A. V. Vahobov, T. S. Malikov


Download 5.09 Mb.

bet32/75
Sana13.11.2017
Hajmi5.09 Mb.
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   75

Byudjet  daromadlariga  oid  ushbu  paragrafda  ко Чап Igan  masalalaming  aksariyati, 

ma’lum ma’noda biroz takrorlashlar bo'lishiga qaramasdan,  darslikning  17-bobi  doirasida 

batafsilroq  ko‘rib  chiqiladi.

turkumlashtirish  maqsadga  muvofiq.  Ular  o'zlarining  iqtisodiy 

mazmuni,  ijtimoiy takror ishlab chiqarishdagi roli,  ishlab chiqarish 

tarmoqlari va faoliyat turiari,  ijtimoiy mo'ljallanganligi bo'yicha va 

ma’lum maqsadlariga ko'ra alohida guruhlarga ajratilishi mumkin.

Iqtisodiy mazmuniga ko'ra Davlat byudjetining xarajatlari kapi­

tal va joriy xarajatlarga bo'linadi.

Byudjetning  kapital  xarajatlari  innovatsion  va  investitsion 

faoliyatga yo'naltirilgan xarajatlardir.  Bu xarajatlarning tarkibiga:

a) tasdiqlangan investitsion dasturga muvofiq harakatdagi yoki 

yangidan tashkil etilayotgan yuridik shaxslarga investitsiyalar uchun 

mo'ljallangan xarajatlar;

b)  yuridik  shaxslarga  investitsion  maqsadlar  uchun  byudjet 

kreditlari sifatida beriladigan mablag'lar;

v)  kengaytirilgan takror ishlab  chiqarish bilan bog'liq bo'lgan 

kapital ta’mirlashni amalga oshirish xarajatlari va shu bilan bog'liq 

bo'lgan boshqa xarajatlar;

g)  amalga  oshirilishi  davlat  mulkiga  tegishli  bo'lgan  mulkni 

oshirish yoki  uni yangidan yaratishga olib  keladigan xarajatlar;

d)  Davlat  byudjeti  xarajatlarining  iqtisodiy  turkumlanishiga 

muvofiq byudjetning kapital xarajatlari tarkibiga kiritiladigan boshqa 

xarajatlar.

Davlat  byudjetining  kapital  xarajatlari  tarkibida  Taraqqiyot 

byudjeti shakllantirilishi  mumkin.

Davlat  hokimiyat  organlari,  mahalliy  o'z  o'zini  boshqarish 

idoralari,  byudjet  tashkilotlarining  joriy  faoliyatini  ta’minlashga 

yo'naltirilgan byudjet xarajatlari, boshqa byudjetlar va iqtisodiyotning 

alohida  tarmoqlariga  dotatsiya,  subsidiya  va  subvensiya  shaklida 

ko'rsatiladigan,  davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash bilan bog'liq 

bo'lgan xarajatlar va Davlat byudjeti xarajatlarining turkumlanishiga 

muvofiq kapital  xarajatlarning tarkibiga kiritilmagan boshqa xara­

jatlar byudjetning joriy xarajatlari deyiladi.

Takror  ishlab  chiqarishdagi  roliga  ko'ra  Davlat  byudjetining 

xarajatlari milliy iqtisodiyotga (xo'jalikka) qilinadigan xarajatlar va 

ijtimoiy soha hamda aholini ijtimoiy qo'llab-quvvatlash xarajatlariga 

bo'linadi. Bu xarajatlarga, dastlab, davlat korxonalari va davlat ulushi 

bor bo'lgan  korxonalaming  ustav  kapitalini  shakllantirish,  ularni



yanada  kengaytirish  va  rivojlantirish,  davlat  moddiy  zaxiralarini 

yaratish xarajatlari kiradi.  Byudjetning ijtimoiy soha hamda aholini 

ijtimoiy qo‘llab-quwatlash  xarajatlari ham  ijtimoiy jihatdan  zarur 

boMgan xarajatlardir.  Bu xarajatlar iste’mol fondlarini shakllantirish 

bilan bog‘liq.  Ularning bir qismi jamiyat a ’zolarining shaxsiy boshqa 

bir qismi  esa butun jamiyatning  ehtiyojlarini  qondirishga  moMjal­

langan.  Bunda  Davlat  byudjetining  xarajatlari  ijtimoiy  iste’mol 

fondlarini  (mamlakatning  mudofaa fondi,  ilmiy tadqiqotlar fondi 

va boshqalar) shakllantirishni toMiq, shaxsiy iste’mol fondlarini esa 

qisman (markazlashtirilmagan moliyaviy resurslar bilan birgalikda) 

ta’minlaydi.  Shu  bilan  birgalikda,  byudjet  mablagMarining  katta 

qismidan shaxsiy iste’mol fondlarining ijtimoiy iste’mol fondlariga 

(maorif, sogMiqni saqlash,  madaniyat va sport, fan,  ijtimoiy sug'urta 

va  ijtimoiy  ta ’minot,  aholi  uchun  ijtimoiy  ahamiyat  kasb  etgan 

xizmatlar bahosi  o'rtasidagi  farqlarni  qoplash,  ko'p bolali va  kam 

ta’minlangan  oilalarga  nafaqalar  fondlari  va  boshqalar)  tegishli 

boMgan qismini shakllantirishda keng foydalaniladi.

Davlat  byudjeti  xarajatlarining  tarm oq  belgisi  bo 'y ich a 

guruhlarga  ajratishga  asos  qilib  milliy  iqtisodiyot  (xo'jalik)ning 

umume’tirof etilgan tarmoqlarga bo'linishi qabul qilingan.  Shunga 

muvofiq ravishda byudjet xarajatlari sanoat, qishloq xo'jaligi, qurilish, 

transport,  aloqa,  maorif,  sogMiqni  saqlash,  madaniyat  va  sport, 

fan,  ijtimoiy sug'urta va ijtimoiy ta’minot, davlat boshqaruvi, mudo­

faa va h.k. xarajatlariga bo'linishi mumkin.  Byudjet xarajatlari milliy 

iqtisodiyot (xo'jalik) tarmoqlarining pul fondlarini shakllantirishda 

mustahkam moliyaviy asosni yaratish bilan birgalikda, xarajatlarning 

tarm oqlararo  bo'linishi  moliyaviy  resurslam i  taqsimlashdagi 

nisbatlarini aniqlashga ham imkon beradi, milliy xo'jalikning tarmoq 

tarkibiy tuzilishini kerakli yo'nalishga o'zgartiradi.  Masalan, hozirgi 

paytda mamlakatimizda yaratilgan milliy daromadning hajmi byudjet 

mablagMarining  katta  qismini  ijtimoiy  soha  va  aholini  bevosita 

ijtimoiy qo'llab-quwatlashga yo'naltirish  imkonini  berayapti.  Bir 

vaqtning o'zida iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarini (mashinasozlik, 

qishloq xo'jaligi,  elektroeneigetika va boshqalar) keng ko'lamlarda 

byudjetdan  moliyalashtirilishi ham ta’minlanmoqda.

Ijtimoiy  yo'nalishi  bo'yicha  Davlat  byudjeti  xarajatlarining



iqtisodiy  guruhlarga  ajratilishi  davlatning  toifasi  va  u  tomonidan 

bajarilayotgan funksiyalami o‘zida aks ettiradi. Ana shunga muvofiq 

Davlat byudjetining barcha xarajatlarini quyidagi guruhlarga bo'lish 

mumkin:


— ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy-qo'llab-quwatlash xarajatlari;

— milliy xo'jalikka (iqtisodiyotga)  xarajatlar;

— mudofaa xarajatlari;

— boshqamv xarajatlari.

Ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo'llab-quvvatlash xarajatlari 

o'z  tarkibiga  maorif,  sog'liqni  saqlash,  madaniyat  va  sport,  fan, 

ijtimoiy  ta ’minot,  aholi  uchun  ijtimoiy  ahamiyat  kasb  etgan 

xizmatlar  baholaridagi  farqlarni  byudjetdan  qoplash  va  oilalarga 

ijtimoiy nafaqalarni  oladi.  Davlatning  ijtimoiy funksiyasini  o'zida 

aks ettirib, bu guruhdagi byudjetning xarajatlari xalq ta’limi tizimini 

rivojlantirish  va  takomillashtirishga,  fan  va  madaniyatni  moliya­

lashtirishga,  aholining tibbiy xizmatga bo'lgan talabini qondirishga, 

ijtimoiy sug'urta va  ijtimoiy ta ’minotni amalga oshirishga keng yo'l 

ochib beradi.

Milliy  xo'jalikka  (iqtisodiyotga)  byudjetdan  xarajat  qilinishi 

davlatning xo'jalik yurituvchi asosiy sub’ektlardan biri ekanligidan 

darak  beradi.  Aynan  bu  xarajatlar keng  miqyoslarda  yangi  sanoat 

korxonalarini  qurish,  zamonaviy  industriya  asosida  qishloq 

xo'jaligida  ishlab  chiqarishni  rivojlantirish,  transport,  aloqa  va 

iqtisodiyotning  boshqa  tarmoqlarini  texnika  vositalari  bilan  qayta 

ta’minlashga imkon yaratadi.  Shuning uchun ham Davlat byudjeti­

ning bu xarajatlari  orasida iqtisodiyot va markazlashtirilgan inves- 

titsiyalarni moliyalashtirish xarajatlari alohida o'rin egallaydi.

Davlat  byudjetining  mudofaa  xarajatlari  ham  davlatning 

funksiyalaridan kelib chiqadi.  Ular har bir davlatning o'z mudofaa 

qobiliyatini mustahkamlashi zarurligi bilan bog'liqdir. Qurolli  Kuch- 

larning  barcha  turiari  byudjet  mablag'lari  hisobidan  moliyalash- 

tiriladi.

Boshqaruv shaklidagi faoliyat turining davlat tomonidan amalga 

oshirilishi,  uning  xo'jalik-tashkilotchilik  funksiyasi  D avlat 

byudjetidan boshqaruv xarajatlari deb nomlangan alohida xarajatlar 

ajratilishini  taqozo  etadi.  Boshqaruv (davlat  hokimiyati  organlari,



sud va prokuratura fuqarolaming  o ‘zini-o‘zi  boshqaruv organlari) 

xarajatlari  davlat  organlari  faoliyatining  moliyaviy  asosini  tashki1 

etib, jamiyat hayotining barcha sohalariga rahbarlik qilishga imkon 

yaratadi.

Davlat  byudjetining  barcha  xarajatlari  yuqoridagi  to ‘rtta 

guruhdan qaysi  biriga kirishidan qat’i-nazar,  ular o'zlarining aniq 

maqsadlarga  mo'ljallanganligi  bo'yicha  ham  bir  necha  qismlarga 

bo'linadi.  Bu qismlar Davlat byudjeti xarajatlarining aniq turlaridan 

tarkib  topadi.  Kapital  qo'yilmalar,  dotatsiyalar,  subvensiyalar, 

subsidiyalar,  byudjet  ssudalari,  ish  haqi,  ovqatlanish  xarajatlari, 

kapital va joriy remont, kanselyariya va xo'jalik xarajatlarini  Davlat 

byudjeti  xarajatlarining  aniq  turiari  sifatida  ko'rsatish  mumkin. 

Byudjet xarajatlarining ma’lum aniq maqsadlarga mo'ljallanganligi 

bo'yicha turkumlanishi byudjet mablag'laridan oqilona foydalanishga 

sharoit yaratadi,  byudjet assignovaniyalaridan foydalanish  ustidan 

samarali  va  ta’sirchan  moliyaviy  nazoratni  amalga  oshirishning 

zaruriy asosi hisoblanadi.

Davlat byudjetini iqtisodiy nuqtai nazardan turkumlarga ajratish 

bilan birga xarajatlarning tashkiliy jihatidan ham guruhlarga ajratish 

mumkin.  Buning asosida yuqori tashkilotlar (vazirliklar, uyushmalar, 

assotsiatsiyalar,  birlashmalar,  konsernlar,  kompaniyalar  va  h.k.) 

Davlat  byudjeti  xarajatlari  va  hududiy  belgilar  yotishi  mumkin. 

Byudjet  xarajatlarining  yuqori  tashkilotlar  bo'yicha  guruhlanishi 

byudjet  mablag'larini  aniq  oluvchilarni  ko'rsatadi  va  ular tarmoq 

ichida pu! fondlarini shakllantirishda mas’ui bo'lib, ajratilgan byudjet 

assignovaniyalaridan o'z vaqtida,  samarali  va  qonuniy foydalanish 

ustidan javobgardirlar.

Davlat  byudjeti  xarajatlarini  hududiy  belgiga  mos  holda 

bo'linishi ularning  markazlashuvining  turli  darajalarini  o'zida  aks 

ettiradi.  Shu munosabat biian,  davlat  boshqaruvi  darajasiga ko'ra, 

O'zbekiston  Respublikasi  Davlat byudjetining xarajatlari  respublika 

va mahalliy byudjetlarning xarajatlaridan tarkib topadi.

Respublika byudjetidangina moliyalashtiriladigan xarajatlarga 

quyidagilar kiradi:

a) 

O'zbekiston  Respublikasi  Prezidenti,  Oliy  Majlis  Senati, 



Oliy  Majlis  Qonunchilik  palatasi,  Markaziy  saylov  komissiyasi,

ijroiya hokimiyatining  respublika  va  hududiy organlari  faoliyatini 

ta’minlash bilan bog'liq  xarajatlar va umumdavlat boshqamvi xarak­

teridagi boshqa xarajatlar;

b) 


respublika sud, prokuratura, huquq-tartibot organlari tizimi; 

v)  umumdavlat  manfaatlari  uchun  xalqaro  faoliyatni  amalga 

oshirish;

g) milliy mudofaa va davlatning xavfsizligini ta’minlash, sanoat­

ning mudofaa tarmoqlari  konversiyasini  amalga oshirish;

d)  fundamental  tadqiqotlar  va  ilmiy-texnika  taraqqiyotini 

moliyalashtirish;

ye)  temir  yo‘1,  havo  va  daryo  transportini  davlat  tomonidan 

qo'llab-quvvatlash;

yo)  iqtisodiyotning  bazaviy  tarmoqlarini  davlat  tomonidan 

qo‘llab-quwatlash;

j) respublika yoki davlat hokimiyati organlari tasarrufida bo'lgan 

muassasalami saqlash;

i) respublika mulkini shakllantirish;

y)  O'zbekiston  Respublikasining  davlat  qarziga  xizmat  qilish 

va uni  qaytarish;

k)  davlatning  qimmatbaho  metallari  va  moddiy  zaxiralarini 

to'ldirish;

1) saylovlar va  referendumlar o'tkazish; 

m) hukumat investitsion dasturlarini  moliyalashtirish; 

n) respublika hukumatining qarorlari bajarilishini  ta’minlash; 

o) respublika sub’ektlarini  moliyaviy qo'llab-quvvatlash; 

p) boshqa xarajatlar.

Bozor  iqtisodiyoti  sharoitida  Davlat  byudjetining  xarajatlari 

uning  daromadlari  bilan  uzviy  bog'langandir.  Bunday  o‘zaro 

bog'liqlik xarajatlarning  miqdoriy jihatdan daromadlarga  muvofiq 

kelishi  va  ularning  bir-biriga  o'zaro  ta ’sir  ko'rsatishi  orqali 

ifodalanadi. Bir tomondan, aksariyat hollarda, byudjet xarajatlarining 

hajmi  byudjet  daromadlarining  hajmi  bilan  cheklanadi.  O'z 

navbatida, byudjet daromadlarining hajmi esa davlatning iqtisodiy 

imkoniyatlari bilan aniqlanadi.  Shuning uchun ham bu yerda byudjet 

xarajatlarining shunday hajmini va milliy xo'jalikda pul fondlarini 

shakllantirishda  byudjet  mablag'laridan  foydalanishning  shunday


m uddatlarini  o'rnatish  kerakki,  ular  m inim al  xarajatlar  qilib 

maksimal samaraga erishish orqali davlat oldidagi ijtimoiy-iqtisodiy 

vazifalami muvaffaqiyatli bajarilishini ta’minlasin.  Boshqa tomondan 

esa, ishlab chiqarishning o'sishiga ijobiy ta ’sir qilish, ilmiy-texnika 

taraqqiyotini  tezlashtirish  va  milliy  xo‘jalikdagi  proporsiyalarni 

optimallashtirish  orqali  Davlat  byudjetining  xarajatlari  uning 

daromadlari  darajasining ortishiga o ‘z ta ’sirini  ko'rsatadi.

Davlat byudjeti xarajatlari hajmining yildan-yilga ortib borishi 

ularni milliy xo'jalikning samaradorligi nuqtai  nazaridan baholashni 

dolzarb muammoga aylantirib qo'yadi.  Bunda  milliy xo'jalikning 

yakuniy natijasini  baholab, faqat unga tegishli bo'lgan daromadlar- 

ning  q o 'shim cha  ravishda  o'sganligiga  e ’tib o r  berish  bilan 

cheklanish  maqsadga  muvofiq  emas.  Bunda,  bir vaqtning o'zida, 

jamiyatning ijtimoiy taraqqiyot darajasi,  ijtimoiy muammolaming 

qay darajada hal etilganligi ham nazardan chetda qolmasligi kerak. 

Albatta,  milliy xo'jalikning yakuniy natijasi byudjet xarajatlarining 

u m u m iy   h ajm ig a,  u la rn in g   ta rk ib iy   tu z ilis h ig a ,  byudjet 

mablag'laridan to'g'ri,  tejamli va samarali foydalanishga bevosita 

bog'liq.  Shuning  uchun  ham  hozirgi  sharoitda  byudjet  xarajat­

larining  ilmiy asoslangan  holda  rejalashtirilishiga,  byudjet  assig­

novaniyalaridan foydalanish ustidan  moliyaviy nazoratning butun 

tizimiga alohida e ’tibor berish  lozim.

Milliy xo'jalikni moliyaviy tartibga solishning muhim vositala­

ridan biri ham Davlat byudjetining xarajatlaridir.  Moliyaviy tartibga 

solish  deyilganda,  milliy  xo'jalikdagi  oqilona  proporsiyalarni 

ta’minlash maqsadida byudjet mablag'larini tarmoqlar va hududlar 

bo'yicha taqsimlash va qayta taqsimlashning shakllari va metodlari 

majmui tushuniladi.  Milliy xo'jalikni  moliyaviy tartibga solishning 

ob’ektiv  zarurligi  katta  o'zgaruvchanlik  bilan  xarakterlanadigan, 

uning  murakkab  organizmi  turli  qismlarida  moliyaviy  resurslami 

jamg'arish  sur’atlarining  turlichaligi  bilan  izohlanadi.  Byudjet 

resurslarini sarf qilish orqali davlat pul mablag'larini taqsimlashda 

vujudga  kelgan  proporsiyalarni  o'zgartirishi  va  buning  oqibatida 

ba’zi bir tarmoqlaming  (hududlaming) rivojlanishini tezlashtirishi 

va boshqalarining rivojlanishini rag'batlantirmasdan, milliy xo'jalik­

ning rivojlanishini tartibga solishi mumkin.  Byudjet mablag'larining



katta  qismini  muhim  ishlab  chiqarish-hududiy  komplekslarni 

rivojlantirishga sarflash sekin-astalik bilan chuqur sifat o'zgarishlari 

sodir  bo'lishiga  —  ijtimoiy  ishlab  chiqarish  tarkibiy  tuzilmasining 

o'zgarishiga olib keladi.

Mamlakat  milliy xo'jaligini  moliyaviy jihatdan  tartibga solish 

Davlat  byudjeti  darom adlarini  rejalashtirish  va  byudjetdan 

m oliyalashtirish  jaray o n lari  davom ida  am alga  o sh irilad i. 

Rejalashtirish jarayonining o'zidayoq Davlat byudjeti xarajatlarining 

umum iy  hajmi  gorizontaliga  (tarm oq,  vazirlik  va  maqsadli 

yo'nalishlarga)  va  vertikaliga  (boshqaruvning  turli  darajalariga 

muvofiq ravishda) taqsimlanib,  iqtisodiyotda tarkibiy o'zgarishlar­

ning  sodir  bo'lishi  uchun  tegishli  sharoit  yaratiladi.  Byudjetdan 

moliyalashtirish  jarayonida  esa  davlat  o'zining  ixtiyoriga  kelib 

tushayotgan  pul  mablag'larini  rejalashtirilgan  tadbirlar  doirasida 

va  undan  tashqarida  keng  xarajat  qilish  imkoniga  ega  bo'ladi. 

Mablag'lami konkret taqsimlovchilarga byudjet kreditlarini ochish, 

byudjet assignovaniyalarini berish va ulardan samarali foydalanishni 

nazorat qilib,  moliya organlari  iqtisodiyotning  rivojlanishi ustidan 

kuzatuv olib boradilar va zarur holatlarda taqsimlanayotgan byudjet 

mablag'lari proporsiyalarini o'zgartiradilar.

Daromadlami  davlat  byudjetidagi  xarajatlarning  aniq  turiari 

va yo'nalishlari bo'yicha biriktirilishi prinsipi bo'lmaganligi uchun 

bu  yerda  byudjet  resurslarini  keng  miqyosda  o'tkazish  va  shunga 

muvofiq  ravishda  davlatning  ixtiyoriga  kelib  tushuvchi  pul 

mablag'laridan  har  qanday  zarur  yo'nalishlarda  foydalanilishi 

mumkin.


Davlat  byudjeti  xarajatlarining  tarkibi  va  uning  tuzilmasi 

davlatning tabiatiga, u tomonidan bajarilayotgan fiinksiyalarga, milliy 

xo'jalikning ehtiyojlariga bog'liq hamda byudjet mexanizmi orqali 

ishlab  chiqarish  va  iste’molning  ba’zi  bir  omillariga  davlatning 

ta’sirchanligini ta ’minlash kabilar bilan belgilanadi.

Davlat  byudjetining  xarajatlaridan  foydalanish  byudjetdan 

moliyalashtirish  orqali  amalga  oshiriladi.  Shu  munosabat  bilan, 

byudjetdan moliyalashtirish deyilganda rejada ko'zda tutilgan tadbir- 

larni  amalga oshirish uchun  sub’ektlarga byudjetdan  mablag'lami 

taqdim etish tizimi tushuniladi.  U pul mablag'larini taqdim etishning



o‘ziga xos boMgan shakl  va  metodlari  bilan  xarakterlanadi  hamda 

m a’lum bir prinsiplarga tayanadi.  Byudjetdan moliyalashtirishning 

prinsiplari, shakllari va metodlari bu tizimning tarkibiy elementlari 

boMib  hisoblanadi  va  uning  amal  qilish  natijalariga  o'z  ta ’sirini 

ko'rsatadi.  Muhim ijtimoiy-iqtisodiy vazifalar hal etilayotgan paytda 

byudjetdan oqilona va samarali moliyalashtirish tizimining ahamiyati 

yanada ortadi.

Byudjetdan moliyalashtirishning oqilona tizimini tashkil etishda, 

eng avvalo,  moliyalashtirish prinsiplari  muhim rol o'ynaydi.  Hozirgi 

amaliyotda  foydalanilayotgan  byudjetdan  moliyalashtirishning 

prinsiplarini  umumiy  va  xususiy  guruhlarga  bo'lish  mumkin. 

Umumiy prinsiplar byudjetdan mablag' oladigan barcha sub’ektlar­

ning faoliyatiga tegishlidir. Xususiy prinsiplar esa sub’ektlar faoliya­

tining  tashkil  etilishiga  bog'liq  ravishda  byudjet  mablag'larining 

taqdim etilish tartibini belgilab beradi.

Byudjetdan  moliyalashtirishning  umumiy  prinsiplari  quyida­

gilardan  iborat  bo'lishi mumkin:

— minimum xarajatlardan  maksimum samara olish;

—  byudjet  assignovaniyalaridan  foydalanishning  maqsadli 

xarakterdaligi;

—  ko'zda  tutilgan  rejalarning  bajarilishi  va  oldin  berilgan 

assignovaniyalardan foydalanilganligini inobatga olgan holda byudjet 

mablag'larini taqdim etish.

Byudjetdan  moliyalashtirish  amaliyotida  umumiy  prinsiplar 

bilan birgalikda xususiy prinsiplardan ham foydalaniladi.  Ularning 

tarkibiga quyidagilar kiradi:

— byudjet assignovaniyalarini faqat ishlab chiqarishni  kengay­

tirish xarajatlariga ajratish;

— byudjet assignovaniyalarining o'lchamini aniqlashda «qoldiq» 

yondashuvidan foydalanish;

— byudjetdan  moliyalashtirish rejalashtirilayotgan xarajatlardan 

kredit metodini ta’minlash bilan birgalikda foydalanish;

— korxonalaming  moliyaviy  holatini  byudjetli  tartibga  solish 

prinsipi va boshqalar.

Amaliyotda byudjetdan moliyalashtirishning turli shakllaridan 

foydalaniladi.  Smetali  moliyalashtirish,  dotatsiya,  subvensiya,



subsidiya, byudjet ssudalari, baholardagi farqni qoplash va boshqalar 

byudjetdan moliyalashtirishning shakllaridir38.

15.4. Byudjet defitsiti39  va uni moliyalashtirish

Nazariy jihatdan olib qaralganda byudjetning sog‘lom (normal) 

faoliyat ko'rsatishi unga tegishli bo'lgan daromadlar va xarajatlarning 

tengligini  taqozo  etadi.  Haqiqatdan  ham  u  yoki  bu  miqdordagi 

xarajatlarni  amalga  oshirish  uchun  byudjet  shu  miqdordagi 

daromadlarga ega bo'lishi kerak.  Aks holda bu xarajatlarni  amalga 

oshirishning iloji bo'lmaydi.  Byudjet daromadlari va xarajatlarining 

tengligi byudjetning balanslashtirilganligidan dalolat beradi.

Amaliyotda  byudjet  daromadlari  va  xarajatlarining  tengligiga 

hamma  vaqt  ham  erishilavermaydi.  Ayrim  hollarda  byudjetning 

daromadlari  uning  xarajatlaridan  ko'p  bo'lishi  mumkin.  Bunday 

byudjet  profitsitli  byudjet  deyiladi.  Aksincha,  ba’zi  hollarda  esa 

byudjetning  xarajatlari  uning  daromadlaridan  ko'proq  bo'ladi. 

Shunga muvofiq ravishda byudjet xarajatlarining byudjet daromad­

laridan  ko'p bo'lishiga byudjet defitsiti  deyiladi.

Boshqa hollar teng bo'lgan sharoitda,  byudjet defitsiti vujudga 

kelishining  eng  umumiy  sabablari  quyidagilardan  iborat  bo'lishi 

mumkin:


• 

iqtisodiyotni rivojlantirish uchun yirik davlat kapital quyilma- 

larini amalga oshirishning zarurligi;

3*  Byudjet  xarajatlariga  oid  ushbu  paragrafda  ktarilgan  masalalarning  aksariyati, 

ma’lum ma’noda biroz takrorlashlar bo‘lishiga qaramasdan,  darslikning  18-bobi  doirasida 

yanada  batafsilroq  ko‘rib  chiqiladi.

39

  0 ‘zbek  tilida  «byudjet  defitsiti»  iborasining  o ‘mida  ko‘pchiiik  hollarda  «byudjet 



kamomadi»,  «byudjet taqchilligi»,  «byudjet yetishmovchiligi» kabi iboralar ishlatilmoqda. 

Bu iboralaming mavjudligi ona tilimizning nihoyatda boy ekanligini yana bir bor ko‘isatsa- 

da,  bizning  fikrimizcha,  bu  ishlatilayotgan  iboralaming  hech  biri  «byudjet  defitsiti» 

iborasi  bilan  mazmun-ma’no  va  mohiyat  jihatidan  teng  kuchga  emas.  Shuning  uchun 

vaziyat,  holat, jarayon yoki  voqyelikning asl  holda aks ettirilishini  nazarda  tutib,  o ‘zbek 

tilida  ham  bu  o'rinda  «byudjet  defitsiti»  iborasini  ishlatish  maqsadga  muvofiqdir. 

Muammoni  hal  etishga  aynan  shu  tarzda  yondashish  o‘zbek  tilining  sofligiga  ziyon 

yetkazmaydi.  Aksincha, jahon  hamjamiyatida  va  xalqaro  maydonda  barcha  xalqlarning 

tilida  deyarli  bir  xil  shaklda  qo‘llanilib,  bir  xil  ma’noni  anglatib  kelayotgan  yana  bir 

xalqaro  ibora  bilan ona tilimizni  boyitgan  va  bir-birimizni  bir xil  tushunishda  o ‘zining 

munosib  hissasini  qo‘shgan  bo‘lur edi.


Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   75


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling