A. V. Vahobov, T. S. Malikov


Download 5.09 Mb.

bet36/75
Sana13.11.2017
Hajmi5.09 Mb.
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   75

o'ringa  ega.  Qo'shilgan  qiymat solig'i yevropa  Ittifoqining barcha 

mamlakatlarida amal qiladi. yetakchi xorijiy mamlakatlardan faqat 

AQSh va Yaponiyada bu soliq  qo'llanilmaydi.

Byudjet  daromadlarini  shakllantirishda  bojxona  bojlari  ham 

muhim  ahamiyatga  ega bo'lib,  ular tovariar eksporti va  importida 

olinadigan  soliqlardir.  Keyingi  yillarda  dunyo  xo'jalik  hayotining

baynalminallashuvi va xalqaro mehnat taqsimotining yanada rivoj­

lanishi  natijasida bojxona bojlarining byudjet daromadlarini shakl­

lantirish  manbai  sifatidagi roli ham birmuncha pasayib bormoqda. 

Hozirgi paytda rivojlangan mamlakatlar byudjetlari daromadlarining 

o'rtacha  1—4%  shu soliq  hisobidan tarkib  topayapti.

Davlat  fiskal  monopoliyalari  yoki  fiskal  monopol  soliqlarda 

davlat  ommaviy  iste’molga  ega  bo'lgan  qandaydir  bir  mahsulotni 

(aroq,  sigaret  va  shunga  o'xshashlar)  ishlab  chiqarish  va  uni 

realizatsiya  qilish  ustidan  monopoliya  o'matadi  va  o'matilgan 

monopol  bahodan  tadbirkorlik  daromadi  bilan  bir  qatorda  yirik 

soliqlar  ham  undiradi.  Davlat  byudjetiga  kelib  tushadigan  fiskal 

monopol soliqlar  Fransiya,  Italiya,  GFR va Yaponiya kabi  mamla- 

katlarda qo'llaniladi.

Mahalliy byudjetlarga fiskal  nuqtai  nazaridan yetarli  darajada 

samarali  bo'lmagan  va  ikkinchi  darajali  ahamiyat  kasb  etuvchi 

soliqlar  biriktiriladi.  Mahalliy  byudjetlarning  ixtiyoriga  kelib 

tushadigan soliqlaming asosiysi mol-mulk solig'idir.

Federativ tuzilishga ega bo'lgan davlatlarda federatsiya a’zolari 

byudjetlarining  daromadlariga  tegishli  bo'lgan  masala  turlicha  hal 

qilingan.  Masalan,  AQShda  shtatlarning byudjetlari  egri  (bilvosita) 

soliqlarga tayangan bo'lib, ulaming orasida sotuvdan olinadigan soliq 

asosiy o'rin tutadi.  GFRda esa aholidan olinadigan daromad solig'i 

va  korporatsiyalar  foydasidan  olinadigan  soliq  bo'yicha  tushumlar 

ma’lum foizlarda federal va yer byudjetlari  o'rtasida bo'linadi.  Juda 

ko'p mamlakatlarda mahalliy byudjetlarga yo'naltiriladigan soliqlarga 

nisbatan ustamalar (qo'shilmalar) qo'llash  amaliyoti joriy etilgan.

Shunday  bo'lishiga  qaramasdan  mahalliy  hokimiyat  organla­

rining  o'z  funksiyalarini  to'liq  amalga  oshirishlari  uchun  soliqlar, 

aksariyat hollarda,  yetarli emas.  Shu sababli  mahalliy byudjetlarga 

yuqori byudjetdan dotatsiya, subvensiya, kredit va boshqa shakllarda 

mablag'lar yo'naltiriladi.

O'zbekiston hududida qirqdan ortiq soliq va yig'imlar undiriladi. 

Ular sonining ko'pligi xilma-xil vazifalami  yechish va turli-tuman 

funksiyalami  bajarish  imkonini  bersa-da,  bir  vaqtning  o'zida  bu 

narsa,  ularni undirish  bo'yicha xarajatlarning  ortishiga olib  keladi 

va soliqlami to'lashdan  bo'yin tovlashga sharoit yaratadi.

Zamonaviy soliq tizimi quyidagilarga qaratilgan bo'lishi kerak:

1)  byudjet  daromadlarini  to‘liq  va  o ‘z  vaqtida jalb  qilinishini 

ta’minlash.  Chunki  busiz  davlatning  ijtimoiy-iqtisodiy  siyosatini 

amalga oshirish  mumkin emas;

2) yoppasiga va xo‘jalik yuritishning alohida sohalari bo'yicha 

ishlab chiqarish va iste’molni tartibga solish uchun sharoit yaratish. 

Bunda aholining turli guruhlari daromadlarini shakllantirish va qayta 

taqsimlashning o'ziga xos xususiyatiari inobatga olinishi  kerak.

O'zbekiston Respublikasining soliq tizimi quyidagi belgilar bilan 

xarakterlanadi:

•  huquqiy  asosga  egaligi  va  nisbatan  bo'lsa-da,  barqarorligi 

(soliqlar va soliqqa tortishning barcha masalalariga nisbatan emas); 

daromadlami  taqsimlash va qayta taqsimlash bilan bog'liq barcha 

iqtisodiy munosabatlarga kirib boradi. Barcha soliqlar va yig'imlami 

joriy etish  va  ularni  bekor  qilish  faqat  davlat  hokimiyati organlari 

tomonidan amalga oshiriladi;

•  soliqlami  hisoblash  va  undirishning  yagona  prinsiplari  va 

mexanizmi.  Barcha  soliqlar  va  yig'imlar  ustidan  yagona  nazorat 

O'zbekiston  Respublikasi  Davlat  soliq  qo'mitasi  va  uning  quyi 

organlari tomonidan  amalga oshiriladi;

• yangi  soliqlaming joriy qilinganligi  (qo'shilgan  qiymat solig'i 

va boshqalar) hamda soliq  imtiyozlari va oldin amal qilgan soliqlar 

bazasini hisoblash tartibida keskin o'zgarishlarning sodir etilganligi;

•  soliq  kalendariga  muvofiq  qonunchilik yo'li  bilan  soliqlami 

to'lashda aniq ketma-ketlik o'rnatilganligi.  Masalan, yuridik shaxslar 

birinchi navbatda umumdavlat soliqlarini, undan keyin esa mahalliy 

soliqlar va yig'imlami to'lashga majburdirlar;

• barcha soliq to'lovchilaiga nisbatan teng talablaming qo'llanilishi 

va soliqlar ro'yxatini aniqlash, stavkalarni unifikatsiya qilish, imtiyozlar 

va ulami taqdim etish mexanizmini tartibga solish hamda mablag'lardan 

foydalanish  huquqiga  aralashmaslik  yo'li  bilan  ishlab,  topilgan 

mablag'lardan foydalanish uchun teng sharoitlarning yaratilganligi;

•  soliqlaming  ikkita  asosiy  turi  birgalikda  qo'llanilayotganligi: 

to'g'ri (daromadlarga va mol-mulkka) va egri (tovariar va xizmatlarga). 

Avval egri (bilvosita) soliqqa tortish Vatanimiz iqtisodiy amaliyotida 

to'liq inkor qilingan  edi;

• awalo, jismoniy emas, yuridik shaxslaming soliqqa tortilishi. 

Bu  0 ‘zbekiston  Respublikasi  soliq  tizimining  rivojlangan  xorijiy 

mamlakatlar  soliq  tizimlaridan  farqini  ko'rsatadi.  Barcha  yuridik 

shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar soliq oiganlarida ro‘yxatdan 

o ‘tishga majbur.  Soliq organlarida ro‘yxatdan o'tganligi to‘g‘risidagi 

ma’lumotnomani  olmasdan  turib  banklar  ularga  hisobvaraqlarini 

ochish  huquqiga ega emaslar.

•  soliq  qonunchiligini  buzganligi  uchun juda  qattiq sanksiya- 

larning,  shu jumladan,  moliyaviy,  ma’muriy  va jinoiy javobgarlik 

choralarining qo‘llanilayotganligi;

•  soliq  to'lovchilar  uchun  ularning  iltimosiga  ko‘ra  joriy  yil 

doirasida  soliqlar  va  yig'imlami  byudjetga  to'lash,  shuningdek, 

moliyaviy  sanksiyalar  summalari  (agar  ularni  to'lash  korxonani 

kasodga uchrashiga olib kelsa -6 oy muddatgacha),  bo'yicha to'lov 

muddatlarini kechiktirish yoki uzaytirish imkoniyatining mavjudligi.

Soliqqa  tortish  jarayonlari  soliq  tizimining  asosiy  prinsiplari 

yordamida tartibga solinadi.  Bunday prinsiplar tarkibiga quyidagilar 

kirishi  mumkin:

• soliqlar jamiyat va davlatning faoliyat ko'rsatishi va rivojlani­

shini  moliyaviy ta’minlash  maqsadida o'matiladi;

• o'matilgan tartibga ko‘ra soliq to'lovchi bo'lgan har bir shaxs 

(yuridik  yoki  jismoniy)  soliq  qonunchiligiga  binoan  belgilangan 

soliqlami to'lashga majburdir;

•  soliqlar  siyosiy,  mafkuraviy,  etnik,  konfessional  va  shunga 

o'xshash boshqa mezonlar asosida qo‘llanilmasligi  lozim;

•  mamlakatning  soliq  tizimi  va  yagona  iqtisodiy  makonini 

buzishga xizmat qiladigan soliqlar o'rnatilmasligi  kerak;

• soliq to'lovchining mulkchilik shakli, tashkilotning tashkiliy- 

huquqiy maqomi, jismoniy shaxsning fuqaroligi, shuningdek, ustav 

kapitali yoki mulkning kelib chiqish davlati,  mintaqasi yoki geografik 

joylashuviga bog'liq bo'lgan holda qo‘shimcha soliqlami joriy etish, 

soliq stavkalari va imtiyozlarini oshirish yoki ularni tabaqalashtirishga 

yo‘1  qo‘yilmaydi.

Yetarli  darajada  tajribaning  yo‘qligi,  nobarqaror  iqtisodiyot 

sharoitida aniq  ishlab chiqilgan  soliq siyosatining  yo‘qligi va soliq 

apparatining yetarli  darajada tayyor emasligi  natijasida yaratilgan

soliq  tizimi  ba’zi  bir  nuqsonlarga  ega  bo'ladiki,  bu  narsa  soliq 

to‘lovchilarni  ham,  soliq  organlarini  ham  qoniqtira  olmaydi. 

Ularning ayrimlari quyidagilardan iborat:

•  soliqqa  tortishda  fiskal  yondashuvning  ustuvorligi.  Soliqlar 

to'g'risidagi  muammoni  hal  etishda  byudjetning  daromadliligi 

birinchi  o'ringa  qo'yiladi  va  soliqlaming  tartibga  soluvchi  roliga 

yetarli darajada e ’tibor qaratilmaydi;

• yuridik shaxslami soliqqa tortishning yuqori darajadaligi. Jami 

soliq  to'lovlari,  turli  baholashlarga  ko'ra,  yuridik  shaxslar 

daromadining (foyda va mehnat haqining) 40% dan 80% gachasini 

tashkil etayapti.  Egri  (bilvosita) soliqlaming (QQS va aksizlar) yuki 

ham  og'ir  bo'lib,  aynan  ular  inflyasion jarayonlaming  generatori 

bo'lib maydonga chiqmoqda.  Ba’zi bir mutaxassislaming baholariga 

ko'ra  yalpi  ichki  mahsulotga  nisbatan  soliq  bosimi  30%  atrofida 

bo'lib,  bu narsa jahon amaliyotidagiga  nisbatan  ancha yuqoridir;

•soliqqa  tortishni  murakkablashtiradigan  soliqlar,  yig'imlar, 

ajratmalar,  badallar (umumdavlat,  mintaqaviy,  mahalliy,  maqsadli 

va  h.k.)  sonining  ko'pligi;

•  soliq  qonunlarining  nobarqarorligi,  soliqlami  hisoblash 

tartibining  tez-tez  o'zgartirib  turilishi,  soliq  qonunlarining  ayrim 

moddalari  puxta  ishlanmaganligi  va ularning o'zaro  ziddiyatliligi. 

Soliq  qonunlarining  qaytariluvchan  (orqa  muddatga)  kuchga  ega 

bo'lish  hollarining mavjudligi.  Soliq amaliyotining nisbatan  kuchsiz 

informatsion bazaga ega ekanligi;

• soliq vakolatlarining markaz va joylarda aniq chegaralanma- 

ganligi  natijasida  ular  o'rtasida  turli  nifoqlarning  kelib  chiqayot- 

ganligi;

•  qonunda belgilangan davrda  bir ob’ektning bir necha marta 

soliqqa tortilayotganligi kabilar;

• va  boshqalar

Soliq tizimidagi bunday kamchiliklar uni  isloh  qilishni  taqozo 

etadi.  Soliq islohotlarini amalga oshirish bo'yicha davlat siyosatining 

asosiy yo'nalishlari  quyidagicha bo'lishi  mumkin:

•  moliyaviy  yil  davomida  soliqlar  va  soliqsiz  to'lovlaming 

yagonaligi,  ziddiyatsizligi va o'zgarmasligini ta’minlovchi barqaror 

soliq  tizimini vujudga keltirish;

• yetarli darajada tushum bermaydigan maqsadli soliqlami bekor 

qilish  va ularni  yiriklashtirish  bilan  soliqlar sonini  kamaytirish;

• pul  mablag4laridan  maqsadli  foydalanish yo'nalishi va byud­

jetning daromadli qismini shakllantirishning normativ tartibini saqlab 

qolgan holda davlatning byudjetdan tashqari jamg'armalarini davlat 

byudjetiga konsolidatsiya qilish;

•  mahsulot  ishlab  chiqaruvchilar,  ish  bajaruvchilar va  xizmat 

ko'rsatuvchilarga nisbatan soliq yukining og'irligini yengillashtirish 

va  bir vaqtning o'zida soliqlaming  undirilish  darajasini  oshiruvchi 

mexanizmni joriy etishni  aniq  belgilash  asosida ikki  marta soliqqa 

tortilishga yo'l qo'ymaslik;

• byudjetlarning turli darajalariga har bir soliqdan tushumning 

minimal hissalarini o'rnatish orqali soliq federalizmini rivojlantirish;

•  soliq  imtiyozlarini  kamaytirish va ularni  soliqqa tortishning 

umumiy tartibidan chiqarish;

•  aksizlarning  o'ziga  xos  stavkalarini  o'rnatish  amaliyotini  • 

kengaytirish;

•  mineral xom-ashyoning alohida turlaridagi aksizlarni  resurs 

to'lovlari bilan almashtirish;

• ekologik soliqlar va jarimalarning salmog'ini  oshirish;

• va boshqalar.

Bunda asosiy vazifa, soliqlaming undirilish  (yig'ilish) darajasini 

oshirish  hisobiga  yalpi  ichki  (milliy)  mahsulotda  soliq  tushumlari 

hissasining o'sishini ta’minlashga erishishdir.

Mamlakatning  soliq  tizimi  bir  necha  belgilar  va  omillarga 

muvofiq quyidagicha  klassifikatsiya qilinishi  mumkin:

1. 

Soliqqa tortishning  ob’ekti  hamda  soliq to'lovchi  va davlat 

o'rtasidagi  o'zaro  munosabatlarga  bog'liq  ravishda  soliqlar to'g'ri 

(bevosita) va egri  (bilvosita)  soliqlarga  bo'linadi.

To'g'ri  (bevosita)  soliqlar  sub’ektga  tegishli  bo'lgan  bevosita 

daromadlar va mol-mulkdan olinadi.  Ularning tarkibiga korxona- 

larning daromadi (foydasi)dan olinadigan soliq, jismoniy shaxslardan 

olinadigan daromad solig'i,  korxonaning mol-mulkidan olinadigan 

soliq va boshqalarni  kiritish  mumkin.

Egri  (bilvosita)  soliqlar  tovariar  va  xizmatlarga  nisbatan 

o'matiladi va tovar to'lanadigan baho yoki xizmatning tarifi tarkibida

bo‘ladi.  Tovar  yoki  xizmatning  egasi  ularni  realizatsiya  qilganda 

soliq summalarini oladi va ulami davlat xazinasiga o'tkazadi.  Tovar 

yoki xizmatni sotib oluvchi bunday soliqlaming haqiqiy to'lovchilari 

bo'lib hisoblanadi.  QQS,  aksizlar va bojxona bojlari egri  (bilvosita) 

soliqlaming tarkibiga kiradi.

2. 

Foydalanilishi bo'yicha soliqlar umumiy va maxsus (maqsadli) 

soliqlardan  iborat bo'lishi  mumkin.

Turli-tuman  tadbirlami  moliyalashtirish  uchun  byudjetga 

tushadigan  soliqlar  umumiy  soliqlar  deyiladi.  Maxsus  (maqsadli) 

soliqlar  esa  oldindan  belgilangan  m a’lum  bir  maqsadlarga 

mo'ljallangan bo'ladi.  Masalan, transport vositalari uchun benzin, 

dizel  yoqilg'isi  va gaz  iste’moliga jismoniy shaxslardan olinadigan 

soliq yo'llarni qurish,  rekonstruksiya qilish va joriy remont qilishga 

mo'ljallangan.

3.Olinishi  va  qaysi  organga  tegish 1 iligiga  qarab,  umumdavlat 

soliqlari va  mahalliy soliqlar farqlanadi.

Hozirgi davrda byudjet daromadlarini belgilashda to'rtta soliq 

hal  qiluvchi  rol  o'ynamoqda.  Bular  qo'shilgan  qiymat  solig'i, 

aksizlar, korxonalaming daromadidan olinadigan soliq va jismoniy 

shaxslaming  daromadidan  olinadigan  soliqdir.  Ular  hisobidan 

byudjet daromadlarining 3/4qismi  shakllanmoqda.

16.4.  Umumdavlat soliqlari

Soliq  qonunchiligiga  muvofiq  ravishda  o'rnatiladigan  va 

mamlakatning  barcha  hududlarida  undiriladigan  soliqlarga 

umumdavlat soliqlari deyiladi.  Ularning tarkibiga quyidagilar kirishi 

mumkin:

•  qo'shilgan qiymat  solig'i  (QQS);

•  aksizlar;

•  korxonalaming  daromadi  (foydasi)dan  olinadigan  soliq;

• jismoniy shaxslardan olinadigan  daromad solig'i;

•  bojxona  bojlari;

•  va boshqalar.

Qo'shilgan  qiymat  soligM  (QQS) 

hozirgi  davr  soliq  tizimida 

eng  muhim  soliqlardan  biri  hisoblanadi.  Keyingi  yillarda  uning

hisobidan byudjet daromadlarining 25—30% tashkil topmoqda.  QQS 

fiskal  nuqtai  nazardan  eng  samarali  soliq  hisoblanadi.  Uni  joriy 

etuvchi  mamlakat  birdaniga  juda  katta  miqdordagi  daromadni 

byudjetga olish  imkoniyaga ega boMadi.  Bu soliq mamlakatimizda 

1992  yilning  1  yanvaridan  joriy  etilgan  bo'lib,  u  xorijda  o'tgan 

asrning  50-yillaridanoq mavjud  edi.

Ijtimoiy-iqtisodiy  mohiyatiga  ko'ra  QQS  ishlab  chiqarilgan 

m ahsulot,  bajarilgan  ish  va  ko'rsatilgan  xizmatning  barcha 

bosqichlarida  yaratilgan  qiymat  o'sganining  bir qismini  mahsulot 

(ish, xizmat)ning realizatsiya qilinishiga muvofiq ravishda byudjetga 

olish shakli hisoblanadi.  U realizatsiya qilingan mahsulotlar (bajaril­

gan  ishlar, ko'rsatilgan xizmatlar) qiymati  bilan ishlab chiqarish va 

muomala xarajatlarining tarkibiga kiritilgan moddiy xarajatlarning 

qiymati  o'rtasidagi  farq  sifatida  aniqlanadi.  Bu  soliq  yordamida 

mahsulotning barcha aylanmasi emas, balki qiymatning ortgan qismi 

soliqqa tortiladi.  Qo'shilgan qiymat deyilganda korxona ishchi-xo- 

dimlariga to'lanadigan  mehnat haqi (ajratma tariqasida hisoblangan 

summalar bilan birgalikda) va yalpi foydaning yig'indisi tushuniladi.

QQS  baholarni  shakllantiruvchi  omil  hisoblanadi.  Uning 

miqdoriga mos ravishda mahsulotlaming bahosi avtomatik ravishda 

ortadi.

Sobiq SSSRda  1930-1932 yillarda o'tkazilgan soliq islohotlariga 

muvofiq  ravishda  joriy  etilgan  oborot  solig'i  va  baholar  ustidan 

qattiq davlat nazorati bo'lgan  paytdagidan farqli o'laroq  1991 yilning 

1  yanvaridan kiritilgan sotuvdan olinadigan soliqdan farqli  o'laroq 

QQS bir necha muhim afzalliklarga ega. Afzalliklarning ba’zi birlari 

quyidagilardan iborat:

•  QQS  oborot  solig'iga  nisbatan  samaraliroq  hisoblanadi. 

Chunki u tovar aylanmasining barcha bosqichlarini  qamrab oladi. 

Shunga  muvofiq  ravishda  soliqqa  tortiladigan  baza  kengayib, 

byudjetga tushumlar ortishi  mumkin;

•  alohida  olingan  ishlab  chiqaruvchi  uchun  bu  soliq  nisbatan 

kamroq  og'irlikni  o'zida  mujassam  etadi.  Chunki  bunda  soliqqa 

tortishga  butun  tovar aylanmasi  emas,  balki qiymat  o'suvining bir 

qismi jalb qilinadi va uning og'irligi ishlab chiqarish va muomalaning 

butun zanjiri bo'ylab taqsimlanadi.Natijada bozor munosabatlarining

barcha ishtirokchilari uchun teng holat yaratilishiga erishiladi;

• QQS soliqqa tortishning nisbatan oddiyroq shaklidir.  Chunki 

bu soliqni to'lovchilar uchun mamlakatning butun hududida  yagona 

soliq undirish mexanizmi joriy etilgan bo‘ladi;

• davlat uchun ham ustuvorlik kasb etadi.  Chunki uni to'lashdan 

bosh tortish  yoki bo'yin tovlash ancha murakkab bo'lib,  moliyaviy 

intizom buzilish  holatlari kamayadi;

•  QQS  tadbirkor  daromadining  o'sishidan  manfaatdorlikni 

yuqori darajaga ko'taradi.  Chunki u avtomatik ravishda korxonaning 

ishlab chiqarish xarajatlarini soliqqa tortilishdan ozod qiladi.

Rasmiy  ravishda  QQS  ishlab  chiqaruvchilar  va  savdo  qiluv- 

chilardan undiriladi.  Biroq uning haqiqiy to'lovchilari mahsulotlami 

sotib  oluvchilar,  ya’ni  aholining  keng  qatlami  hisoblanadi.  Ular 

tovarni  sotib  olish  bilan  birga  tovar bahosining  tarkibida  QQS  ni 

ham to'laydilar.

Quyidagilar QQSni to'lovchilar hisoblanadi:

•  mulkchilik shaklidan qat’i  nazar,  ishlab chiqarish va boshqa 

tijoriy faoliyatni amalga oshiruvchi barcha yuridik shaxslar (xorijiy 

investitsiyali korxonalar bilan birgalikda);

• mamlakat hududida joylashgan va mustaqil  ravishda mahsulot 

(ish, xizmat)larni  realizatsiya qilayotgan  yakka  (oilaviy)  tartibdagi 

barcha xususiy korxonalar, ularning filiallari, bo'linmalari va korxo­

naning boshqa shakllari.

QQSning ob’ekti  tovariar, bajarilgan  ishlar va ko'rsatilgan xiz­

matlar  aylanmasidir.  Tovarlarni  realizatsiya  qilishda o'zida  ishlab 

chiqarilgan va chetdan sotib olingan tovariar hisobga olinadi.  Bajaril- 

ganda  esa  qurilish-montaj,  ilmiy-tadqiqot,  tajriba-konstruktorlik, 

texnologik  kabi  ishlar  inobatga  olinadi.  Shuningdek,  xizmatlar 

realizatsiya  qilinganda  aloqa,  transport,  uy-joy-maishiy  xo'jalik, 

reklama,  innovatsion  va  boshqa  shunga  o'xshash  korxonalaming 

xizmat  ko'rsatishdan  olgan  tushumlari  nazarda  tutiladi.  Soliqqa 

tortiladigan  aylanmaning  tarkibiga  korxona  tomonidan  olingan 

barcha pul mablag'lari  (agar ularning olinishi tovar (ish, xizmat)lami 

to'lash bo'yicha hisob-kitoblar bilan bog'liq bo'lsa), shu jumladan, 

boshqa  korxonalardan  olingan  moliyaviy  yordamlar,  maxsus 

maqsadlarga  mo'ljallangan  fondlarni  to'ldirish,  avans  to'lovlari,


Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   75


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling