinmi? Qanday hollarda? • Milliy daromadni davlat tomonidan davlatlashtirish (davlat ixtiyoriga o'tkazish) qanday metodlar yordamida amalga oshiriladi? • Davlat kreditiga nimalar inobatga olingan holda murojaat qilinadi? • Davlat kreditini olishning qanday ikki yo‘li mavjud? • Qanday vaziyatlarda davlat qog‘oz pullar emissiyasiga murojaat qiladi? • Byudjet daromadlari kategoriyasining namoyon bo'lish shakllari nimalardan iborat? • Miqdoriy jihatdan byudjetning daromadlari o'zida nimani ifodalaydi? • Byudjet daromadlarining absolyut hajmi va salmog'i qanday omillarga bog'liq? • Byudjet daromadlarini shakllantirish jarayonining asosiy prinsiplari nimalardan iborat? • Byudjet daromadlarining asosiy qismi soliqlar yordamida byudjetga undirilishi tufayli ularga nisbatan bu jarayonda qanday prinsiplardan foydalaniladi? • Byudjet daromadlari qanday mezonlar asosida klassifikatsiya qilinishi mumkin? • Byudjet daromadlari o'zlarining manbalariga ko'ra qanday guruhlarga bo'linadi? • Byudjetning soliqli daromadlari tarkibi nimalardan iborat? • Byudjetning soliqsiz daromadlari tarkibiga nimalar kiradi? • Tushumlarning qanday turiari (ko'rinishlari) byudjet daromadlarining tarkibiga olinishi mumkin? • Amaliyotda Davlat byudjetining daromadlari qanday tartibda klassifikatsiya qilinayapti? • To'g'ri (bevosita) va egri (bilvosita) soliqlaming tarkibi nima lardan iborat? • O'zining ijtimoiy-iqtisodiy belgisiga ko'ra byudjet daromadlari qanday guruhlarga bo'linishi mumkin? • Mulkchilik shakliga ko'ra byudjet daromadlari qanday ko'rinishlarga ega bo'lishi mumkin? • Yuridik nuqtai nazardan, byudjet daromadlari qanday guruhlardan tashkil topadi? • Davlat byudjeti daromadlariga «Byudjet tizimi to'g'risida» gi O'zbekiston Respublikasi qonunining 11-moddasiga muvofiq qanday daromadlar kiritilgan? • 0 ‘zbekiston Respublikasining respublika byudjeti qanday daromadlami o ‘z tarkibiga oladi? • Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlar daromadlari qanday daromadlar hisobidan shakllantirilishi mumkin? • Byudjetlarning barcha daromadlari u yoki bu byudjetlarga biriktirilishiga qarab, qanday guruhlarga bo'linishi mumkin? • Byudjet daromadlari qay tarzda (shaklda) jalb qilinishi mumkin? • Qanday metodlami qoMlash evaziga sub’ektlarning daro madlari byudjet ixtiyoriga olinayapti? • Hozir Davlat byudjeti daromadlarining tarkibi nimalardan iborat va uning tuzilmasi qanday? • Milliy iqtisodiyotda qo'llanilayotgan byudjet daromadlari tizimining samaradorligi bevosita nimaga bogMiq va u o ‘z ichiga nimalarni oladi? • «Byudjet daromadlari» va «Davlat daromadlari» tushunchalari o ‘rtasiga tenglik belgisini qo'yish mumkinmi? • Soliq (lar) deb nima(lar)ga aytiladi? • Soliqlaming ijtimoiy mazmuni nimadan iborat? • Soliqlaming moddiy asosini nimalar tashkil etadi? • Soliqlar qanday xarakterli belgilarga ega? • Soliqlar qanday funksiyalami bajaradi? • Soliqlaming fiskal funksiyasining mazmuni nimalardan iborat? • Soliqlaming tartibga solish (rag'batlantirish) funksiyasiga xa- rakteristika bering. • Soliqlaming asosiy elementlari tarkibiga nimalar kiradi? • Soliq sub’ekti nima? • Soliq ob’ekti nimalardan iborat boMishi mumkin? • Soliq manbai tarkibiga nimalar kiradi? • Soliqqa tortish birligi deb nimaga aytiiadi? Download 5.09 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling