A. V. Vahobov, T. S. Malikov
o'matiladi. 17.4. Byudjet xarajatlarini sarflash masalalari va vazifalari Hozirgacha byudjet xarajatlari bo'yicha bir necha kamchilik-
Download 5.09 Mb. Pdf ko'rish
|
o'matiladi. 17.4. Byudjet xarajatlarini sarflash masalalari va vazifalari Hozirgacha byudjet xarajatlari bo'yicha bir necha kamchilik- nuqsonlar mavjud. Ularning asosiylari quyidagilardan iborat: • byudjet mablag'laridan foydalanish samaradorligi nisbatan past; • byudjet mablag'larini maqsadsiz sarflash amaliyoti keng tarqalgan; • byudjet daromadlari bo'yicha rejalar bajarilmagan sharoitda xarajatlar ayrim yo'nalishlarining moliyalashtirilishi noproporsionaldir; • byudjet xarajatlari davlat ijtimoiy siyosatining pishib yetilgan muammolarini hal eta olmayapti; • sub’ektlarga to'lovlar bo'yicha qarzlar doimiy ravishda oshib borayapti; • milliy xo'jalikka davlat investitsiyalari minimum darajagacha qisqardi; • va boshqalar. Yuqoridagi kam chilik-nuqsonlarning mavjudligi byudjet xarajatlari bo'yicha bajarilishi lozim bo'lgan asosiy vazifalami belgilab olishni va ularning o'z vaqtida bajarilishini taqozo etadi. Hoziigi sharoitda bunday vazifalarning qatoriga quyidagilar kirishi mumkin: • eng samarali va ijtimoiy ahamiyatga ega bo'lgan loyihalarga byudjet mablag'larini to'plash ijtim oiy xarajatlarni m oliya lashtirishning ustuvorligini ta’minlash; • sub’ektlarga to'lovlar bo'yicha qarzlami keskin qisqartirish va ularning to'liq qaytarilishiga erishish; • iqtisodiyotning ustuvor sohalarida investitsiyalami davlat tomonidan moliyalashtirishni kengaytirish; • loyihalarni moliyalashtirishning davlat-tijoriy amaliyotini kengaytirish asosida investitsion jarayonlaming nomarkazlashuvini davom ettirish; • davlat apparatini saqlash xarajatlari va davlat qarzlarini boshqarish bo'yicha xarajatlarni qisqartirish; • harbiy islohotlami bosqichma-bosqich amalga oshirish asosida milliy mudofaaga mo'ljallangan byudjet mablag'laridan foydalanish samaradorligini oshirish; • ayrim tarmoqlaming zararlarini qoplashga yo'naltirilayotgan dotatsiyalarni kamaytirish; • maqsadli dasturlar va xarajatlarning ayrim maqsadli moddalari bo'yicha xarajatlarni qisqartirish; • byudjet xarajatlarini eng samarali chiqimlarga konsentratsiya qilish (to'plash, sarflash); • fan, madaniyat, tibbiy xizmat va maorif xarajatlarining ustuvor moliyalashtirilishini ta’minlash; • byudjet mablagMaridan foydalanish ustidan nazoratni kuchay tirish; • byudjet xarajatlarini moliyalashtirishning g'aznachilik tizimiga o ’tishni tez sur’atlarda tugatish; • va boshqalar. Bahs-munozara va nazorat uchun savollar • Byudjet xarajatlari deb nimaga aytiladi va ular o'zida qanday munosabatlami ifodalaydi? • Byudjet xarajatlari qanday xarakterli belgilarga ega? • Byudjet xarajatlarining aniq turlarini xilma-xilligi nimalar bilan izohlanadi? • Byudjet xarajatlari qanday belgilarga ko'ra turkumlashtiriiadi? • O'zining iqtisodiy mazmuniga ko'ra byudjet xarajatlari qanday xarajatlarga taqsimlanadi? • Byudjetning kapital xarajatlari deyilganda nimalar tushuniladi va ularning tarkibi nimalardan iborat? • Byudjetning joriy xarajatlari deyilganda nimalar tushuniladi va ularning tarkibiga nimalar kiradi? • Takror ishlab chiqarishdagi roliga ko'ra byudjet xarajatlari qanday guruhlarga bo'linadi? • Byudjet xarajatlarining tarmoq belgisi bo‘yicha guruhlarga ajratish asosida nima yotadi? • Ijtimoiy mo'ljallanganligi bo'yicha byudjet xarajatlari qanday guruhlardan tashkil topgan? • Byudjet xarajatlarining aniq turiari nimalardan tarkib topadi? • Byudjet xarajatlari tashkiliy jihatdan qanday guruhlarga ajratiladi? • Byudjet xarajatlari hududiy belgisiga muvofiq qanday guruhlardan tashkil topadi? • Faqat Respublika byudjetidan moliyalashtiriladigan xarajat larga nimalar kiradi? • Bozor iqtisodiyoti sharoitida byudjet xarajatlari uning daro madlari bilan uzviy bog'langanmi? • Hozirgi sharoitda Davlat byudjeti xarajatlarining konkret tarkibi nimalardan iborat va ularning tuzilmasi qanday? • «Byudjet xarajatlari» va «Davlat xarajatlari» iboralari bir xil ma’no-mazmunni anglatadimi? • Byudjetdan moliyalashtirish deyilganda nimani tushunasiz? • Byudjetdan m oliyalashtirishning um um iy prinsiplari nimalardan iborat? • Byudjetdan moliyalashtirish amaliyotida umumiy prinsiplar bilan birgalikda yana qanday xususiy prinsiplardan foydalaniladi? • Byudjet assignovaniyalari amaliyotida byudjetdan moliyalash tirishning qanday usullaridan foydalanish mumkin? • «Netto-byudjet» tizimi bo'yicha moliyalashtirish nima bilan xarakterlanadi? • «Brutto-byudjet» tizimi bo'yicha moliyalashtirish qanday korxona va tashkilotlar uchun qo'llaniladi? • A m aliyotda byudjetdan m oliyalashtirishning qanday shakllaridan foydalanilmoqda? • Byudjetdan moliyalashtirish, yuridik nuqtai nazardan, qanday ikki ko'rinishda amalga oshiriladi? • Respublika byudjetidan xarajatlarni moliyalashtirish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qanday yo'nalishlarda amalga oshiriladi? • Qoraqalpog'iston Respublikasi byudjetidan va mahalliy byudjetlardan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda nimalarga mo'ljallangan xarajatlar moliyalashtiriladi? • Mablag'lami byudjetdan ajratishning metodlari nimalardan iborat? • Iqtisodiyotni byudjetdan moliyalashtirishning xarajatlari tarkibiga nimalar kiradi? • Byudjetning ijtimoiy ehtiyojlarga mo'ljallangan xarajatlari nima bilan bog'liq va ular qanday guruhlarga bo'linadi? • Ijtimoiy ehtiyojlar xarajatlari qanday prinsip asosida aniqlanadi? • Byudjet normalari (m e ’yorlari) deyilganda nim alar tushuniladi? • Byudjet tashkiloti smetasining xarajatlari tarkibiga nimalar kiradi? • Amaliyotda pulli normalar (me’yorlar)ning qanday turlaridan foydalaniladi? • O'zining murakkablik darajasiga qarab byudjet norma (m e’yor)lari nimalarga bo'linadi? • Kombinatsiyalashtirilgan yoki yiriklashtirilgan norma- (m e’yor)larning afzalliklari nmalardan iborat? • Byudjet norma (m e’yor)lari qanday omillar ta’siri ostida o'zgarib turishi mumkin? • Xarajatlar smetasi nima va u qanday qismga ega emas? • Moliya organlari smeta asosida ijtimoiy ehtiyojlar uchun xarajatlarning hajmini aniqlayotgan va u joriy yilning byudjeti tarkibiga kiritilayotganda qanday holatlarga alohida e ’tibor berilishi kerak? • Mudofaa xarajatlarining umumiy miqdori va darajasi qanday ichki va tashqi omillarga bog'liq? • Byudjet krediti nima va u qanday afzalliklarga ega? • Hozirda byudjet xarajatlari bo'yicha qanday kamchilik- nuqsonlar mavjud va ularning asosiylari nimalardan iborat? • Byudjet xarajatlari bo'yicha bajarilishi lozim bo'lgan vazifalarning tarkibiga nimalar kiradi? 1 8 -B O B . B Y U D J E T TIZIMI VA B Y U D J E T TUZILM ASI40 18.1. Byudjet tizimi: ta’rifi, prinsiplari, boshqarish sohasidagi vakolatlar Turli darajadagi byudjetlar va byudjet mablag'lari oluvchilar yig'indisini, byudjetlarni tashkil etishni va tuzish prinsiplarini ifodalaydigan, byudjet jarayonida ular o'rtasida, shuningdek, byud jetlar hamda byudjet mablag'lari oluvchilar o'rtasida vujudga kela digan o'zaro munosabatlar majmuiga byudjet tizimi deyiladi. Ko'pchilik hollarda, soddaroq qilib, byudjet tizimi deyilganda mamlakatdagi mavjud byudjetlar to'plami (majmui) tushuniladi. Byudjet tizimi mamlakat byudjet tuzilishining tarkibiy qismi bo'lib, uning ma’lum bir qismini o'zida ifoda etadi. Shu ma’noda, byudjet tizimi byudjetning o'zaro bog'liqlikda bo'lgan bo'g'inlarining o'zaro yig'indisidan iboratdir. Mamlakatning byudjet tizimi jamiyat- ning siyosiy tuzilishiga (qurilishiga), davlatning iqtisodiy tizimiga va uning ma’muriy-hududiy bo'linishiga bevosita bog'liq. U yoki bu mamlakatning byudjet tizimi ikki yoki uch bo'g'inli bo'lishi mumkin. Unitar davlatlar deb yuritiladigan mamlakatlarda byudjet tizimi ikki bo'g'indan (markaziy va mahalliy byudjetlar), federativ davlatlar deb yuritiladigan mamlakatlarda esa uch bo'g'in dan (markaziy byudjet, federatsiya a’zolari byudjetlari va mahalliy byudjetlar) iborat bo'lishi mumkin. Har bir mamlakatning byudjet tizimi ma’lum bir prinsiplarga tayanadi. Bunday prinsiplaming tarkibiga quyidagilar kirishi mumkin: • byudjet tizimining yagonaligi; • byudjet tizimining darajalari o'rtasida daromadlar va xarajat- laming chegaralanganligi; • byudjetlarning mustaqilligi; 40 Darsning 18-19-boblarini yozishda 2000 yilning 14 dekabrida qabul qilingan 0 ‘zbekiston Respublikasining «Byudjet tizimi to‘g‘risida»gi qonuni va unga keyingi yillarda kiritilgan o'zgarishlar asos qilib olindi. • davlatning byudjetdan tashqari jamg'armalari byudjetlari, byudjetlar daromadlar va xarajatlarining to'liq aks etishi; • byudjetlarning balansliligi; • byudjet mablag'laridan foydalanishning samaradorligi va tejaml iligi; • byudjet xarajatlarini qoplashning umumiyligi; • oshkoralik; • byudjetning haqqoniyligi; • byudjet mablag'larining manzilliligi va maqsadli xarakterdaligi. Byudjet tiziminingyagonaligi prinsipi huquqiy bazalar, pul tizimi, byudjet hujjatlari shakllari, byudjet jarayoni prinsiplari, byudjet qonunchiligini buzganlik uchun sanksiyalarning yagonaligi, mamlakat byudjet tizimi barcha darajalari byudjetlari xarajatlarini moliyalashtirish va byudjet mablag'lari buxgalteriya hisobini yurgizish tartibining yagonaligi bilan belgilanadi. • B yudjet tizim ining d a ra ja la ri о ‘rta sid a darom adlar va xarajatlarning chegaralanganligi prinsipi tegishli daromadlar turlarini (to'liq yoki qisman) va xarajatlarni amalga oshirish bo'yicha vakolatlarni mamlakatning hokim iyat organlari, mamlakai sub’ektlarining hokimiyat organlari va mahalliy o 'zin i-o 'zi boshqarish organlariga biriktirilganligini ko'zda tutadi. Byudjetlarning mustaqilligi prinsipi qonunchilik va davlat hokimiyatining ijroiya organlari hamda mahalliy o 'zin i-o'zi boshqarish organlarining mamlakat byudjet ti/iiuining tegishli darajalarida byudjet jarayonini mustaqil amalga oshirish borasidagi huquqlarini bildiradi. Bu prinsipning amal qilishi qonunchilikka muvofiq mamlakat byudjet tizimining har bir darajasida byudjetlar daromadlarining o'z manbalariga egaligini, byudjetlarning tartibga keltiruvchi daromadlarini, qonui chilikka muvofiq ravishda tegishli byudjetlarning daromadlarini shakllantirish bo'yicha vakolatlarni, davlat hokimiyat organlari va mahalliy o'zini-o'zi boshqarish organlarining qonunchilikka muvofiq ravishda tegishli byudjetlar xarajatlarining sarflanish yo'nalishlarini mustaqil aniqlash huquqini qonuniy biriktirilishini, byudjet to'g'risidagi qonunlarni ijro etish jarayonida olingan qo'shimcha daromadlar, byudjet daromadlarining xarajatlaridan oshgan qismi summalari va byudjet xarajatlari bo'yicha iqtisod qilingan summalarni olishning mumkin emasligini, byudjet to'g'risidagi qonunlaming ijro etilishi jarayonida vujudga kelgan daromadlardagi yo'qotmalar va qo'shimcha xarajatlarni byudjet tizimining boshqa darajalari hisobidan kompensatsiya qilishga yo'l qo'ymaslikni (qonunchilikning o'zgarishiga bog'liq holda vujudga kelgan holatlardan tashqari) taqozo etadi. Davlatning byudjetdan tashqari jamg'armalarida byudjetlarning daromadlari va xarajatlari to ‘liq aks etishi, soliq hamda bu boradagi qonunlarga muvofiq belgilangan boshqa majburiy tushumlari to ‘liq hajmda о ‘z aksini topishi kerak. Barcha umumdavlat va mahalliy xarajatlar mamlakat byudjet tizimida o'z aksini topgan byudjetlari va davlatning byudjetdan tashqari jamg'armalarining mablag'lari hisobidan moliyalashtiriladi. Soliq kreditlari, soliqlar va boshqa majburiy to'lovlarni to'lash bo'yicha kechiktirishlar va muddatlarning o'zgartirilishi byudjetlar va davlatning byudjetdan tashqari jamg'armalarining byudjetlari daromadlari va xarajatlari bo'yicha to'liq ravishda alohida hisobga olinadi. Byudjetlarning balansliligi prinsipi byudjetda ko'zda tutilgan xarajatlarning hajmi byudjet daromadlari va uning defitsitini moliyalashtirish manbalaridan tushadigan tushumlarning jami hajmiga teng bo'lishi kerakligini bildiradi. Byudjetni tuzish, tasdiqlash va ijro etish jarayonida vakolatli organlar byudjet defitsiti miqdorini mmimallashtirish zarurligidan kelib chiqishlari kerak. Byudjet mablag‘laridan foydalanishning samaradorliligi va tejamliligi prinsi pining ma’nomazmuni shundan iboratki, unga muvofiq ravishda vakolatli organlar va byudjet mablag'larini oluvchilar byudjetlarni tuzish va ularning ijrosini ta’minlashda, avvalo, ko'zda tutilgan maqsadlarga erishishda mablag'laming kamroq hajmidan yoki m a’lum bir hajmdagi mablag'lardan foydalangan holda yuqon natijaga erishish zarurligidan kelib chiqishi kerak. Byudjet xarajatlarini qoplashning umumiyligi prinsipi uning barcha xarajatlarini shu byudjetning barcha daromadlarini umumiy summasi va uning defitsitini moliyalashtirish manbalari hisobidan tushgan tushumlardan qoplanishi kerakligini anglatadi. Byudjet daromadlari va uning defitsitini moliyalashtirishning manbalaridan tushumlar byudjetning ma’lum xarajatlari bilan bog'langan bo'lishi mumkin emas (maqsadli byudjet fondlarining daromadlari, maqsadli xorijiy kredit mablag'lari, mamlakat byudjet tizimida boshqa darajadagi byudjetlar mablag'larining markazlashtirilish holatlari bundan mustasno). Byudjet tizimidagi oshkoralik prinsipi ochiq m atbuotda tasdiqlangan byudjet va uning ijrosi to'g'risidagi hisobotiami, albatta, e ’lon qilinishini, byudjet ijrosi jarayonida ma’lumotlarning to'liq va to'g'ri berilishini, davlat hokimiyati qonunchilik organlari va mahalliy o'zini-o'zi boshqarish organlarining qarorlariga oid boshqa ma’lumotlarni olish imkoniyatining yaratilganligini, byudjet loyihasi bo'yicha qarorlami ko'rib chiqish va qabul qilish tartiblarining (jumladan, davlat hokimiyati qonunchilik organi ichida yoki davlat hokimiyatining qonunchilik va ijroiya organlari o'rtasidagi qarama- qarshiliklarni ifodalovchi masalalar bo'yicha ham) jamiyat va ommaviy axborot vositalari uchun albatta, ochiq bo'lishini ko'zda tutadi. Maxfiy moddalarni tasdiqlash, odatda, faqat respublika byudjeti tarkibida amalga oshiriladi. Byudjetning haqqoniyligi prinsipi tegishli hudud ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi bashorat ko'rsatkichlarining ishonchli hamda byudjet daromadlari va xarajatlari hisob-kitoblarining haqqoniy bo'lishi kerakligini taqozo etadi. Byudjet mablag'larining manzilliligi va maqsadli xarakterdaligi prinsipi byudjet mablag'larini konkret oluvchilar ixtiyoriga ularning aniq maqsadlami moliyalashtirilishi oldindan belgilangan holda bo'lib berilishini nazarda tutadi. Byudjetda ko'zda tutilgan mablag'lar manzilliligini yoki yo'nalishini ko'zda tutilmagan maqsadlarga o'zgartirish borasidagi har qanday xatti-harakat mamlakat byudjet qonunchiligini buzish hisoblanadi. Mamlakat byudjet tizim ini boshqarish sohasida tegishli hokimiyat organlari alohida vakolatlarga egadirlar. Masalan, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining byudjet tizimini boshqarish sohasidagi vakolatlari quyidagilardan iborat: • Davlat byudjeti loyihasini ishlab chiqilishini tashkil etish va uni 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga taqdim etish; • Davlat byudjetining ijrosini tashkil etish; • 0 ‘zbekiston Respublikasi M oliya vazirligi va davlat boshqaruvining boshqa organlarini Davlat byudjetini ijro etish borasidagi ishlarini muvofiqlashtirish va nazorat qilish; • Davlat maqsadli fondlari mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibini belgilash; • Davlat byudjeti ijrosi to‘g‘risidagi hisobotni 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tasdig‘iga kiritish; • qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshirish. Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va joylardagi davlat hokimiyat organlari ham byudjet tizimini boshqarish sohasida bir necha vakolatlarga ega. Jumladan, Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va mahalliy hokimiyat vakillik organlari uchun bu borada quyidagi vakolatlar xosdir: • tegishli ravishda Qoraqalpog'iston Respublikasi byudjetini va mahalliy byudjetlarni qabul qilish, shuningdek, ularning ijrosi to'g'risidagi hisobotlami tasdiqlash; • qonun hujjatlariga muvofiq mahalliy byudjetga tushadigan mahalliy soliqlar, yig'imlar va to'lovlar miqdorlarini hamda ular bo'yicha imtiyozlarni belgilash; • qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshirish. Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar kengashi va tegishli hokimiyatlar esa: • Qoraqalpog'iston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlar loyihalarini tegishli ravishda Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi va mahalliy hokimiyat vakillik organlari qabul qilishi uchun taqdim etish hamda ularning ijrosi to'g'risidagi hisobotlami tuzish; • byudjetga tushumlarning to'liq va o'z vaqtida tushishi hamda uning mablag‘laridan belgilangan maqsadda foydalanilishi ustidan nazoratni tashkil etish; • qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga Download 5.09 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling