A. V. Vahobov, T. S. Malikov


tadbiq etiladi.  Byudjet assignovaniyalari bu holda byudjet tashkilotini


Download 5.09 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/75
Sana13.11.2017
Hajmi5.09 Mb.
#20049
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   75

tadbiq etiladi.  Byudjet assignovaniyalari bu holda byudjet tashkilotini 

joriy saqlash va uning faoliyatini kengaytirish bilan bog'liq bo'lgan 

xarajatlarning barcha turiari uchun ajratiladi.

Pul mablag'larini ajratishning yuqorida keltirilgan usullari byud­

jetdan  moliyalashtirishning  quyidagi  shakllari  yordamida  amalga 

oshiriladi:

•  byudjet tashkilotini saqlash uchun assignovaniyalar;

• davlat va mahalliy o'zini-o'zi boshqarish organlarining shart­

nomalari bo'yicha yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan bajarilgan

tovariar,  ishlar va xizmatlami to‘lash uchun  ajratilgan  mablag'lar;

• aholiga transfertlar;

• jismoniy va yuridik shaxslar uchun subvensiya va subsidiyalar;

• quyi byudjetlarga va davlatning byudjetdan tashqari jamg'ar­

malariga dotatsiya,  subvensiya va subsidiyalar;

•harakatdagi  (amaldagi)  yoki  yangidan  tashkil  etilayotgan 

yuridik shaxslar ustav kapitaliga investitsiyalar;

•narxlardagi farqni qoplash.

Amaliyotda byudjetdan moliyalashtirish,  yuridik nuqtai nazar­

dan,  quyidagi  ikki  ko'rinishda amalga oshiriladi:

1) xarajatlarni  respublika byudjetidan  moliyalashtirish;

2)  xarajatlarni  Qoraqalpog'iston  Respublikasi  byudjetidan  va 

mahalliy byudjetlardan  moliyalashtirish.

O'zbekiston Respublikasi  «Byudjet tizimi to ‘g'risida»gi qonu- 

nining  22-moddasiga  ko'ra  respublika  byudjetidan  xarajatlarni 

moliyalashtirish  qonun  hujjatlarida belgilangan  tartibda,- quyidagi 

yo'nalishlarda amalga oshiriladi:

• fan, ta’lim,  madaniyat, sog'liqni saqlash, jismoniy tarbiya va 

sport  (respublikaga bo'ysunadigan tashkilotlar bo'yicha);

•  ijtimoiy  ta’minot;

• mudofaa, milliy xavfsizlik va jamoat tartibi xizmatlarini saqlash;

• sudlar va prokuratura organlari  faoliyatini  ta’minlash;

• davlat va safarbarlik zaxiralarini vujudga keltirish hamda ulami 

saqlash;

• davlatning markazlashtirilgan investitsiyalarini amalga oshirish;

• davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, O'zbekiston Respub­

likasining chet ellardagi diplomatik vakolatxonalari  hamda missiya- 

lari faoliyatini ta’minlash;

•  iqtisodiyotning  turli  tarmoqlaridagi  respublikaga  bo'ysuna­

digan byudjet tashkilotlarini saqlash;

• O'zbekiston  Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga 

muvofiq iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirishning maqsadli davlat 

dasturlari va tadbirlarini amalga oshirish;

• yer tuzish,  meliorativ, tabiatni muhofaza qilish va epizootiyaga 

qarshi kurash chora-tadbirlarini amalga oshirish;

•  qishloq xo'jaligi  zararkunandalariga qarshi  kurash;

•  gidrometeorologiya,  tabiiy  ofatlarga  qarshi  kurash  chora- 

tadbirlari;

• qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa maqsadlar.

0 ‘z  navbatida,  Qoraqalpog'iston  Respublikasi byudjetidan va 

mahalliy  byudjetlardan  qonun  hujjatlarida  belgilangan  tartibda 

quyidagilarga mo'ljallangan xarajatlar moliyalashtiriladi (yuqoridagi 

qonunning  23-moddasi):

• fan, ta’lim,  madaniyat,  sog'liqni  saqlash, jismoniy tarbiya va 

sport (Qoraqalpog'iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent 

shahri  byudjetlaridan  moliyalashtiriladigan  byudjet  tashkilotlari 

bo'yicha);

•  ijtimoiy ta’minot;

• aholini  ijtimoiy himoya  qilish;

• Qoraqalpog'iston Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruv 

organlari  hamda  mahalliy  davlat  hokimiyati  organlari  faoliyatini 

ta’minlash;

• iqtisodiyotning turli tarmoqlaridagi Qoraqalpog'iston Respub­

likasi, viloyatlar va Toshkent shahri byudjet tashkilotlarini saqlash;

• qonun hujjatlariga muvofiq iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlanti- 

rishning  maqsadli dasturlari  va  tadbirlarini  amalga oshirish;

• qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa  maqsadlar.

Mablag'lami byudjetdan taqdim etishning metodlari byudjetdan

moliyalashtirishning muhim elementi  bo'lib hisoblanadi.  Ulaming 

yordamida  moliya organlari  byudjetda  ko'zda  tutilgan  tadbirlami 

pul mablag'lari bilan ta’minlaydi,  pul mablagMaridan foydalanishda 

yuqoriroq natijalarga erishish uchun mablag'lami qayta o'zgartirib, 

taqdim etishni  amalga oshiradi,  moliyaviy resurslami taqsimlashda 

tarkib topayotgan proporsiyalarni tartibga soladi.

Davlat  tomonidan  moddiy  ishlab  chiqarish  sohasi  va  uy-joy, 

kommunal xo'jaligiga qilinadigan xarajatlar mamlakat iqtisodiyotini 

moliyalashtirish  xarajatlariga  kiradi.  Bunda  byudjet  mablag'lari 

vazirliklar,  idoralar va korxonalarga ishlab chiqarishni kengaytirish 

bo'yicha  xarajatlarga  (kapital  quyilmalarga),  oddiy  takror  ishlab 

chiqarishni ta’minlashga (subsidiyalar,  dotatsiyalar va transfertlar), 

operatsion xarajatlarga va boshqa xarajatlarga beriladi.

Mamlakat iqtisodiyotini moliyalashtirish xarajatlari vazirliklar,

idoralar va korxonalar bo'yicha rejalashtiriladi hamda bir vaqtning 

o'zida  ma’lum  maqsadlarga  mo'ljallanganligi  bo'yicha  ko'zda 

tutiladi.  Bunda byudjet mablag'larining asosiy qismi iqtisodiyotning 

ustuvor tarmoqlariga, ya’ni sanoat,  energetika,  qishloq xo'jaligi va 

transportga yo'naltiriladi.

Byudjet  mablag'laridan maqsadli foydalanish nuqtai nazaridan 

kapital  quyilmalarni moliyalashtirish  iqtisodiyotni  rivojlantirishda 

muhim  ahamiyatga  egadir.  Ishlab  chiqarish  va  noishlab  chiqarish 

maqsadlariga mo'ljallangan asosiy fondlarning yangilarini yaratish 

va  harakatdagilarini  kengaytirish  uchun  pul  mablag'larini  taqdim 

etishni  kapital  qo'yilmalami  moliyalashtirish  deyiladi.  Byudjet 

resurslari cheklanganligi uchun ular investitsiyalarning cheklangan 

doirasiga, ya’ni  maqsadli dasturlarga kiritilgan yoki hokimiyatning 

ijroiya organlari qarori bo'yicha amalga oshirilayotgan investitsiya­

larga beriladi.

Iqtisodiyot xarajatlarini moliyalashtirishning muhim yo'nalishi 

yuridik  shaxslarga  turli  subsidiyalar,  dotatsiyalar va  subvensiyalar 

berishdan  iborat.  Bu  ko'rinishdagi  byudjet  mablag'lari  davlat, 

mahalliy o'z-o'zini boshqarish oiganlari va xususiy korxonalar(i)ning 

turli joriy  xarajatlari  va  zararlarini  qoplash  uchun  ajratiladi.  Ana 

shunday  xarajatlarning  asosiy  qismi  yoqilg'i-energetika  sanoati, 

agrosanoat kompleksi, uy-joy kommunal xo'jaligi, shahar transporti 

va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlariga taqsimlanadi.

Byudjetning ijtimoiy ehtiyojlarga mo'ljallangan xarajatlari davlat 

tomonidan ijtimoiy funksiyaning bajarilishi bilan bog'liq.  Bu xarajat­

lar quyidagi guruhlarga bo'linadi:

•  maorif;

•  madaniyat,  san’at va  kinematografiya;

•  ommaviy axborot vositalari;

•  sog'liqni  saqlash  va jismoniy  tarbiya;

•  ijtimoiy siyosat.

Ijtimoiy  ehtiyojlar xarajatlari  smetali  rejalashtirish  prinsiplari 

asosida aniqlanadi.  Bu xarajatlar konkret tadbirlar va xarajatlarning 

turiari  bo'yicha  moliyalashtiriladi.  Xarajatlar  hajmi  bir-biri  bilan 

o'zaro bog'liq  bo'lgan  ijtimoiy soha  tashkilotlarida  ishlab chiqila­

digan smeta va moliya organlarida tuzilgan assignovaniyalar hisob-

kitobi asosida aniqlanadi.  Hisob-kitoblar asosida xizmat ko'rsatiladi­

gan kontingentlarni xarakterlovchi tashkilotlar faoliyatining ko'rsat­

kichlari (masalan, o'quvchilar, guruhlar, sinflar soni va h.k.) yotadi. 

Bunda ularning yil davomida faoliyat ko'rsatish vaqti ham hisobga 

olinadi.  Bu ko'rsatkichlar hisob-kitob birliklari bo'lib xizmat qiladi. 

Hisob-kitob  birligiga  to'g'ri  keluvchi  pulli  xarajat  byudjet  tashki­

lotining faoliyat ko'rsatishini va rivojlanishini ta’minlaydigan norma 

bo'yicha o'matiladi.

17.3. Byudjet normalari (me’yorlari), xarajatlar 



smetasi va byudjet krediti

Byudjet  normalari  (m e’yorlari).  Byudjet  mablag'larini  sarf 

qilishning asosiy prinsipi ulaming mo'ljallanganligi va vaqt bo'yicha 

qattiq tartibga solinganligidir. Tashkilot pul  mablagMaridan smetada 

ko'zda tutilmagan maqsadlar uchun foydalanish huquqiga ega emas. 

Byudjet tashkiloti smetasining xarajatlari ularning yopiq ro'yxatini 

o'z  ichiga  olgan  bo'lib,  tarkibiga  quyidagilar kiradi:

• xodimlaming mehnat  haqini  toMash;

• davlatning byudjetdan  tashqari jamg'armalariga badallar;

•  aholiga  transfertlar  (qonunga  muvofiq  ravishda belgilangan 

pensiyalar,  stipendiyalar,  nafaqalar,  kompensatsiyalar  va  boshqa 

ijtimoiy to'lovlar);

•  xizmat  safari  xarajatlari  va  xodimlarga  berilgan  boshqa 

kompensatsion toMovlar;

• sotib olinishi  kerak boMgan tovariar, bajarilishi lozim boMgan 

ishlar va  ko'rsatilajak xizmatlarga  haq toMash.

Yuqorida ko'rsatilgan xarajatlar aniq ehtiyojni qondirish o'lchovi 

sifatida  pul  mablag'larining  ma’lum  summasida  ifodalangan 

xarajatlar  normasi  asosida  amalga  oshiriladi.  Amaliyotda  pulli 

normalarning har xil turlaridan  foydalaniladi:

• moddiy boyliklardan foydalanishning natural ko'rsatkichlariga 

asoslangan normalar (ovqatlanish, tibbiyot uskunalari,dori-darmon- 

larni xarid qilish, yumshoq inventarlar va h.k.lar xarajatlari normasi). 

Bunday normalar moddiy normalarning puldagi ifodasini namoyon 

etadi;



 umumlashtirilgan yakka tartibdagi toMovlar — ish  haqi,  pen­

siyalar,  stipendiyalar,  xizmat safari xarajatlari va boshqalar;

•  o'tgan  davrlarda  mablag'laming  sarflanish  ko'rsatkichlarini 

umumlashtirish  asosida  tajriba-statistika  usuli  yordamida  va 

byudjetning imkoniyatlarini hisobga olgan holda vujudga keltirilgan 

normalar.

O'zining murakkablik darajasiga qarab, byudjet normalari  ikkiga 

bo'linadi:

1) oddiy normalar (xarajatlarning oddiy yoki aniq turiga tegishli 

bo'lgan normalar);

2) kombinatsiyalashtirilgan yoki yiriklashtirilgan normalar (bir 

necha  xarajatlar  turlarini  qamrab  oladigan,  alohida  bir  xarajatlar 

moddasini va o'xshash xarajatlar moddalarini shakllanti rad igan yoki 

muassasaning barcha xarajatlarini qamrab oladigan  normalar).

Hozirgi sharoitda ijtimoiy soha tashkilotlarining barcha turdagi 

xarajatlarini  qamrab  oladigan  yiriklashtirilgan  normalar  muhim 

ahamiyat kasb etmoqda.  Bunday normalardan foydalanish muassa­

salar ishini yuqori yakuniy natijalaiga erishishiga olib keladi: bolalarni 

o'qitish,  mutaxassislarni tayyorlash, bemorlarga yordam ko'rsatish 

va h.k.  Bundan tashqari, yiriklashtirilgan normalarning qo'llanilishi 

turli  xarajatlar  yo'nalishida  byudjet  mablagMaridan  foydalanish 

bo'yicha tashkilotlaming mustaqilligini kengaytiradi va resurslardan 

oqilona  hamda  tejamli  foydalanishda  ularning  manfaatdorligini 

kuchaytiradi.

Byudjet normalari juda ko'p omillar ta’siri ostida o'zgarib turishi 

mumkin.  Masalan,  baho  va  tariflar  tizimining  o'zgarishi,  milliy 

xo'jalikda  ish  haqining  o'sishi,  mahalliy  byudjetlarda  xarajatlarni 

moliyalashtirish bo'yicha qo'shimcha imkoniyatlaming paydo bo'lishi.

Xarajatlar smetasi. Xarajatlar smetasi byudjet tashkilotning moli­

yaviy rejasi hisoblanadi.  Byudjet tashkilotini  moliyalashtirish daro­

mad bo'lmasdan,  faqat tashkilotning  xarajatlari  hajmi  va  ularning 

maqsadli yo'naltirilganligiga teng bo'lgan mablag'laming tushishidan 

iborat bo'lganligi uchun smeta daromadlar qismiga ega emas.  Smeta 

asosida  moliya  organlari  ijtimoiy  ehtiyojlar  uchun  xarajatlarning 

hajmini aniqlaydi va u narsa joriy yilning byudjeti tarkibiga kiritiladi. 

Bunda quyidagi  holatlarga alohida e ’tibor berilishi  kerak:

1.  Ijtimoiy  ehtiyoj  xarajatlarining  bir qismi  byudjetdan  bosh- 

qacharoq  tarzda  moliyalashtiriladi.  Masalan,  ana shunday  tarzda 

ommaviy  axborot  vositalari  va  teatr-tomosha  korxonalarining 

yetishmagan mablag'lari ta’minlanadi.  Bu korxonalaming xizmatlari 

toiovli (haqli) bo'lsa-da, o'z daromadlari ularning barcha xarajatla­

rini  qoplashga  yetmaydi.  Bunday  korxonalaming  daromadlari  va 

xarajatlari o'rtasidagi yetishmagan farq byudjetdan qoplanishi kerak.

2. Ilm-fanni moliyalashtirish byudjet xarajatlarining mustaqil guruhi 

hisoblanadi.  Ular uchun byudjetdan mablag'lar eng muhim istiqbolli 

nazariy izlanishlar va umumdavlat maqsadli ilmiy-texnikaviy dasturlar 

bo'yicha yo'naltiriladi. Ana shu maqsadlar uchun mablag'lar bevosita 

ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini amalga oshirish bi­

lan shug'ullanuvchi  Fanlar Akademiyasi, tarmoq akademiyalari,  oliy 

o'quv yurtlari, arxivlar va boshqa tashkilotlarga ajratiladi.

3.  Ilmiy tashkilotlami moliyalashtirish smetali tartibda amalga 

oshiriladi.  Barcha tashkilotlarda aniq mavzular bo'yicha xarajatlar 

smetasi tuziladi.  Xarajatlarni rejalashtirish va moliyalashtirish tartibi 

bu  yerda  ijtimoiy-madaniy ehtiyojlar xarajatlarida qo'llaniladigan 

uslub  bilan  bir xildir.

4.  Milliy  mudofaa xarajatlari  davlatning  funksiyalaridan  kelib 

chiqadi.  Mudofaa  xarajatlarining  umumiy  miqdori  va  darajasi 

quyidagi turli xildagi  ichki va tashqi  omillarga bog'liq:

• xalqaro vaziyat;

•  mamlakat  hududining  kattaligiga  bogiiq  boigan  chegara- 

larning uzunligi  va xarakteri;

• harbiy  ishning zamonaviy taraqqiyoti va armiyaning texnika 

jihatdan qurollanganlik holati;

• shaxsiy tarkib turmush darajasini yuqori pog'onaga  ko'tarish- 

ning  va  Qurolli  Kuchlarda  ijtimoiy-madaniy  tadbirlami  amalga 

oshirishning zarurligi;

•  mamlakatning iqtisodiy imkoniyatlari;

• va  boshqalar.

Mudofaa xarajatlari ob’ektiv zarurat bo'lishiga qaramasdan ular 

noishlab  chiqarish  xarakteriga  ega.  Shuning  uchun  ham  davlatlar 

tinchliksevar tashqi siyosatni amalga oshiraborib, harbiy xarajatlarni 

qisqartirishga harakat qiladi.

Byudjetda ko‘zda tutilgan milliy mudofaa xarajatlarining guruhi, 

asosan,  Mudofaa  vazirligi  orqali  o'tadigan  to'g'ri  (bevosita)  harbiy 

xarajatlarni o'z ichiga oladi. Bu xarajatlarning tarkibiga armiyani saqlash, 

qurol-yarog' va harbiy texnika sotib olish, kapital qurilish, ilmiy-tadqiqot 

va tajriba-konstruktorlik ishlari, harbiy xizmatchilarga maosh, pensiya 

va nafaqalar berish hamda boshqa xarajatlar kiradi.  Bu xarajatlarning 

barchasi Mudofaa vazirligining maxsus smetasida o'z aksini topadi va 

respublika byudjetining xarajatlari tarkibiga kiritiladi.

Milliy  mudofaa  xarajatlarini  rejalashtirishning  o'ziga  xos 

xususiyati  shundan  iboratki,  bu  yerda  birinchi  navbatda,  Mudofaa 

vazirligi  bo'yicha  xarajatlarning  umumiy  hajmi  aniqlanadi.  Undan 

so'ng  esa  harbiy  okruglar va  harbiy  qismlaming  smetalari  tuziladi. 

Bunday tartibga amal qilish harbiy xarajatlarning katta qismini (qurol- 

yarog',  harbiy texnika,  yoqilg'i,  oziq-ovqat va  shunga  o'xshashlar) 

Mudofaa vazirligi orqali moliyalashtirilishi bilan izohlanadi.

To'g'ri (bevosita)  harbiy xarajatlarning boshqa bir qismi byudjet 

xarajatlarining  boshqa  bo'linmalari  bo'yicha  moliyalashtiriladi. 

Masalan,  ichki va  chegara qo'shinlarini saqlash  xarajatlari  hamda 

xavfsizlik organlarining faoliyati  huquqni  muhofaza qilish faoliyati 

va davlat xavfsizligini  ta’minlash  bo'limi  orqali  moliyalashtiriladi. 

Bu  xarajatlarni  rejalashtirish  va  moliyalashtirish  smetali  tartibda 

amalga oshiriladi.

Egri  (bilvosita)  harbiy  xarajatlar  byudjetda,  asosan,  Qurolli 

Kuchlar  faxriylari  va  ularning  oilalariga  to'lanadigan  pensiya  va 

nafaqalardan  iborat.  Bu  xarajatlar  byudjetning  ijtimoiy  himoya 

bo'limi bo'yicha moliyalashtiriladi.

5. 

Byudjetning  boshqaruv  xarajatlari  quyidagi  guruhlardagi 

xarajatlardan iborat:

•  huquq-tartibot  organlari,  sudlar va  prokuratura  organlarini 

saqlash  xarajatlari.  Bu  xarajatlar  jam oatchilik  xavfsizligini 

ta’minlashda muhim ahamiyatga ega;

•  davlat  hokimiyat  organlarini  saqlash  xarajatlari.  Prezident 

devoni,  Vazirlar  Mahkamasi,  Oliy  Majlis  Senati  va  Qonunchilik 

palatasi,  Konstitutsiyaviy  sud,  vazirliklar,  mahalliy  o'zini-o'zi 

boshqarish organlari,  diplomatik muassasalar va boshqa idoralarni 

saqlash xarajatlarini o'z ichiga oladi;

• 

saylovlar va referendumlami  o'tkazish xarajatlari.  O'z ichiga 

deputatlar,  Prezident, mahalla oqsoqollarini saylash,  referendumlar 

o'tkazish xarajatlarini oladi.

Boshqaruv xarajatlarini rejalashtirish va moliyalashtirish xuddi 

ijtimoiy ehtiyoj xarajatlariniki  kabi  tartibda amalga oshiriladi.

Byudjet krediti.  Hozirgi paytda sarflangan mablag'lari byudjetga 

qaytarilmaydigan (tiklanmaydigan) byudjetdan moliyalashtirish bilan 

bir  qatorda  byudjet  kreditlarini  berish  orqali  korxonalarni 

kreditlashtirish rivojlana boshladi.  Byudjet kreditlari  tijorat banklari 

kreditlari  va  byudjet  assignovaniyalari  o'rtasida  oraliq  holatni 

egallaydi.  Bir  tomondan,  byudjetdan  moliyalashtirishdan  farqli 

ravishda  bu  kreditlar  qaytarilish  va  tiklanish  sharti  bilan  berilsa, 

ikkinchi tomondan, bu ssudalar bo'yicha foizlar umuman olinmaydi 

yoki olinsa,  ularning darajasi bank kreditlarining foizlari darajasidan 

ancha past bo'ladi.

Byudjet kreditlari davlat korxonalariga va shuningdek, xususiy 

yuridik shaxslarga ham berilishi mumkin.  Birinchi hoiatda byudjet 

kreditlari byudjetda ko'zda tutilgan limitlar chegar&sida va shartlarda 

taqdim  etiladi.  Ikkinchi  holatda  esa  byudjet  krediti  shartnoma 

asosida va faqat qarz oluvchi tomonidan kreditni qaytarish bo'yicha 

o ‘z  majburiyatini  bajarish  borasida  ta’minot  ta ’m inlangan 

shartdagina berilishi mumkin.  Byudjet kreditini qaytarish bo'yicha 

majburiyatni  ijro etishni ta’minlashning usullari faqat berilayotgan 

bu  kieditning  100  foizdan  kain  bo'lmagan  miqdordagi  bank 

kafolatlari,  mol-mulk  garovi,  shu  jumladan,  aksiyalar,  boshqa 

qimmatli  qog'ozlar,  badallar  ko'rishidagi  garovlar  va  boshqalar 

bo'lishi  mumkin.  Majburiyatlarni  ijro  etish  ta’minoti  yuqori  dara­

jadagi likvidlikka ega bo'lgan bo'lishi kerak.  Moliya organlari tom o­

nidan  qarz  oluvchining  moliyaviy  ahvolini  oldindan  tekshirish  va 

oldin  berilgan  byudjet  kreditlari bo'yicha  muddati  o'tkazib  yubo­

rilgan  qarzlarning  mavjud  emasligi  byudjet  kreditlarini  taqdim 

etishning majburiy shartlaridir.

Navbatdagi yil uchun byudjet tasdiqlanayotgan paytda byudjet 

kreditlari berilayotgan maqsadlar, ulami taqdim etishning shartlari 

va tartibi ko'rsatiladi.  Bir vaqtning o'zida, ana shular bilan biigalikda 

byudjet  yili  doirasidagi  muddatda  va  undan  chetga  chiqadigan

muddatlarda taqdim etilishi mumkin bo‘lgan byudjet kreditlarining 

limitlari  hamda  qarz  oluvchi  sub’ektlar  bo'yicha  cheklanmalar 

Download 5.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling